O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 5,43 Mb.
bet37/71
Sana23.05.2022
Hajmi5,43 Mb.
#608566
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
PED TEXNOLOGIYA MAJMUA

Bilimlarni egallash bosqichlari




bilimlarini qo’llash

mustahkamlash




anglab etish

idrok etish


4.Ta’lim va tarbiya ob’ekti va sub’ekti.


Subekt bilan obekt o’rtasida turli-tuman aloqalar mavjud:
O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da, tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. rejalashtirish;

  2. tashkil etish;

  3. boshqarish (rag’batlantirish);

  4. nazorat;

  5. natijalarni baholash va tahlil qilish.

O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi.. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonunfyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq iqilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv. ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari) sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinishda bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» — eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab et ish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavflidir.
O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash. nazorat qilish va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilishni amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
5.Yaxlit pedagogik jarayonni jadalashtirish
Lotincha Intensio tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan mahnoni anglatadi.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo’lagi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari:

  1. Pedagogik jarayoning maqsadga yo’naltirilganligini kuchaytirish, o’quv-tarbiya tadbirlarida ilgari surilayotgan vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga, o’quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerak.

  2. O’quvchilarning o’qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati asoslarini chuqurlashtirish.

  3. Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf o’quvchisiga etkaziladigan axborot hajmini oshirish.

  4. O’quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish.

  5. O’quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish.

  6. Axborot va ta’lim texnologiyalarini keng ko’llash.

  7. O’quvchilarning mustaqil bilishini yo’lga qo’yish orqali o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’ziga tahsir ko’rsatish, majburiyat olish, baho bera olish, o’z-o’ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam beradi.

6. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish.
Yaxlit pedagogik jarayonni o’timallashtirish (lotincha o’timus - eng mahqul) - eng qulay, eng mahqul degan mahnoni bildirib, keng mahnoda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni hal etishning eng qulay, eng mahqul, to’g’ri variantlarini tanlash demakdir.
Mahlum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik jarayonni o’timallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda tanlash va amalga oshirish deganidir.
Optimallashtirishda boshlang’ich holatdan qaror qabul qilingungacha bo’lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
1. Qo’yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab chiqish.
2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini, zarurligini anglab etish.

  1. Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash.

  2. Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha qisqartirish.

  3. Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash.

  4. Eng mahqul variantni o’timallashtirish mezoni nuqtai nazardan tanlash.

Lekin eng maqbul variantni tanlash o’qituvchidan fikrlashning muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi.
Ta’lim jarayonini o’timallashtirishda uning mezoni faoliyatni to’g’ri baholashga yordam beradi.
O’quvchi u yoki bu materialni o’zining maksimal darajadagi imkoniyati doirasida o’zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin bo’lgan imkoniyat). Bu esa, o’z o’rnida, o’qitishni o’timallashtirish uchun o’quvchilarning real o’quv imkoniyatlarini o’rganishni talab etadi.
Real o’quv imkoniyatlari ichki (sog’liq, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, o’qishga munosabat, mashuliyat hissi) va tashqi (oila, tengdoshlar, jamiyat tahsiri) sharoitlarning o’zaro uzviyligida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi bolaning bugungi real o’quv imkoniyatlarini bilishigina emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, Ya’ni yaqin rivojlanish imkoniyatlarini anglab etishi ham zarur bo’ladi.
Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko’ra, o’quvchi shunday o’zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to’g’ri kelsin.
Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o’quvchi va o’qituvchi dars va uy mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal qilsinlar.
Tarbiyada birinchi mezon erishilgan natijaning qo’yilgan maqsad va vazifalarga to’g’ri kelishida ifodalanadi.
Ikkinchi mezon tarbiyachining tarbiyalanuvchi uchun ajratilgan mehyorlarga qathiy amal qilishida ko’rinadi.
O’qituvchi amaliy faoliyatidagi pedagogik jarayonlarning asosiy komponentlarini o’timallashtirish usullari tizimi quyidagicha:

  1. Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng mahqul (ratsional) vazifalar kompleksini tanlaydi.

  2. Ushbu sinf xususiyatidan kelib chiqib, vazifalarni aniqlashtiradi.

  3. Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur mazmun tanlaydi.

  4. Ushbu mazmunni amalga oshirish uchun eng maqbul metod, shakl va vositalar tanlaydi.

  5. Tezkor tarzda jarayonga o’zgartirishlar kiritadi va unga ko’ra metod, shakl va vositalarni o’zgartiradi.

  6. Qilingan ishlar chuqur va har tomonlama tahlil etiladi (natija va vaqt nuqtai nazaridan).

  7. Pedagogik jarayonni harakantiruvchi kuchlar.

Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o’z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo’yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.

O’qitish jarayonida talabalarni faollashtirish - shuni nazarda tutadiki, bunda talabalar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash usullarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik, o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadi.


Talabalarning faolligi ularning o’quv materialni egallab olishida o’quv xonasida, laboratoriyada, ustaxona hamda ishlab chiqarish sharoitlarida topshiriqlarni bajarishdagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Faollilik talabalarning o’quv va mehnat faoliyatidagi mustaqilligini rivojlantirish bilan mustahkam bog’langan.
O’quv ishlab chiqarish ishlarini bajarishda faollik, ya’ni fikriy, ongli ravishdagi ijodiy faollik muhim ahamiyatga ega. U talabalarda o’z harakatlarini ko’rsatilgan namuna bilan mos ongli ravishda tuza-tishlarida, ijobiy natijalarga olib keluvchi faoliyat usullarini mustaqil tanlashlarida, o’z mehnatlarini rejalashtirish, xatolarni tahlil qilish va tuzatishda namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishda talabalarning faolligi – bu ularning mashina, agregat, qurilma ishining tashqi belgilari bo’yicha ichki jarayonlarni tasavvur qilishlari hamda ushbu belgilarining tahlili asosida zaruriy hollarda uni rostlash bo’yicha maqsadga muvofiq qarorlar qabul qilish qobiliyatidir.
Faol usullarini tanlash birinchidan, darsdan ko’zda tutilgan o’quv maqsadlariga bog’liq. Masalan, agar darsning maqsadi yangi bilimlarni egallashdan iborat bo’lsa, o’qituvchi bu bilimlarni o’zi bayon qiladi yoki talabalarning o’quv adabiyotlari va boshqa materiallar bilan mustaqil ishlashini tashkil qiladi.
Ikkinchidan, ta’lim usullarini tanlash o’rganiladigan fanning mazmuni va darsning aniq o’quv materialiga bog’liq bo’ladi. Bir mashg’ulotning o’zida bir nechta faol usullar qo’llanilishi mumkin.
Uchinchidan, talabalarning ilgarigi tayyorgarlik darajasiga va shaxsiy tajribasiga bog’liq. Agar yangi o’quv materiali talabalarga butunlay notanish bo’lsa, o’qituvchi buni o’zi bayon qiladi, buni didaktik vositalar va tajribalarni ko’rsatish bilan qo’shib olib boradi.
Ta’lim oluvchilarning bilim olish, mustaqil ishlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ongli faolligi, mustaqilligi hamda ijodkorligini, o’quv bilish faoliyati natijasining sifatini xarakterlaydi.
Faollik-ta’lim sharoitida o’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ish-harakat usullarini turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo’llanishga imkon beradi.



Download 5,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish