Internet saytlari
17.http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель
узбекского языка.
18. http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик.
19.http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
193
31-MAVZU: ILM SARI YO`L
Og`zaki nutq:
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matnni qisqartirib so`zlab berish. Ilmiy ishlarning
fan va soha rivojiga qo`shadigan hissasi haqida gapirib berish.
Yozma nutq:
“Soha rivojida fanning o`rni” mavzusida matn tuzish. Ilmiy ishlarning turlari haqida
qisqacha tavsiflar yozish.
Grammatika:
Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Reja:
1.Ilmning mashaqqatli yo`li.
2.Hadislarda ilm olish foydalari haqida.
3.Ilm olish sirlari.
4.Ilmni mukammal egallash uchun zarur omillar.
Tayanch tushunchalar:
ilm, ilm yo`li, mashaqqatli tanlov, muhim omillar, ilm
egallash, mukammallik, sabrlilik, ilm mevasi, tajriba, bilim, ko`nikma, ilm o`rganish,
ilm berish.
Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamd-u sanolar
bo`lsin! Bashariyatning komilrog`i, payg`ambarimiz Muhammad alayhis salom va ahli
ayollariga, ashobi kiromlariga hamda ularga ergashgan insonlarga Allohning salomlari,
rahmatu barakotlari yor bo`lsin! Ammo bad:
Janob payg`ambarimiz va ashobi kiromlar ilmu hikmat va odob axloqi hamidalarning
sarchashmasi, tuganmas buloqlaridirlar.
Zamonamizning ko`plab yoshlarida ilm o`rganish borasida jiddi-jaxdlari, yaxshigina
harakatlari bo`lsada, ilm hosil qila olmayotganlarini shohidi bo`lib, ko`p mulohazaga
bordik. Ushbu ulug` maqsadlarni hosil bo`lishida ularga odob-axloq ko`rsatmalari
zarurligini bildik. Mo`tabar ustozlarimiz odob-u axloq buloqlari hisoblanadilar. Ushbu
kitobni o`quvchilarga ilm sarhadlaridan bahramand bo`lishni tilab, mehribon
ustozlarimiz va kaminani duo-yu xayr bilan yod etdim.
Mahshargohda najot topuvchilar qatorida bo`lishimizni zikr etishlarini umid etamiz.
Kamina ko`p istixolalar qilgan holda, yolg`iz Allohning, qolaversa, aziz ustozlar irshod-
u barokatlaridan, fayzu futuhotlaridan imkon qadar nasiba olib, ushbu kitob tasnifiga
194
baqadri hol kirishdik. Kitobni «Тalimul mutaallimu tariqat taallumi», yani «Shogirdning
ilm egallash yo`l-yo`riqlarini o`rganishi» deb nomladim.
Kitobni bir necha fasllarga bo`ldim:
1. Ilm va fiqhning mohiyati va fazilati to`g`risida;
2. Ilm olish vaqtida niyatning xosligi to`g`risida;
3. Ilm, ustoz va sherik tanlash va bu ishda mustahkam bo`lish to`g`risida; Ilm va ilm
ahlini ulug`lash haqida;
4. Ilm olishdagi jiddu jahd, bardavomlik va himmat-u g`ayrat to`g`risida;
5. Saboqni boshlash, uni miqdori va tartibi to`g`risida;
6. Tavakkul qilish to`g`risida;
7. Тahsil olish vaqti to`g`risida;
8. Nasihat va mehr-u shafqat to`g`risida;
9. Nasihat va mehr-u shafqat to`g`risida
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
10. Foyda talab qilish to`g`risida;
11. Ilm hosil qilish holatidagi parhezkorlik va taqvo to`g`risida;
12. Ilm talab qilishda zehnni mustahkamlaydigan va yoddan ko`tarilishini
ketkazadigan illatlar to`g`risida;
13. Rizq va umrni ziyoda qiladigan va kamaytiradiganlar haqida fasl.
Alloh taoloning O`zi barcha yaxshiliklarga muvaffaq etguvchidir. Yolg`iz o`ziga
tavakkal qilish nematlar ummoniga yo`ldir! Nuqson-u kamchiliklar avf etilib,
husniqabul ila dargohiga yuzlanmoq benazir baxtdir!
Janob payg`ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdilar: «Har bir musulmonning ilm
talab qilishi farzdir». Malumki, har bir ishning ilmini bilish, uni oxiriga yetkazish va
mukammal ado etishga asosiy omil bo`ladi. Mo`tabar manbalarda mashoyixlarimiz:
«Ilmning afzali hol ilmini bilmoqdir»,-deb takidlaganlar. Bundan hamma ilmlarni
o`rganish farz bo`lmasligini tushunish mumkin. Balki, hozir bajarilishi lozim bo`lgan
amalning ilmini bilmog`i insonga buyuriladi. Shunda qiladigan ishi nuqson va
kamchiliklardan holiy va ilm bilan bo`lgani sababidan mukammal bo`ladi.
Amalning afzali esa, xato va nuqsonlardan muhofazalanganidir. Bu muhofazani ilm
bilan hosil bo`lishi aqli raso kishiga sir emas. Demak, bir kishi na-moz o`qimoqni
ixtiyor qilsa, unga namozga oid bo`lgan barcha ilmlarni (namozning ado etilish
tartiblarini) bilmog`i zarur bo`ladi. Shundagina uning namozi xato-yu kamchiliklardan
holiy va mukammal bo`ladi.
195
Boshqa amallar ham xuddi shunday farzi, vojibi, sunnati va makruh-u mufsid, yani uni
buzadigan omillarini bilishni bajaruvchiga bevosita shart qilib qo`yiladi. Farz yoki vojib
amallardan biri bajariladigan bo`lsa, uni qilishlik uchun kerak bo`lgan bazi amallar
o`rtada vosita bo`lganlari ham farz yoki vojib hisoblanadi. Bu ilmlarni barchasiga amal
qilish shart emas, balki ish to`liq va nuqsonsiz qoim bo`lishiga imkon beradigan
miqdorda ilm egallamog`i farz bo`ladi. Bundan ortig`i shart emas, lekin uni o`rgansa
zarar qilmaydi. Zero, Alloh taolo ilmni zararli qilmagandir. Yuqorida aytib
o`tganimizdek, ro`za, haj va zakot, hattoki tijorat ishlarida ham farz-u vojiblari,
makruhlarini bilmog`imiz, ular o`rtasida vosita bo`lib turgan amallarni qay darajada
ekanligini bilishligimiz shart qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |