Partiya Markaziy Qoʻmitasining 1964-yil 12-maydagi “Mehnatkashlarning
kommunistik tarbiyasida muzeylarning rolini oshirish toʻgʻrisida”gi va 1982-yil
avgustdagi “Muzeylarning gʻoyaviy-tarbiyaviy rolini oshirish toʻgʻrisida”gi ikki
85
Qarori Oʻzbekiston muzeylarini ham “gʻoyaviy targʻibotchi muassasalar” tizimiga
uzil-kesil biriktirib qoʻydi. Bu esa muzeylar rivojiga salbiy ta’sir koʻrsatdi.
Muzeylar boshqarmasi 1947-yili ishlab chiqqan “Muzey fondlarini hisobga
olish boʻyicha koʻrsatmalar” va 1968-yili yangi “Asosiy fondlar tarkibi haqida”
hujjat chiqqunga qadar Oʻzbekistonda amal qildi. Shu davrdan boshlab muzeylarga
yagona namunadagi inventar kitoblari ishlab chiqilib tarqatildi.
Davlatning asosan muzey muassasalaridan gʻoyaviy targʻibotchi sifatida
foydalanishga intilishi sovet davrining deyarli boshqa bosqichlarida muzeylarning
ilmiy salohiyatli mutaxassislarning qarshiligiga duch keldi. Oʻlkashunoslik va
muzey ishi ilmiy tadqiqot institutlarining 1948-yil noyabrdagi kengaytirilgan
sessiyasi ushbu muassasaning faoliyati yakunlari va istiqbollariga bagʻishlandi.
Institut “Respublika, oʻlka, viloyat va yirik rayonlar oʻlkashunoslik muzeylari
haqida”gi hamda “Respublika, oʻlka, viloyat va yirik rayonlar oʻlkashunoslik
muzeylari koʻrgazmalarini tashkil etishning asosiy tamoyillari” kabi hujjatlar
ishlab chiqildi. Hujjatlarda muzey eksponatlarini unifikatsiyalashga yoʻl tutilgani
oʻz tasdigʻini topdi. Oʻlkashunoslik muzeylarining davlat tomonidan ilmiy tadqiqot
va madaniy-ma’rifiy muassasa deb tan olinishi muzey ishiga ijobiy ta’sir qildi.
Uning tizimida fond boʻlimi, kutubxona, ilmiy arxiv, yordamchi kabinetlar boʻlishi
koʻzda tutilgan edi. Muzeylar mustaqil ravishda adabiyot yoki badiiy koʻrgazmalar
tashkil etishga ruxsat oldi. Katta anjuman tashkil etilib, unda muzey tizimini ilmiy
rejalashtirish masalasi muhokama etildi.
Sovet muzeylari 1957-yil Muzeylar xalqaro kengashiga a’zo boʻldi. Xorijiy
muzeylar bilan aloqa bogʻlash jahon muzey amaliyotidagi yangi jarayonlar bilan
tanishish imkonini berdi. Butunittifoq muzeylarning I koʻrigi 1957-yili oʻtkazilib,
u urushdan keyingi oʻn yillikda soha faoliyatini sarhisob qilishga imkoniyat
yaratadi. Shu yillarda Oʻzbekistonda ham oʻlkashunoslik harakati jonlandi. Yangi
bosqichda ommaviy tarixiy oʻlkashunoslik harakatining oʻziga xos jihati qator
muzeylar tizimining yaratilishiga asos boʻldi. Yangi muzeylar jamoatchilik
tashabbusi bilan tashkil etilib, ularning mablagʻlari hisobiga faoliyat koʻrsatgan.
86
Jamoa muzeylari ichida son jihatidan eng koʻpchiligini maktab muzeylari
tashkil etadi. Oʻzbekistonda ular XX asrning 60-yillaridan boshlab tashkil qilina
boshlandi. Umuman olganda 1960-1980-yillarning boshida muzeylarga kiruvchilar
sonining keskin oʻsishi kuzatildi. Muzey ishi jamoachilik diqqat markazida turdi.
Muzeylar, ular faoliyati, madaniy yodgorliklarni asrash muammolari haqidagi
munozaralar nafaqat maxsus, balki matbuot, gazeta va jurnallarda keng muhokama
etildi. Jamiyatda muzeylarga qiziqishning oshishi muzey faoliyatiga davlat
tomonidan e’tiborning kuchayishiga olib keldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach respublikamiz ma’naviy hayotida
yangi istiqbollar ochildi. Xususan, jamiyat va inson hayotida muhim oʻrin tutuvchi
muzey va muzeyshunoslikka alohida e’tibor berildi. Ushbu qismda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Farmoni, Vazirlar Mahkamasining
maxsus qarorlari, “Oʻzbekmuzey” tashkilotining ta’sis etilishi, “Muzeylar
toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi hamda ularning ma’naviy hayotda,
muzeylar faoliyati, muzeyshunoslikka ta’siri, ularning ilmiy ahamiyati ochib
berildi
53
.
Shundan soʻng Oʻzbekiston hududida joylashgan muzeylar faoliyatini
takomillashtirish ishlari boshlandi. Ular xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida
yanada muhim oʻrin egallay boshladi. Tariximizni, mustaqilligimiz odimlarini aks
53
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1994 йил 23-декабрда қабул қилинган “Республика
музейлари фаолиятини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори //Халқ сўзи, 1994 йил 24-декабрь;
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1998 йил 12-январда қабул қилинган “Музейлар фаолиятини
тубдан яхшилаш ва такомиллаштириш тўғрисида”ги Фармони// Халқ сўзи, 1998 йил 13-январь; Ўзбекистон
Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 5-мартда қабул қилинган “Музейлар фаолиятини тубдан
қўллаб-қувватлаш масалалари тўғрисида”ги қарори// Халқ сўзи, 1998 йил 15-март; Постановление Кабинета
Министров Республики Узбекистан “Об упорядочении вопросов вывоза и ввоза культурных ценностей в
Республике Узбекистан” от 23-марта 1999 года // Правда Востока, 24-марта 1999 года; “Музейлар
тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни. 2008 йил 12-сентябрь//Ўзбекистон Республикаси қонун
ҳужжатлари тўплами, 2008 йил.–№37-38. – Б.12-20; “Давлат музейларининг болалар ва уларнинг ота-
оналарига очиқлигини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Вазирлар
Маҳкамасининг 2014 йил 11-июлдаги 189-сон қарори// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари
тўплами, 2014 йил 21-июль, – № 35. – Б. 57-31; Ўзбекистон Республикаси ҳукматининг айрим қарорларига
ўзгартириш ва қўшимчалар қиритиш, шунингдек баъзиларини ўз кучини йўқотган деб ҳисоблаш тўғрисида
(Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги фаолиятини
ташкил этиш тўғрисида” 2017 йил 15-февралдаги ПҚ-2779-сон қарори)” Ўзбекистон Республикаси Вазирлар
Маҳкамасининг 2017 йил 11- майдаги 270-сон қарорига асосан “Музей тўғрисидаги” қонун ва қарорларга
қўшимча ва ўзгартиришлар киритилган// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 йил
15-май – №19.– Б.69-88; “Ўзбекистон Республикаси маданият ва санъат соҳасини инновацион
ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 26-
августдаги ПҚ-3920-сон қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 йил 26-август
июль – № 35. – Б. 19-23.
87
ettiruvchi noyob, nodir eksponatlar bilan muzey ekspozitsiyalari yangilandi.
Shuningdek, muzeylarni jahon standartlariga moslashtirish, jahonga tanitish,
ulardan yoshlarimiz ongida milliy gʻurur va iftixor, milliy gʻoyaning oʻrin olishiga
muhim omil boʻlishi, yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʻularini shakllantirishga
alohida e’tibor berildi.
Muzey masalalari xususida N.Habibullayev, R.Almeyev, I.Ilalov,
G.Fuzailova, M.Xasanova, M.Bekmurodov, M.Rashidova, D.Kuryazovava boshqa
mutaxassislar maxsus tadqiqotlar, qoʻllanma va darsliklarda oʻz fikr-
mulohazalarini bildirganlar. Ularning mulohazalari umumlashtirilib, muzeylar
taraqqiyoti uchun me’yoriy-huquqiy baza yaratgan hujjatlar xronologik tartibda
tahlil etildi.
Muzeylarga nisbatan jamiyatdagi ehtiyoj unga kiruvchilar sonining oshib
borishi bilan belgilanadi. Bu koʻrsatkich 1990-yillarda keskin kamayib, XX
asrning
oxirlaridan
asta-sekin
oʻsa
boshladi.
Muzeylar
faoliyatini
murakkablashtirgan narsa XX asrning 90-yillarida ham jamiyatda koʻpchilik aholi
qabul qilgan muhim qadriyatlar tizimining shakllanmaganligi edi. Kommunistik
mafkura va sovet turmush tarzining targʻiboti mustaqillik yillarida demokratik
qadriyatlarga asoslangan ochiq jamiyat tomon yoʻnalish bilan almashdi. Muzeylar
bosib oʻtgan tarixiy yoʻl uning vositasida koʻplab madaniy va ijtimoiy
muammolarni echish mumkinligini tasdiqlamoqda.
Oʻlkadagi muzeylar jamiyat ijtimoiy hayotida muhim kommunikativ oʻrin
tutadi. Sovet davrida muzeylarga uchinchi darajada qaralgan boʻlsa, Oʻzbekistonda
muzeylarga e’tibor mustaqillikdan keyin birinchi darajasiga koʻtarildi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy me’moriy yodgorliklar
millatning madaniy uygʻonishi, milliy gʻoyani targʻib etish, xalq ongida milliy
gʻurur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik hissiyotini,
demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.
Muzeylar nafaqat tabiat va jamiyatning noyob hamda xilma-xil ashyolar xazinasi,
balki muhim ilmiy, ma’rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy kommunikatsiyaning muhim
halqasi va markazlari hamdir.
88
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-
yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni va 2017-yil 19-maydagi
PQ-2980-sonli “2017-2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm
salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori muzeylar
tizimida katta oʻzgarishlar yasash, yangilarini rivojlantirishda muhim asos boʻlib
xizmat qildi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi doirasida 88
ta muzey mavjud boʻlib, shulardan 43 tasi tarix va oʻlkashunoslik ixtisosligidagi
muzeylardir. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufida toʻrtta
muzey boʻlib, bular: Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat
muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi va Alisher Navoiy nomidagi davlat
Adabiyot muzeylari shular jumlasidandir.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 10-11-mart kunlari
Buxoroga tashrifi chogʻida Ark qoʻrgʻoni majmuasida viloyatning turizm
salohiyatini yanada oshirish dasturi taqdimoti bilan tanishgan edi. Unda yangidan
barpo etiladigan Buxoro tarixi davlat muzeyi loyihasi ham namoyish etildi. 1,2
gektar maydonni oʻz ichiga oladigan yangi muzey qurilishiga budjet mablagʻlari
hisobidan 68,3 milliard soʻm sarflanishi moʻljallanmoqda. Muzey ishga
tushirilganidan soʻng, Ark qoʻrgʻonida saqlanayotgan noyob eksponatlar mazkur
muzeyga koʻchiriladi
54
. Mazkur sa’yi -harakatlar esa oʻz navbatida Ark qoʻrgʻonini
asl koʻrinishini saqlash va uni tiklash ishlarini jadallashtirilishidan darak beradi.
Muzey eksponatlari yildanyilga oshib bormoqda. Muzey qoʻriqxona
Fransiyaning Luvr, Rossiyaning Davlat ermitaji hamda Xitoyning “Gʻarbiy Sian
bozori” muzeylari bilan olib borayotgan hamkorligi, arxeologik tadqiqotlari
davlatchiligimiz borasida koʻplab yangi ma’lumotlarni fanga ma’lum qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |