J. Gilfordning «Sotsial intellektni tadqiq etish» testining umumiy ko‘rinishi
1- «Yakunlangan hikoya» subtesti rasmlari
2- «Ekspressiya guruhlari» subtestining mazmuni
Navbatdagi subtestda tekshiriluvchi insonning gavdani tutishi, imo-ishorasi, mimikasi, ifodali harakatlari va holatini aks ettirgan rasmlar bilan ishlaydi.
Tekshiruvchining topshiriq mohiyatini tushuntirish uchun namuna keltirilgan. Namunaning chap tarafida insonning fikri, tuyg‘usi va maqsadini ifodalovchi rasmlar keltirilgan.
Uning o‘ng tomondagi to‘rta rasmdan biri chap tomndagi rasmlar mazmuniga mos holatni, fikrni yoki maqsadni ifodalaydi. Tekshiriluvchi o‘sha rasmni topishi kerak.
namunadagi topshiriqning to‘g‘i javobi 2-rasmda bo‘lib, u chap tomondagi rasmdagi singari holatni (zo‘riqish yoki asabiylashishni) ifodalagan. Shu sababli, javoblar varaqida 2 raqamini aylana ichiga olinadi. 1, 3, 4-rasmlar mos kelmaydi, chunki, ular boshqa holatlarni aks ettirgan (quvonch va muvaffaqiyatli holat).
Shunday qilib, 2-subtestdagi barcha topshiriqlarni o‘ng tomondagi rasmlarni chap tomondagi rasmga mos kelganini topiladi va javoblar maxsus javoblar varaqasiga belgilanadi.
Subtest 15 ta topshiriqdan iborat. Subtestni bajarish uchun 7 daqiqa vaqt ajratiladi. Vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda, tekshiriluvchiga ogohlantrish beriladi. Topshiriqni tez bajarishga harakat qilish, alohida topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmaslik, topshiriq murakkab bo‘lsa, uni yechishga so‘ngra qaytish mumkinligi, murakkab vaziyatlarda ham, hattoki, u tekshiriluvchi uchun ishonchli bo‘lmasa-da javob berishi tushuntiriladi. Subtest 15 ta topshiriqdan iborat.
2- «Ekspressiya guruhlari» subtesti rasmlari
Navbatdagi subtestda topshiriqlar verbal xarakterga ega bo‘lib, u «Verbal muloqot harakatlarini tushunish» deb nomlanadi. Uning mazmuni bilan quyida tanishtirib o‘tiladi.
3- «Verbal muloqot harakatlarini tushunish» subtestining mazmuni
Subtestda har bir topshirig‘ining chap tomonida bir kishini boshqa kishiga bildirgan mulohazasi, o‘ng tomonida uch xil muomala vaziyatlari keltirilgan. Ulardan biri boshqa ma’noni ifodalydi. Masalan, kar-soqov inson- do‘stiga: «Marhamat qilib, takrorlang». Chunki, kar-soqov insonningdo‘stiga verbal tarzda iltimosi qilishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Topshiriqning 2-3- vaziyatlarini ifodalovchi jumlalar shunday ma’noga ega. Faqat 1-vaziyatdagi boshqa ma’noni ifodalaydi. Javoblar varaqasida 1 – raqamni to‘g‘ri javob sifatida belgilanadi.
Tekshiriluvchiga har bir topshiriqda chap tomondagi qolgan ikki vaziyatdan farq qiluvchi boshqa mazmunning ifodalovchi jumlani tanlash taklif etiladi.
Subtest 12 ta topshiriqdan iborat. Subtestni bajarish uchun 5 daqiqa ajaratiladi. Vaqt tugashiga bir daqiqa qolganda tekshiriluvchi ogohlantiriladi. Topshiriqni tez bajarishga harakat qilish, alohida topshiriq uchun ko‘p vaqt ajratmaslik, topshiriq murakkab bo‘lsa, uni yechishga so‘ngra qaytish mumkinligi, murakkab vaziyatlarda ham, hattoki, u tekshiriluvchi uchun ishonchli bo‘lmasada javob berishi tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |