Qurilishda texnika xavfsizligini va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha muhandis: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-may 1993-yil 840 sonli farmoni bilan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida qonun qabul qilingan.
Mehnatni muhofaza qilish tegishli qonun va me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitar-gigenik va davolash profilaktika tadbirlari vositalaridan iboratdir. Bu sohada ishlaydigan muhandisning vazifalari quyidagilardan iborat:
► Ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarni ta’sir etishini oldini olishga qaratilgan texnikaviy tadbirlar o‘tkazish. ► Ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli omillarni ta’sir etishini oldini olishga qaratilgan sanitar-gigenik tadbirlar o‘tkazish. ► Yong‘in va portlashdan ximoya qilishga qaratilgan texnikaviy tadbirlarni amalga oshiradi.
Texnik ishlab chiqarish bo‘limi: Bu bo‘lim muhandis va texnik izlanishlar natijalarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etadi. Shu bilan birga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun bir necha yilga mo‘ljallangan titul ro‘yxatlar tuzishda ham ishtirok etadi. Bu ro‘yxatlar kapital ishlab chiqarishning asosiy rejaviy hujjatlaridir. Titul varaqasida ma’lum muddatda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari bo‘yicha topshiriqlar aniqlanadi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatlari montaj ishlarining hajmi va ularni o‘zlashtirish vaqti ko‘rsatiladi.
Arxiv: Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasining tashkil etilishi va shu korxonaga taluqli bo‘lgan har qanday hujjatlar korxonaning arxivida saqlanadi. Shu jumladan korxonaga ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi ariza va buyruqlar ham.
Men Saidov Og’abek Buxoro Muhandislik Texnologiyalari instituti Mexanika va Arxitektura-Qurilish fakulteti 516-18 QMBKICH guruh talabasiman. Men 2022-yil 16 – mayda menga institut tomonidan biriktirilgan raxbar Akmalov M.G’. bilan birgalikda “47- son XKMK” mchj ga amaliyotga yuborildim. Meni u yerda bosh muhandis Qudratov U. bilan tanishtirishdi. Menga Qudratov Umid korxona va uning qiladigan ishlari, korxonadagi ishchilar bilan tanishtirdi. Bu korxonaning asosiy faoliyati bino va inshootlar qurilish ishlari va qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan iboratdir.
1. 2022 – yil 16 – may kuni: Korxona xodimlari, bo’limlari, texnika xavfsizligi bilan tanishdim.
2. 2022 – yil 17 – may kuni: Korxonaning qurilish ishlari va loyihasi bilan tanishdim. 3. 2022 – yil 18 – may kuni: Korxonani qurilish montaj ishlari bilan tanishdim. 4. 2022 – yil 19 – may kuni: Qurilish montajida povdevorni o’natishda qatnashdim. 5. 2022 – yil 20 – may kuni: Loyihadagi poydevor montajini o’rnatdim. 6. 2022 – yil 21 – may kuni: Yer ishlari bo’yicha gruntlar zichligini o’natishga qatnashdim. 7. 2022 – yil 23 – may kuni: G’ish va tosh ishlarni o’rgandim. 8. 2022 – yil 24 – may kuni: G’ish va tosh ishlarni o’rgandim. 9. 2022 – yil 25-may kuni: Devor tiklash ishlariga qatnashdim. 10. 2022 – yil 26 – may kuni: Ora yopma pilitasni mantaj qilishda qatnashdim. 11. 2022 – yil 27 – may kuni: Antiseysmik konstruksiyasi bo’yicha ishlariga qatnashdim.
12. 2022 – yil 28 – may kuni: Armatura sexida aratura ishlari bilan tanishdim. 13. 2022 – yil 30 – may kuni: Armaturani poydevor ustunida ornatdim. 14. 2022 – yil 31 – may kuni: Asosiy devorni g’ish terish ishlari boyicha qatnashdim. 15. 2022 – yil 1 – iyun kuni: Tom yopma mantaj qilish ishlari boyicha qatnashdim. 16. 2022 – yil 2 – iyun kuni: Pardozlash bo’yicha shikaturka ishlariga qatnashdim. 17. 2022 – yil 3 – iyun kuni: Pardozlash ishlari bo’yicha moyli bo’yoqlar ishiga qatnashdim. 18. 2022 – yil 4 – iyun kuni: Hujatlarni tayyorlash ishlariga qatnashdim.