Mukammallik maqsad ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin.
Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo’naltirilgan bo’lsa, rivojlanish konstruktiv va sog’lom yo’nalishga ega bo’ladi. Bu rivojlanish, ko’nikma va malakalarning kamol toptirish , mukammal hayot uslubiga ega bo’lish uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqalar ustudan hukmronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada namoyon bo’ladi.Har bir inson intilish va erishishga mujassamlashuvchi o’zining hayot uslubini ishlab chiqadi. Ularning shakllanishi bolalikdan boshlanib, nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo’lishga ojizlik kompleksi sifatida shakllanib boshlaydi. Hayot maqsadi bundan himoyalanish, qondirilmagan bugungi hayot bilan yorqin , mukammal kelajak o’rtasidagi ko’prik vazifasini bajaradi.
Hayot uslubi va shaxs tiplari
Boshqaruvchi tip. Bu tip insonlar o’ziga ishongan va g’ayratli, ahamiyatsiz sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo’lmasa. Ular faol , ammo sotsial rejada emas, ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ularda tashqi olam ustidan hukmronlik qilish xos. Asosiy hayotiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonunbuzarlar ).
Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxo’r lik va o’zining ehtiyojlarining ko’p qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo’q, ular boshqalardan ko’proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob-uqubat keltirish ehtimoli kamroq.
Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qiziqishlari, shaxsiy muammolarni hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqadilar va hayotiy muammolarini yechishdan qochadilar .
Sotsial tip:Bu yetuk talabga javob beradigan , sotsial manfaatlar bog’lab turadi va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga g’amxurlik ko’rsatuvchi , ular bilan munosobatga qiziquvchi , insonlarning asosiy hayotiy muammolarini hal etuvchi muammolarni – ish , sevgi, do’stlik-hamkorlikni, shaxsiy mardlikni , mas’uliyatni talab etishini biladi va boshqa insonlarning rohat- farog’atida o’zining hissasini qo’shishga tayyor.
Adabiyotlar.
1.Myers, D.G. Psychology. Hope College.Holland, Michigan,2010.-R.553-593
2.Duane P.Schults. Theories of Personality. Wadsworth, a division of Thomson Learning, Inc. Copyright 2005.-550p
3.George Boeree.C. Personality Theories/ Sigmund Freud. Psychology Department Shippensburg University/ Original E-Text-Site: [http:/www.ship.edu/7 Ecgboeree/perscontents.html].P.6.
4.G’oziyev.E.G’ Umumiy psixologiya.T.:O’qituvchi,2010.
5.Xoll K., Lindsey G.Teorii lichnosti.M., 1998.-796s
6.Xell L .,Zigler D. Teorii lichnosti. SPb.:Piter,1997.-608s
Do'stlaringiz bilan baham: |