MA’NAVIYAT – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
METOD – yunoncha atama bo‘lib – aynan nimagadir yo‘l, usul orqali maqsadga erishish yo‘lini bildiradi.
METOD- 1)tabiiy va ijtimoiy hayot xodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2)harakat qilish usuli, tarzi.
METODIKA- biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo‘llanadigan metodlar.
METODOLOGIYA- 1)dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2)biror fanda, shu jumladan pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar.
MEHNAT PSIXOLOGIYASI - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi;
MONOLOG - ma’ruzachi yoki o‘qituvchining tinglovchilar yoki o‘quvchi - talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon etishidir.
ODOB – har bir insonning o‘zi bir inson yoki jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda yurish-turishida o‘zini tuta bilishidir.
PEDAGOGIK JARAYON- ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli o‘zaro munosabatlari.
PEDAGOGIK MALAKA- muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasi.
PEDAGOGIK MAHORAT- U pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish, hamda pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezidir.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA - kishiga ta’lim va tarbiya berishni psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;
PEDAGOGIK TEXNIKA- 1) har bir ta’lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta’sir o‘tkazishda samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar majmuasi; 2)har bir ta’lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA- 1)oldindan loyihalashtirilgan pedagogik jarayonni amaliyotda rejali va maromda tatbiq etish yoki pedagogik masalani echishga qaratilgan pedagogning uzluksiz o‘zaro bog‘langan harakatlari tizimi; 2)ta’lim va tarbiya metodlarining u yoki bu to‘plamini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogning uzluksiz, o‘zaro shartlangan harakatlari tizimi, 3)pedagogning yutuqlariga kafolat beradigan aniq ishlab chiqilgan va qat’iy ilmiy loyihalashtirilgan pedagogik harakat; 4)ta’lim shakllarini optimallashtirishga qaratilgan, texnika hamda inson omillari, uning o‘zaro hamkorligi asosida o‘qitish jarayoni va bilimlarni egallash, yaratish, qo‘llash hamda belgilashning tizimli metodi
Do'stlaringiz bilan baham: |