O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYALARI INSTITUTI
AMALIYOT HISOBOTI
Fakultet_______________Arxitektura - qurilish___________________
____4____ kurs ________516-18 QMBKICH_____________ guruh
Talabaning F.I.Sh: ______SAIDOV OG’ABEK_________________
Institutdan rahbar:_______AKMALOV M.G’._____________________
Ishlab chiqarish korxonasining rahbari:___47 – son XKMK mchj_bosh muhandis____QUDRATOV U.____
Umumiy baho:____________________________________________
BUXORO – 2022
KIRISH
Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo'lgan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo'lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo'lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.Keyingi yillarda respublikada qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini yaxshilash, namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibda uy-joylar qurish hisobiga qishloq aholisining hayoti darajasi va sifatini oshirish,qishloqda muhandislik va transport kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini jadal rivojlantirish bo'yicha ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Faqat 2009-2016 yillarda qishloq joylarda 1308 turar joy massivida umumiy maydoni 9 million 573 ming kvadrat metr bo'lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo'lgan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo'lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo'lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. Prezidentimizning 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to'g'risida”gi qaroriga binoan 2017 yilda barpo etilayotgan 15000 ta uy –joyni moliyalashtirish vazifasi 6 tta tijorat banklariga yuklatildi. Shulardan 5625 tasi “Qishloq qurilish bank” tomonidan buyod qilinishi mo'ljallangan bo'lib, buning uchun aholining 181.9 milliard so'mlik, axoliga maishiy texnika va oshxona anjomlari, elektrjixozlarini xarid qilish, tadbirkorlar uchun axoliga xizmat kursatishga 6.5 milliard sumlik ipoteka kreditdari berilishi, kasanachilik uchun esa 53.3 miliard so'm qurilish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. 2017-yilda ijtimoiy sohaga Davlat byudjeti jami xarajatlarining 59,1 foizi yoki o‘tgan yilga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratiladi. Jumladan, ta’lim-tarbiya sohasiga davlat byudjeti xarajatlarining 33,7 foizi, sog‘liqni saqlash tizimiga 14 foizi yo‘naltiriladi. Ta’lim-tarbiya sohasini ta’minlash va rivojlantirish sarf-xarajatlari o‘tgan yilga qaraganda 16,3 foizga, sog‘liqni saqlash tizimida 16 foizga ko‘payadi.38 ta tuman tibbiyot muassasalarining bolalar bo'limi va tug'ruqxona majmualarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta'mirlash va jixozlash kuzda tutiladi hamda Respublika tayanch-xarakatlanish tizimi kasalliklari bolalar reabilitatsiya markazi kasalliklari bolalar reabilitatsiya markazining 100 o'rinli davolanish-tashxiz korpusini qurish va jixozlash rejalashtirilgan.Biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta'sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta'siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berildi. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o'zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o'sishini ta'minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo'lga kiritildi
Do'stlaringiz bilan baham: |