O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Download 369,97 Kb.
bet38/74
Sana27.11.2022
Hajmi369,97 Kb.
#873510
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
Маънавият мажмуа

Ma’rifiy islohotlar
Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. SHu borada ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bo‘lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta’minlash zarur.
Bunda pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish lozim.
Bugungi kunda o‘qituvchi va domlalarning mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini har taraflama rag‘batlantirish bilan bog‘lik vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo‘lib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e’tibor qaratish xar kachongidan ham muhimdir.
Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi.
Bugungi notinch zamonda yoshlarni ilm-ma’rifat asosida tarbiyalash, ularni begona va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilishda islom sivilizatsiyasining noyob ma’naviy merosi va qadriyatlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» bo‘yicha maxsus rezolyusiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Dolzarblik Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashqil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni etishtirib beradi.
Ma’lumki, tarixda xalqimiz orasidan ko‘plab buyuk sarkardalar etishib chiqqan. Ana shunday mard va fidoyi ajdodlarimizning harbiy sohadagi boy merosi, mardlik va jasurlik fazilatlari yoshlarimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, Soxibqiron Amir Temur bobomizdek u zot bironta jangda mag‘lub bo‘lmagan - engilmas sarkarda va davlat arbobi jahon tarixida kamdan-kam topiladi. YUrtimizda yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablariga «Temurbeklar maktabi» deb nom berdik.
Biz ilm-ma’rifatni keng ma’noda tushunamiz. SHu sababli yurtimizda dunyoviy ta’lim dargohlari bilan birga diniy maktab va madrasalar, ilmiy-ma’rifiy markazlar tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini o‘zida mujassam etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan Islom sivilizatsiyasi markazini bunyod etilayotgani buning yaqqol misolidir.
Haqiqatan ham, xozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur.
Agar biz ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’naviyat sohasidagi ishlarimizni aniq tizim asosida tashkil etib, ularning samaradorligini oshirmasak, ertangi kunimizni ko‘rolmaymiz, o‘z maqsadlarimizga etolmaymiz.
O‘zbekistonda adabiyot va san’at, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ma’naviyat va ma’rifat biznesga aylanmasligi shart va biz bunga hechqachon yo‘l qo‘ymaymiz.
Muammolar. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.
Bu jabhada ham umayyan muammolar yo‘q emas.
Xususan, Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti.
Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari etarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda.
Ma’naviy tarbiya sohasida o‘qituvchilarning faoliyatini metodik ta’minlovchi o‘quv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo‘llanmalar, o‘quvchilar uchun zarur darsliklar etarli emas.
Ushbu jabhaning samarasni oshirish uchun yana ko‘plabishlarni amalga oshirish zarur:
ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashqil etish,
go‘daklar va bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash;
yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish;
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz
YAna bir dolzarb vazifa - qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga xurmat ruhida tarbiyalash, qonunlar mazmun-mohiyatini xalqimiz va ijrochilarga o‘z vaqtida etkazish, ularning ijrosini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Navbatdagi dolzarb vazifa - ayollar sog‘ligini mustahkamlash, oilalarning tibbiy madaniyatini oshirishda ko‘maklashish, joylarda, xususan, mahallalarda, xotin-qizlar o‘rtasida olib borilayotgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish bilan bog‘liq.
SHu ma’noda, necha yuz yillik tarix va madaniyatimiz, milliy o‘zligimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan muqaddas dinimizni asrash, ajdodlarimizning bebaho ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish biz uchun o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Uchinchidan, biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur.
«O‘zbekiston yoshlari - 2025» konsepsiyasini ishlab chiqishi, unda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga etkazishning amaliy chora-tadbirlari belgilanishi zarur. Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hech kim chetda turmasligi, «O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z korachig‘idek asrang!» degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerak. Jamiyatimizda axoli, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Beshinchidan, maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash lozim.
Biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.
Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur.
uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashqilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish.



Download 369,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish