1-bosqich.XX asrning 30-yillarida, ta’lim-tarbiya mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul hamda uslublar yig’indisi «pedagogik texnika», uni amalga oshiruvchi «pedagogik master» (pedagogik mahorat ma’nosida) nomini olib, o’sha davrda ta’limning eng samarali tadbiri hisoblangan.
2-bosqich. O’tgan asrning 50-yillarida ta’lim jarayoniga texnik vositalarni qo’llash, ularning imkoniyatlarini takomillashtirish, axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, rivojlantirib, u o’qitishning texnik vositalari (O’TV) yordamida amalga oshirish deb nomlangan.
3-bosqich. XX asrning 60-yillari dasturlashtirilgan ta’lim joriy etilib, unda ta’lim maqsadlariga aniqlik kiritildi. Ta’lim jarayoni, umumiy bo’lsa-da, loyihalana boshlandi. Shuningdek, ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning o’zlashtirilish ehtimolini oldindan tashxislash, ta’lim jarayonining samaradorligini aniqlash, ta’limning maqsadiy natijalarini o’rganish, tahlil etish jarayonlari joriy etildi.
4-bosqich.O’tgan asrning 70-yillaridan boshlanib, shu kungacha davom etib kelmoqda. Bu davrda o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda, pedagogik jarayon yakunida kafolatlangan natijalarga erishish, pedagogik jarayon samaradorligini oshirish maqsadida, uni mantiqiy qismlar (modullar)ga ajratib o’qitish, avvaldan butun dars jarayoni loyihasini tuzib olish, unda ishlatiladigan pedagogik usullar va axborot texnologiyalarining qo’llanish joylarini avvaldan belgilash, butun pedagogik jarayon doimo nazoratda tutib turish, pedagogik jarayon samaradorligini baholash hamda boshqa bir qator masalalar o’rtaga tashlandi va ma’lum darajada, ularning echimi topildi.
Ba’zi tadqiqotchilar o’quv jarayonini texnologiyalashtirish orqali sifatli va haqiqiy ta’lim berishga erishish mumkinligini hamda har qanday texnologiyaning etakchi zvenosi oxirgi natijaga erishish deb hisoblaydilar.
Masalan, G.K.Selevko fikriga ko’ra: «Texnologiya xususiy metodikadan o’zining natijalarini mustahkamlash bo’yicha farqlanadi, unda jarayonli, sonli va hisobli komponentlar ko’proq taqdim etiladi».
O’qitish nazariyasida texnologiya predmetli metodikadan farqli o’laroq, quyidagicha loyihalashtiriladi:
mavjud sharoitlardan kelib chiqqan va belgilangan natijalarga yo’naltirilgan holda, rejalashtirilgan aniq pedagogik faoliyati orqali;
ta’lim beruvchilar tomonidan darsni uslubiy jihatdan ishlab chiqishdan farqli ravishda, ta’lim oluvchilarga va ularning shaxsiy faoliyati hisobiga o’qitishda yutuqlarga erishishlarini ta’minlashga yo’naltirilishi orqali;
texnologiyada ortiqcha hech narsa bo’lmasligi shart: qayta o’zgartirish yo’llari, usullari va vositalarini almashtirish, bu – texnologiyaning yo’qligi belgisidir.
F.Persival va G.Ellingtonning e’tiroficha, «ta’limda texnologiya» atamasi axborotni taqdim etishning har qanday vositasini qamrab oladi. Bular «ta’lim tizimida qo’llaniladigan jihozlar, masalan, televidenie, til o’rgatish laboratoriyalari va tasvirlarni aks ettiruvchi turli vositalar. Boshqacha aytganda, ta’limda texnologiya – bu audivizual vositalar».
Bu ta’rifda «ta’limda texnologiya»dan ko’ra ko’proq «ta’lim texnologiyasi»ga urg’u beriladi, chunki u o’zida o’quv jarayonini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan va moslashtirilgan vositalar (televideniya, til o’rgatish laboratoriyasi)ni hamda ularni amalda qo’llash metodikasini birlashtiradi.
Bizning fikrimizcha, ta’limni texnologiyalashtirish - bu o’qitish jarayoniga texnologik yondashuv asosida o’quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o’zaro faoliyatining samarali tashkil etilishidir.
Demak, o’quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun ta’lim jarayoni texnologik yondashuv asosida olib borilishi lozim.
Ta’limni texnologiyalashtirish – o’qitish vositalari asosida ta’limni tashkil qilish, o’tkazish va baholash usullari majmui hisoblanadi.
Demak, ta’lim texnologiyasining asosiy mohiyati – o’quv natijalariga kafolatli erishilishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonini to’liq loyihalashtirishdan iborat.
Pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida «pedagogik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi», «o’qitish texnologiyasi» kabi atamalar keng foydalaniladi. Shu bilan birga, ularni tushunishda alohida fikrlar mavjud. Avvalambor, «ta’lim texnologiyasi», «o’qitish texnologiyasi» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining nisbatini aniqlaylik.
Biz dastlab pedagogik texnologiya (PT) tushunchalariga berilgan ta’riflar va fikrlar haqida to’xtalamiz.
Tadqiqotchilar PTni o’quv jarayonini fan va texnikaning eng yangi yutuqlari asosida ta’lim tamoyillarini o’rganish, ishlab chiqish va amalda qo’llash tarzida tushunishadi.
PT mohiyati haqida keyingi 50 yil davomida ilmiy munozaralar asosida olimlar, metodistlar, turli pedagogik komissiyalar hamda uyushmalarning ta’rif va tavsiflari berilgan.
London universitetida tashkil etilgan audio-vizual markaz direktori M.Klark PTning dastlabki ma’nosini quyidagicha izohlagan: «PT ta’lim sohasida ixtirolar, sanoat buyumlari va hozirgi zamon texnologiyasining asosiy qismi hisoblanmish jarayonlarni qo’llash». Ushbu ta’rif «ta’limda texnologiya» atamasini zamonaviy nuqtai nazardan tushunishni ifoda etadi. Chunki, bunda uning ma’nosi o’qitishda qo’llaniladigan nopedagogik buyumlar va jarayonlar sifatida talqin etiladi.
P.D.Mitchell PT muammolari bo’yicha monografiya va maqolalarni tahlil etib, PTga quyidagicha ta’rif beradi. «Pedagogik texnologiya-tadqiqot va amaliyot sohasi bo’lib u pedagogik tizimlar tuzilmasining barcha jihatlari hamda o’ziga xos pedagogik natijalarga erishish maqsadida tashkil etiladigan tadbirlar bilan chambarchas bog’liq».
Ushbu ta’rif asosida P.D.Mitchell fikricha, pedagog- texnologlarning asosiy vazifasi «kutilgan pedagogik natijaga erishish uchun inson resurslarini, moddiy va moliyaviy resurslarni eng maqbul darajada taqsimlash» dan iborat.
PTning ma’nosi to’g’risida «AQSh pedagogik texnologiyalar va kommunikatsiyalar uyushmasi 1979 yilda pedagogik texnologiyaning «rasmiy ta’rifi»ni e’lon qildi. Bu ta’rifga ko’ra, «pedagogik texnologiya odamlarni, g’oyalarni, bilimlarni o’zlashtirish aspektlarini, ta’lim olishni rejalashtirish, ta’minlash, baholash va boshqarish faoliyatini tashkil etish usul va vositalarini o’z ichiga qamrab olgan majmuaviy, integrativ jarayon».
PT to’g’risidagi ushbu ta’rif juda keng ma’noda berilgan bo’lib, o’zgarishlar uning ma’nosini to’ldiradi, aniqlashtirish va ularni ixtisoslashtirish bilan bog’liq.
R.M.Tomas va V.N. Kobayashilarning «Pedagogik texnologiyaning yuzaga kelishi, rivojlanishi» nomli monografiyasida PTning umumiy qabul qilingan ta’rifi yo’qligini, ularning fikricha, «pedagogik texnologiya»ga turli tushunchalar mavjudligi bois ko’pchilik PT deganda elektron jihozlar, masalan, kinoapparatlar, magnitofonlar va televizorlardan o’quv jarayonida foydalanishni tushunishlarni tavsiyalaydilar. Boshqalar esa, ular qatoriga noelektrik materiallarni, masalan, kitoblar, suratlar, kartalarni ham kiritadilar. Yana bir guruh kishilar esa PT ta’rifiga boshqaruvda pedagogik ma’muriyat tomonidan o’rganiladigan jihozlarni ham kiritadi. Monografiya mualliflarining o’zlari esa PT ta’rifini tahlil etishdan voz kechib, texnologiyaning ayrim turlarini qarab o’tadilar. Xususan, monografiyada to’rtta asosiy pedagogik texnologiyaning kontseptual tahlili berilgan: nashr vositalari, kompyuterlar, radio va televedenie, ta’limni boshqarish tizimi.
Respublikamizning ta’lim muassasalari faoliyati jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakatlar, yurtimiz mustaqillikka erishganidan keyin boshlandi. So’nggi yillarda respublikamizning bir qator etakchi oliy o’quv yurtlari qoshida innovatsion (pedagogik texnologiya) markazlari joriy etildi.
Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDH ga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P.Bespalkoning fikricha, «PT-bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan talaba shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir».
O’zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: PT – ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir.
Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiyaga oddiygina «o’qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi, o’qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo’llash yo’li bilan hamda qo’llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadida tadqiqotlardir».
Pedagogik texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbiq etish zaruriyatini asoslab bergan rossiyalik olim V.P.Bespalko, «PT - bu o’qituvchi mahoratini bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi shaxsni shakllantirish jarayoni loyihasidir» yoki pedagogik texnologiyani «o’quv jarayonini joriy qilish texnikasi» yoki «amaliyotda joriy qilinadigan pedagogik tizimning loyihasi» deb ta’riflaydi.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda “texnologiya“ atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: “o’qitish texnologiyasi“, “o’quv jarayoni texnologiyasi“, “ma’lumot texnologiyasi“ va hokazo.
O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va “o’qituvchi - pedagogik jarayon - o’quvchi(talaba)“ funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlarini tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayoning o’zaro bog’liq qisimlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarni qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
VI.Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar:
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar — Qarshi.: Nasaf, 2000 y.
2. Tolipov 0‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. - Т.: 2005 у.
3. Sayidalmiedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar - Т.: iVloliya, 2003 y.
4. Ishmuhammmedov R. lnnovatsion texnologiyalar yordamida ta’ lirn samaradorligini oshirish yo‘Ilari. - Т.: TDPU, 2005 y. ■
5. Колеченко А. К. Энциклопедия педагогических технологий - СПб.: КАРО, 2005 г.
6. Фарберман Б. Илгор педагогик технологиялар - Т.: “Фан ва технологиялар” 1999 й.
7. Селевко Г. Педагогические технологии на основе дидактического и методического усовершенствования УВП - М.: Юнность 2005 г.
8. Педагогические технологии / Под. ред. Кукушина В. С. - М.: 2006 г.
9. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat - Т.: Fan, 2006 у.
Qo‘shimcha adabiyotlar
10. Мирзиёев Ш.М. Танкидий тахлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий лавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 Пил нстикболларига багишланган мажлисидаги Узбекистон Республикаси Президента нутки. // Халк сузи газетаси, 2017.16 январ, №11
7. Мирзиёев LLI.M. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб хапкимиз билан бирга курамиз. “Узбекистон”, 2017.
Internet resurslari:
http://www.ziyonet. uz
http://pedagog.uz
www.lex.uz
www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |