15
Muzeyga doimiy saqlash uchun olingan muzey ashyolari va kolleksiyalari
ilmiy roʻyxatga olinadi. Ushbu Nizomda belgilangan tartibda hisobga olinmagan
muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzeylarda saqlash qat’iyan man etiladi.
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olishning asosiy hujjatlari
quyidagilar hisoblanadi: Kirim
daftari va Inventar daftarlari; muzey ashyolari va
kolleksiyalarini doimiy (vaqtincha) saqlashga oid qabul dalolatnomalari; muzey
ashyolari va kolleksiyalarini ta’mirlash va hisobdan chiqarish dalolatnomalari (ular
muzey fondi tarkibidan chiqarilgan hollarda).
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash tartiblari quyidagicha:
muzey
ashyolari va kolleksiyalarining saqlanishini ta’minlash, ularni shikastlanish,
kasallanish, yemirilishdan va oʻgʻirlanishdan
himoya qilish, shuningdek, ularni
oʻrganish, namoyish etish va ommalashtirish uchun qulay sharoit yaratish
muzeylarning asosiy vazifasidir.
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish
maqsadida boshqa yuridik shaxsga berish muzey boʻysunuvchi
yuqori boshqaruv
organi (nodavlat muzeylarda – mulkdor)ning buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Belgilangan tartibda hisobga olinib, shifr va tartib raqamlari qoʻyilmagan muzey
ashyolari va kolleksiyalarini foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga berish
mumkin emas.
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini vaqtinchalik foydalanishga oladigan
muassasa ularni oʻz muddatida qaytarish toʻgʻrisida
kafolat xati taqdim etishi
lozim.
Muzeyda vaqtinchalik saqlanayotgan eksponatlarni ularning egasidan
roʻxsat olmay boshqa shaxslar yoki tashkilotlarga berish qat’iyan taqiqlanadi.
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey ichida qisqa muddatga bir
boʻlimdan boshqa boʻlimga yoki tahlil etish maqsadida ilmiy xodimga berish bosh
muhofiz ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Muzeyga olingan muzey kolleksiyalari butunligicha hisobga olinadi va
saqlanadi. Ularning boshqa muzey ashyolari va kolleksiyalari bilan aralashtirib
yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16
Muzey ashyolari va kolleksiyalarining oʻgʻirlanishi, nobud boʻlishi,
shikastlanishi aniqlangan har bir holatda muzey direktori
ushbu hodisani batafsil
tavsiflab, bu haqda muzey bevosita boʻysunuvchi yuqori boshqaruv organi
(nodavlat muzeylarda mulkdor)ga yozma ravishda xabar qilishi shart.
Muzey ashyolari va kolleksiyalari oʻgʻirlangan taqdirda ularni topish
choralarini koʻrish maqsadida muzey direktori yoki bosh muhofizi tezlik bilan
huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishi lozim.
Muzey ashyolari va kolleksiyalari nobud boʻlgan yoki jiddiy shikastlangan
hollarda ularga yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtirilishi va
unga muzey ashyosining fotosurati ilova qilinishi lozim.
Muzey rahbariyati muzey ashyolari va kolleksiyalarini
belgilangan vaqtda
muntazam xatlovdan oʻtkazishi, ya’ni muzey bu ashyolarning fondlarda mavjudligi
va saqlanishi holatini kirim daftarlari, ilmiy roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari,
dalolatnomalar hamda boshqa hisob hujjatlari bilan solishtirib turish ishlarini
tashkil etishi shart.
Oʻz tarkibida uch mingtagacha muzey ashyolari va kolleksiyalari boʻlgan
kichik muzeylar fondidagi barcha ashyolar har yili xatlovdan oʻtkaziladi. Uch
mingdan koʻp ashyolari va kolleksiyalariga ega boʻlgan muzeylarda xatlov ishlari
muzeyning boʻlimlari yoki muzey ashyolari turlari boʻyicha har ikki yilda bir
marta oʻtkaziladi.
Muzey ashyolari va kolleksiyalarini xatlovdan oʻtkazish
ishlari muzey
direktorining buyrugʻiga binoan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga
oshiriladi. Komissiya ishida shu kolleksiya uchun mas’ul boʻlgan shaxs ishtirok
etishi lozim. Muzeyga arxeologik ekspeditsiyalar materiallari vaqtinchalik saqlab
turish uchun qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: