1. TEXNOLOGIK JARYONNING BOSHQARISH OB’YEKTI SIFATIDA
TAHLILI.
UN VA YORMA ISHLAB CHIQARISH HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
Un – donning maydalanishi natijasida olinadigan mahsulot. Agar un faqat
donning ichki qismi hisobidan – mag’zidan tashkil topgan bo’lsa – navli, donning
qobiqlari va murtagi bilan birgalikda maydalanishi natijasida esa oddiy yanchilgan
un (jaydari) olinadi. Un ishlab chiqarishda bug’doy, javdar, tritikale qo’llaniladi,
uncha katta bo’lmagan miqdorda suli, grechixa, arpa, makkajo’xori va boshqa
donlardan qayta ishlab un olinadi.
Yorma donning gul, meva va urug’ qobiqlari va murtagining olib tashlanishi
natijasida olinadigan donning butun mag’zi (endosperm) yoki uning yirik
qismlaridir. Grechixa, sholi, suli, tariq, arpa, makkajo’xori, bug’doy, no’xat, oq
jo’xoridan qayta ishlab yorma olinadi.
Un va yorma ko’pgina oziq–ovqat mahsulotlarini tayyorlashda asosiy
hisoblanadi. Bular hisobidan odamning 30...50 % oqsilga, 20...40 % har–xil
biologik ahamiyatga ega bo’lgan moddalarga bo’lgan talabi qondiriladi. Ayniqsa,
oddiy un tortish natijasida olingan un muhim ahamiyatga ega bo’lib, u o’zida
barcha oziq – ovqat elementlarini mujassamlashtirgan. Bundan tashqari unda
maydalangan qobiqlar hisobidan ovqat hazm qilish traktidagi har xil qoldiqlarni
ajratishda va ichakning fiziologik funktsiyasini yaxshilashda yordam beradigan
tolali moddalar mavjud.
Zamonaviy tegirmon sharoitida oqsil, kraxmal, mineral moddalar, vitaminlar
va boshqa moddalar, navli unlarni shakllantirish imkoniyati mavjud.
Yorma texnologiyasi
Yorma inson ovqatlanishida alohida o’rin egallaydi. Agar un har xil non,
bulka yoki konditer mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kullanilsa, yorma esa
taomlar tayyorlash uchun qo’llaniladigan mahsulotni uzida namoyon qiladi, uning
ayrim turilari umuman oshpazlik ishlov berishni talab qilmaydi. Bu «quruk
O’zg
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Bet
Sharipov N.Z
Raximov Sh.
Bajardi:
Rahbar:
Donli mahsulotlarni maydalash jarayonini
avtomatlashtirish
nonushtalar» ga bodroklarga tegishlidir. Oxirgi vaqtlarda qaynatishni talab
qilmaydigan oziq ovqat ekstrudatlari texnologiyasi jadal rivojlanmoqda.
Yormaning undan muhim farqi bu mahsulotlar granulometrik tavsifda,
bularning bulakchalarning yirikligida tashqi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Un
ishlab chiqarishda don mag’zi mayin maydalanishga uchraydi, yorma uzida butun,
maydalanmagan don mag’zi yoki ularning yirik bulakchalarini uzida namoyon
qiladi. Un va yorma fizik kimyoviy tavsifining ba muhim farqi ularni ishlab
chiqarishda texnologik jaryonni har xil tuzishni belgilaydi.
Agar donni un tortishga tayyorlashda mag’zni mustaxkam darajasini
maksimal ga etkazish, uning qattiq strukturasini gidrotermik ishlov berish
jaryonida Yoriqlar xosil bo’lish xisobidan maydalash kuzda tutilsa, yorma ishlab
chiqarishda bu jaryon diametral karama karshi vazifa hisoblanadi. Yormalarni
butun mag’z ko’rinishida ishlab chiqarishni ta`minlash uchun gidrotermik ishlov
berishning maxsus rejimlari orkali mag’zning mustaxkamligi oshiriladi, chunki
keyingi texnologik operatsiyalarda uning butunligi saqlanishi kerak. Bunday
xollarda yuqori sifatli, yuqori iste`molboplik talablariga javob beradigan yormalar
olish uchun sharoit yaratiladi.
Dondan qayta ishlab yorma olish texnologik sxemasini tuzishda ko’pgina
omillar ta`sir qiladi ya`ni ishlab chikariladigan mahsulot assortimenti (butun yoki
maydalangan mag’zdan olingan yorma, qayroqlangan yoki qayroqlanmagan
Yorma), shuningdek donning anatomik tuzilishi – mag’z va ko’ikning boglanish
mustaxkamligi, mag’zning mustaxkamligi, don shakli va boshqalar.
Texnologik jaryonni tuzishni umumiy printsiplaridan bog’liq holda barcha
yormabop ekinlar ikki guruxga bo’linadi. Birinchi guruxga qobig’i mag’z bilan
birlashib o’smagan ekinlar kiradi, mahsulotlarning asosiy turi bo’lib
maydalanmagan mag’zdan olingan Yormalar hisoblanadi. Bu guruxga tariq, sholi,
suli, grechixa kiradi. Ikkinchi guruxga qobig’i mag’zi bilan birlashib usgan ekinlar
kiradi, mahsulotning asosiy turi bo’lib maydalangan mag’zdan olingan yormalar
kiradi.
O’zg
Varaq
Hujjat №
Imzo
Sana
Bet
Sharipov N.Z
Raximov Sh.
Bajardi:
Rahbar:
Donli mahsulotlarni maydalash jarayonini
avtomatlashtirish
Tariq, grechixa, sholi va suli doni butun mag’zidan maydalanmagan yorma
ishlab chikariladi. Qayta ishlash jaryonida xosil bo’ladigan maydalangan mag’zlar
asosiy oziq ovqat mahsulotlariga (maydalangan sholi, maydalangan grechixa) yoki
oziqa mahsulotlariga – tariq va sulining maydalangan mag’ziga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |