poykiloloterm (ektoterm) yoki sovuq qonli organizmlar deyiladi, ularga hamma
mikroorganizmlar, o’simliklar, umurtqasiz va xordali hayvonlar kiradi.
O’zlarining tanasida bir xil darajada harorat ushlab turadigan organizmlarni
gomoyoterm (endoterm) yoki issiq qonli organizmlar deb aytiladi. Bunday xislatga ega
bo’lgan ko’pchilik hayvonlar atrof-muhit harorati 0°dan past bo’lganda ham yashaydilar
va ko’payadilar. Misol: shimol bug’usi, oq ayiq, pingvin va kurako- yoqlilar. Issiq qonli
organizmlarda yuqori haroratni ushlab turish va saqlash, ular tanasida aktiv modda
almashish jarayonini o’tish va tanada issiqlikni ushlovchi qoplamlarni — teri, teri usti
juni, patlar, teri ostidagi qalin yog’ qatlamlarining borligi sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |