1) ustivor konstruktlar bloki — konstrukt tizimi yuqorisida joylashgan
50 yaqin asosiy konstruktlar. Odam ushbu konstruktlardan boshqa odamlar bilan
o‘zaro ta‘sirga kirish maqsadida ko‘p foydalanadi, ya‘ni ong markazida
turadi.
2) periferik konstruktlar bloki — qolgan barcha konstruktlar. Ushbu konstruktlar individual hosilalar bo‘lgani bois bir necha yuzlabdan bir necha minggacha bo‘lishi mumkin. Shaxs xususiyatlari mazkur ikki blok konstruktlarning birgalikdagi ishlash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxslarning ikki toifasi
farqlanadi: kognitiv murakkab shaxs (ko‘plab konstruktlarga ega shaxs) va
kognitiv sodda shaxs (oz miqdordagi konstruktlarga ega shaxs).
Kognitiv jihatdan murakkab shaxs kognitiv sodda shaxslardan quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi:
1) psixik salomatligi ancha durust;
2) stresslarni samarali bartaraf etadi;
3) o‘ziga bergan bahosi yetarli darajada baland;
4) yangi vaziyatlarga tez moslashadi.
Shaxsga doir konstruktlarni baholashning (ularning sifati va miqdorini) maxsus metodlari mavjud.
Kognitiv psixologiya doirasida Festingerning kognitiv dissonans nazariyasi vujudga kelgan (1957). Kognitiv dissonans deganda Festingerikki yoki undan ortiq kognitsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatni tushunadi.
Kognitsiya — muhit, inson o‘zi yoki xulqiga doir har qanday bilim, fikr yoki
e‘tiqoddir. Dissonans shaxs tomonidan diskomfort (noqulaylik) holati singari his
etiladi, shuning uchun shaxs undan qutulishga harakat qilish orqali,ichki kognitiv
barqarorlik holatini tiklashga urinadi. Va aynan ushbu intilish inson xulqi va olamga bo‘lgan munosabatini belgilaydigan omilga aylanadi.
Kognitsiyalar o‘rtasidagi dissonans xolati bir kognitsiya natijasida inson taxmin qilgan boshqa kognitsiya namoyon bo‘lmasa vujudga keladi. Odam hamisha ichki uyg‘unlik, konsonansga erishishga intiladi. Masalan, semirishga moyil odam dieta saqlamoqchi bo‘ldi (X kognitsiya), biroq sevimli shokoladidan voz kecholmaydi (U kognitsiya). Biroq ma‘lumki, ozishga harakat qilayotgan odam shokolad yemasligi darkor – demakki, dissonans paydo bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi insonni dissonans reduktsiyasiga, uni pasaytirish, bartaraf etishga qaratilgan xulqni namoyon qilishga undaydi.
Festinger fikriga ko‘ra, buning uchun, ya‘ni dissonansni bartaraf etishga qaratilgan, odamda uch yo‘l mavjud:
1) kognitsiyalar birini o‘zgartirish (ayni vaziyatda — yoki shokoladni iste‘mol qilishdan voz kechish yoki dieta saqlamaslik);
2) dissonant munosabatlarga kirishayotgan kognitsiyalar ahamiyatini pasaytirish (semizlik unchalar ham katta kamchilik emas yoki shokoladni iste‘mol qilish vazn ortishiga katta ta‘sir ko‘rsatmasligini ta‘kidlash);
3) yangi kognitsiyani qo‘shish (masalan, shokolad vazn ortishiga ta‘sir tsa-da aqliy
faoliyatni yaxshilaydi).
Kognitiv dissonans motivlashtiradi, ya‘ni uni pasaytirishga majburlaydi, munosabatlarni o‘zgartirishga undaydi pirovardda — xulqni o‘zgartiradi. Kognitiv dissonans paydo bo‘lishi va uning bartaraf etilishi bilan bog‘liq ikki xolatni ko‘zdan kechirsak.
1) odamning azaliy fikriga nomuvofiq bo‘lgan vaziyatdagi xulq bilan bog‘liq. Agar odam ixtiyoriy (taz‘yiqsiz) ravishda yetarlicha tashqi oqlovga ega bo‘lmagan, o‘z qarashlariga unchalar ham muvofiq kelmaydigan xulqni namoyon etishni taqozo qilmaydigan biron-bir narsani bajarishga rozi bo‘lsa, keyinchalar uning fikri va e‘tiqodi o‘sha xulqqa muvofiqlashtiriladi. Agar, masalan, o‘zining axloqiy qarashlariga zid bo‘lgan xulqni namoyon qilishga rozi bo‘lsa, oqibatda xulq va axloqiy qarashlar o‘rtasidagi dissonans axloqiylik darajasi pasayishiga olib
keladi.
2) mushkul qarorni qabul qilishdan keyin paydo bo‘ladigan dissonans.
Mushkul qaror deb tanlov zaruriyatini tug‘dirayotgan muqobil variantlar
yoqimliligiga ko‘ra o‘zaro yaqin bo‘lgan vaziyatga aytiladi. Bunday vaziyatlarda
qaror qabul qilingandan so‘ng odam quyidagi ziddiyatlar natijasi bo‘lgan
kognitiv dissonansni his etadi: tanlangan variantning salbiy jihatlari, rad etilgan variantning esa ijobiy jihatlari mavjud bo‘ladi. Qabul qilingan qaror qisman yaxshi emas, biroq u qabul qilinib bo‘lingan. Inkor etilgan variantning yaxshi tomonlari mavjud, biroq u rad etilib bo‘lgan. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki: og‘ir qaror qabul qilingandan so‘ng vaqt o‘tishi bilan tanlangan qarorning ijobiy jihatlari ortib inkor etilgan qarorning ijobiy jihatlarini sub‘ektiv yoqimliligi
pasayadi.
Odam shu yo‘sinda kognitiv dissonansdan qutuladi: u qabul qilgan qarori inkor etilgan qarordan ko‘ra ancha yaxshi bo‘lganligiga o‘zini ishontiradi. Xulosa qilish mumkinki, mushkul qarorlar tanlangan qarorga muvofiq xulqni namoyon qilish ehtimolini oshiradi. Demak, kognitiv nazariyaga binoan, shaxs – odamning shaxsiy tajribasi qayta ishlanadigan (idrok etilayotgan va talqin qilinayotgan) shaxsga doir
konstruktsiyalarning maxsus uyushtirilgan tizimidir. Mazkur yondashuv nuqtai
nazaridan shaxs tuzilmasi individual jihatdan betakror konstruktlarning o‘ziga xos ierarxiyasi sifatida tushuniladi.
Odamlar ongining ularning xatti-harakatlaridagi rolini ochib beradigan kognitiv psixologiya g’oyalari amerikalik psixologlar J. Kelli, J. Rotter, A. Bandura va ushbu yo’nalishning boshqa vakillari asarlarida ham asoslab berilgan. Ular uchun asosiy muammo bu “mavzu xotirasida bilimlarni tashkil etish”. Ularning fikriga ko’ra, inson bilimlari u o’ylaydigan va harakat qiladigan muayyan kontseptual sxemalarga kiritilgan. Ta’kidlanishicha, “idrok, xotira, fikrlash va boshqa kognitiv jarayonlar sxema bo’yicha organizmning genotipi bilan tuzilishi kabi bir xil tarzda belgilanadi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |