Quyidagi tasniflash ma’lum
darajada shartli, chunki bu iqtisodiy
texnologiyalarning ko‘pchiligi boshqa turdagi ma’lumotlarni ham ishlatishi
mumkin. Masalan, matnni taxrirlovchilar oddiy
hisoblarni bajarishi mum-kin,
jadval protsessorlari esa matn ma’lumotni ishlashi mumkin va grafiklar bilan ham
ishlashi mumkin. Lekin baribir bu texnologiyalarning har biri asosan ma’lum bir
turdagi ma’lumotni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
5.Boshqaruv darajalarida ishlatiladigan axborot tizimlari
Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida,
boshqariluvchi
jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bulinadi va
uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish,
qayta ishlash va saqlash
vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur
tashkilotning axborot tizimini
tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir,
chunki axborot o‘zgarishlarga uchraydi, uning tezligi
tashkilot bajarayotgan
vazifalarga bog‘lik. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni
shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib
chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish,
ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak,
axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish
tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish
tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir
ko‘rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot
tushunchasi va uning moddiy
namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni
texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik
yondashuv uni axborot protseduralarini (ma’lumot yig‘ish, ro‘yxatga olish, uzatish,
saqlash, jamlash, qayta ishlash va hokazolar) kompleks
amalga oshirish bilan
bog‘liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko‘urib chiqishni ko‘zda tutadi.
Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida
ro‘y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini
bajarishga yo‘naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional
vazifasi bilan bog‘liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko‘rsatkichlar,
massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari
doirasi va natijalar ro‘yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi.
Tashkilot
axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol
o‘ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo‘linma faoliyatining
yo‘nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni protseduralar ob’ekti
sifatida ko‘rib
chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondashuv esa axborotning
ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: