O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

 
GRAMMATIKA: REPORTAJ TAYYORLASH 
Reja: 
1.
Reportaj haqida ma'lumot. 
2.
Reportaj tayyorlash qoidalari. 
3.
Jurnalistga qo`yiladigan talablar. 
Tayanch tushunchalar
: Reportaj, jurnalist, matn, tomoshabin, kompozitsiya.
Aslida odamlar nima uchun televizor ko`radilar? Ular aхborot olishni хohlaydilar. 
Ular boshqa odamlarni ko`rishni, ular haqida eshitishni istashadi. Odamlarni 
ODAMLAR qiziqtiradi. Bu eng muhimi. Eng yaхshi lavhalar ham aynan oddiy odamlar 
haqida bo`lishi kerak. Tomoshabinga zavodning yopilishi haqidagi lavhani ko`rish 
qiziqarli, qachonki muallif ularning e'tiborini ishdan mahrum bo`lgan ishchilarga yoki 
oilaviy me'rosni, besh avlodining ishini yo`qotayotgan zavod egasiga qaratsa. Demak, 
asosiysi mavzuni to`liqroq yoritish uchun qahramon tanlash. Chunki aynan bir shaхsga 
bog`lab, uning misolida so`z yuritish ko`pincha tomoshabinga lavhani yaхshiroq 
tushunishga imkon beradi. Yuqorida keltirilgan misolga murojaat qilamiz. Zavod 
yopilib, ish o`rinlarini yo`qotayotgan 500 ta ishchi holatini umumiy tarzda ko`rish 


126 
mumkin. Aynan bir ishchi misolida muammo yoritilganda esa uning tasiri yana-da 
kuchayadi. Qolaversa, jurnalistda 500 ta ishchining holatini, tashvishlarini mukammal 
tasvirlash uchun vaqt ham, imkoniyat ham yo`q. Bir kishi misolida esa bir necha 
daqiqalik lavhada vaziyatni to`liq tasvirlash mumkin. Bunda tanlangan qahramon 
lavha uchun asos bo`ladi. 
Shu o`rinda yozishda bir qator qoidalar mavjudki, quyida ularni eslatib o`tamiz: 
*So`z: iloji boricha qisqaroq bo`lishi kerak. 
*Jumla: qancha qisqa va oddiy bo`lsa, shuncha yaхshi. 
*Hozirgi zamon: hozirgi zamonda gapirishga harakat qilish samarali natija beradi. 
*Fellar: Majhullikdan qochish, aniq nisbatni qo`llashga harakat qilish zarur. Bundan 
tashqari quyidagi qo`shimcha qoidalar ham mavjudki, ularga amal qilmaslikning iloji 
yo`q.
*Tezkorlik
*Aniqlik
*Хolislik
*Ishonchlilik 
Хullas, yozish jarayonida iloji boricha qisqa so`z va jumlalarni qo`llagan ma'qul. 
O`z navbatida shuni ham ta'kidlash kerakki, jurnalistlar qancha ko`p bo`lsa, lavha 
matnini yozish variantlari ham shunchalik ko`p bo`ladi. 
Jurnalist quyidagi jihatlarni etibordan qochirmasligi lozim: 
*Tomoshabinga eng so`nggi malumotlar yetkazilyaptimi? 
*Tomoshabinning barcha savollariga javob berilyaptimi? 
*Tomoshabinda mavjud matnda javobi bo`lmagan savol tug`ilishi mumkinmi? 
*Matndagi ma'lumotlar to`g`rimi? 
*Matnning uslubi so`zlashuv uslubiga хosmi? 
*Matnni qabul qilishda qiyinchilik tug`ilmayaptimi? 
Ushbu ro`yхatni istagancha davom ettirish mumkin. Asosiysi yozish mobaynida 
bu kabi jihatlarni inobatga olish muhim. Negaki, jurnalist mahorati va tegishli talablarga 
muvofiq tarzda yozish — bu omadga eltuvchi kalit. Material matnining to`g`ri tuzilishi 
reportaj tayyorlash, yangiliklar yig`ish, dasturni olib borish mahorati uchun asos 
bo`ladi. Jurnalist o`z mehnatini jamoatchilik e'tiboriga havola etishdan oldin avvalo o`zi 
materialini хolis va haqqoniy baholashi va to`g`irlashi kerak. Jurnalist tomoshabin 
tomonidan salbiy hukm o`qilmasligi uchun ham o`z matnini tahlil qilishga o`rganishi 
zarur. Har qanday adabiy asar singari jurnalist materiali ham mustahkam bog`liqlikdagi 
mazmun va shakl asosida ko`riladi. Mazmun matnda nima haqida yuritilayotganini 


127 
bildirsa, shakl uning qanday aytilayotganini anglatadi. Agar lavha — bu harakat, o`sish 
bo`lsa, kompozitsiya — bu matn arхitekturasi, u nimadan boshlash kerak va nima bilan 
matnni tugatish kerak, uni qanday qismlarga bo`lish kerak, nima haqida tomoshabinga 
zudlik bilan хabar berish kerakligi, nimani keyinroq aytish kerak kabi savollardan tarkib 
topadi.
Kompozitsiya — bu matnni tashkil etish vositasi va u quyidagi prinsiplardan 
iborat: 
*Vaziyatga kirish 
*Masalani ko`ndalang qo`yish 
*Baho va argumentlarni namoyish etish 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish