1. Issiqlikka chidamsiz turlar: bu guruhga harorat 30—40°S darajada bo’lganda
zararlanadigan o’simliklar kiradi, ayrimlari 45°S darajada shikastlanadi. Bularga asosan
eukariot suvo’tlar (Spirogyra, Zygnema, Cladophora) va suvga botib o’suvchi stalin,
semiz tanali o’simliklar kiradi. Ko’pchilik fitopatogen bakteriyalar va viruslar ham
harorat 40—45°S bo’lganda zararlanadi. Bu guruhga kiruvchi turlar, quyosh nuridan
uncha kuchli qizimaydigan joylarga moslashgan holda o’sadilar. Tanadagi yuqori
harorat transpirastiya jarayoni hisobiga pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |