O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi Bitiruvchisi Gadoyev Sherzodning mavzu


II Bob. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish



Download 1,31 Mb.
bet5/8
Sana29.03.2022
Hajmi1,31 Mb.
#515866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axborot sohasini isloh qilish- taraqqiyotning muhim sharti

II Bob. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish.
1.Ommaviy axborot vositalari –aholi siyosiy faolligini oshirish vositasi va jamoatchilik nazoratini mustahkamlashning muhim sharti.

Islohotlar taqdiri, demokratlashtirishning samarali natijalar berishi va istiqboli ko‘p jihatdan OAVning aholi ijtimoiy-siyosiy faolligi, aql-zakovati va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantiruvchi muhim institut sifatidagi vazifalarini qay darajada bajarayotgani bilan ham bog‘liq. Inson ongida demokratik qadriyatlarning chuqur ildiz otishi, uning o‘z ijtimoiy burchini tushunish va haq-huquqlarini yanada kengaytirish istagi, yuksak ma'naviy-ma'rifiy saviyaga ega bo‘lish, o‘z manfaatlarini ongli idrok qilish singari qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarni hal etishda OAVning roli katta. Ayni OAV tuzilmalarining xalqni qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardor qilib borish, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok eta olishini belgilaydigan institut sifatidagi roli tobora ortmoqda.


1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabel televideniyesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa1, davlatimiz rahbari o‘z ma'ruzasida ta'kidlaganidek, keyingi 10 yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko‘rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda.2
Mamla­katimizda ommaviy axborot vositalari sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy ax­borot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta'minlash, ularni tom ma'noda "to‘rtinchi hokimiyat" sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g‘oyat muhim sharti - ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa matbuot, televideniye, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta'minlashdan, ommaviy axborot vositalarini fikrlar va g‘oyalarni erkin ifoda etadigan maydonga aylantirishdan iborat. Bu choralar natijasida aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida amaliy ishtirok etishi uchun kengroq jalb qilishga erishish mumkin.
Ayni chog‘da bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab tobora kuchayib borayotganini e'tiborga olish zarur. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy “Xabar, deb yozadi - xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil.Xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p”. Bundan o‘n asr muqaddam aytilgan ushbu haqqoniy so‘z nuqtai nazaridan kelib chiqilsa, axborot jangi avj olgan bugungi kunda siyosiy jarayonlarning ma'no-mazmunini va asl sabablarini chuqur anglash, atrofda sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqqoniy ma'lumotlarga ega bo‘lish, har qanday noxolis axborot xurujlari zamirida rangli inqiloblar, namoyishlar yotganini aholiga va avvalo yoshlarimizga tushuntirishda OAV ning o‘rni va ta'sir kuchi beqiyosligi ayon bo‘ladi.
Yurtdoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni yot va zararli g‘oyalardan muhofaza qilish, xavfsizlikka turli tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish, mamlakatimiz hamda mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash borasida OAV vakillari o‘zining qat'iy pozitsiyasiga ega bo‘lish, e'tiqod qo‘ygan nuqtai nazarni ishonch bilan asoslay olish kabi xislatlarni fuqarolarimizda shakllantirish ham soha vakillarining muhim vazifalaridandir.
Bu borada O‘zbekiston MDH mamlakatlari ichida birinchilar qatori aloqa tarmog‘ining 4 avlodi hisoblangan (4G) ishga solganini qayd etish zarur.Bu texnologiya ma'lumotlarni 100Mb/sek gacha tezlikda (ya'ni, 3G tarmog‘iga nisbatan 30 baravar tezroq) uzatish imkoniyatiga ega. Tizimning ishga tushirilishi natijasida foydalanuvchi shu ondayoq so‘ralayotgan ma'lumotga ega bo‘lishi mumkin.1
Bugun zamonaviy hayotni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zero, bu texnologiyalar qisqa muddat ichida aloqa qilish imkoniyatlari va axborot olish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni keskin o‘zgartirib yubordi. Hozirgi vaqtda AKT jamiyat turmushining barcha sohalarida - davlat boshqaruvida, iqtisodiyot, siyosat, tibbiyot, ta'lim, fan va madaniyat, maishiy turmush va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, hech bir mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy ravishda takomillashuviga yetarli darajada e'tibor bermay turib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. AKT axborot olish, uzatish va tarqatish erkinligini berish bilan birga odamlarga o‘zining intellektual salohiyatini yanada to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratib, barqaror iqtisodiy o‘sish, faravonlik darajasini oshirish maqsadlariga erishishga yordam beradi.
Respublikada Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ommaviy axborot vositalari sohasida yuz bergan tarixiy yangilanishlar haqida so‘z borar ekan, ikki masalaga alohida e'tiborni qaratish zarur. Birinchisi - nodavlat ommaviy axborot vositalari institutining yaratilishi.Ikkinchisi - elektron ommaviy axborot vositalari tizimining jadal rivojlanayotgani masalasi.
Mustaqillik yillarida milliy matbuot tizimida ilgari mutlaqo kuzatilmagan nodavlat ommaviy axborot vositalari instituti vujudga keldi.Ayni paytda, bu turdagi ommaviy axborot vositalari axborot maydonini axborot bilan ta'minlashda emin-erkin faoliyat yuritmoqda. Shu bilan ular nafaqat axborot maydonini, balki jamiyatda demokratlashtirish muhitini yanada mustahkamlashga bevosita hissa qo‘shmoqda. Shuni ham ta'kidlamoq zarurki, nodavlat ommaviy axborot vositalarining ko‘payishi o‘z holiga tashlab qo‘yilgani yo‘q. Balki bu soha faoliyatini ham moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash ham kadrlar masalasida ko‘maklashishga qaratilgan ikkita salohiyatli nodavlat notijorat tashkilot tashkil etildi. Hozirda bu ikki tashkilot - Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi samarli faoliyat yuritmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgani bois ushbu sohani jadal sur'atlar bilan rivojlanish, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ko‘paytirish va uni xorijiy hamda mamlakatimiz investorlari uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi.
Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari korxonalari samarali faoliyati tufayli 2010 yilning birinchi yarim yilligida ular tomonidan 911,6 mlrd. so‘m miqdorida xizmatlar ko‘rsatildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 107 foizni tashkil etadi. Bu mablag‘ning asosiy qismi 60 foizi (552,4 mlrd. so‘m) aholiga xizmat ko‘rsatish natijasida olingan.1
O‘zbekistonda 2015 yilga qadar to‘la raqamli teleko‘rsatuvlarga o‘tish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniyega o‘tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo‘lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o‘rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha yetkazish mo‘ljallanmoqda.1 Raqamli televideniyega o‘tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stansiya ko‘rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta'minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun sharoit yaratadi. Joriy yilning oxiriga qadar raqamli televideniye uzatgichlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o‘rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniyening qabul qilingan standarti DVB-T MR-4 bo‘lib, u jahonda tan olingan va eng zamonaviy standartlardan biri deb qabul qilingan. Hozirgi kunda respublikamiz olimlari tomonidan DVB-T MR-4 signallarini qabul qiluvchi tyunerlar tayyorlanib, ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ularni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan, har yili korxonada 60 ming donagacha bunday yuqori texnologik uskunani ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.2
Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 14 yanvardagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga oid farmoyishida belgilangan vazifalarning ijrosi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash maqsadida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida” va “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqishning borishi yuzasidan tegishli ekspert guruhlarining hisobotlari tinglandi.
Bundan tashqari, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda ommaviy axborot vositalari, axborot olish imkoniyatini yaratishga oid qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining tayyorlanish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda, shuningdek ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ekspert guruhlarga jamoatchilik muhokamalarini qonun loyihalarini ishlab chiqayotgan davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshirib borish, davra suhbatlari va konferensiyalar tashkil etish, qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish tavsiya etildi.
Majlisda 2011-2015 yillarda aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirishda jurnalistlar ishtirokini kengaytirish, shuningdek jurnalistlar o‘rtasida har yili tanlovlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. So‘z va axborot erkinligini ta’minlash, axborot sohasini isloh qilish bo‘yicha qonunchilik muhokamalariga yo‘naltirilgan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari, shu jumladan xalqaro anjumanlar tashkil etish rejasi tasdiqlandi.
O‘zbekistonda demokratik tamoyillarni yanada rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish chora-tadbirlarining izchil va qonuniy tus olganiga bevosita bog‘liq. Ana shundan kelib chiqib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida huquqiy demokratik davlat tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarish - davlat organlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan OAV orqali jamoat nazoratini o‘rnatish zarurati kuchayib bormoqda.
OAV faoliyatini erkinlashtirish - jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishda OAVning roli tobora oshib bormoqda. Bu, hatto, davlat tizimi faoliyatining barcha jabhalarida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasida raqobat muhitini qaror toptirish va hammaga barobar bo‘lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi, davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazish masalasida aks etadi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti OAV instituti va jamoatchilik nazorati tushunchalarining mohiyati va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Mazkur serqirra, murakkab, zargarlarga xos noziklik bilan hal qilishni talab etgan ijtimoiy-siyosiy jarayon tobora yangi mazmun kasb etmoqda. Tub yangilanishlar davrining o‘ziga xos murakkabliklari, katta geosiyosatdagi suveren davlatlarga nisbatan olib borilayotgan tashqi bosimlarning ko‘lami, shu bilan bir qatorda kuchli fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo‘lmish siyosiy saylovlar tajribasi mazkur muammoning naqadar murakkabligini namoyon qilmoqda. Ayniqsa, OAV faoliyatini erkinlashtirish, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik prinsiplarni hayotga joriy etuvchi jarayon ekani kunday ravshan bo‘lib bormoqda.
Davlatning iqtisodiy sohaga, jumladan, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi navbatda xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklashi hamda qonunlar ijrosi bo‘yicha davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi lozim. Ayni shu g‘oyani mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov keng jamoatchilik oldiga strategik masala sifatida qo‘ymoqda. Ya'ni, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazish zarurligini talab qilmoqda. Ayni ana shu vazifalarni bajarish esa OAV institutining fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishdagi roliga ham bevosita bog‘liqdir.
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonun hujjatlari ijrosini davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlarida nazorat-tahlil doirasida o‘rganish hamda ularning natijalari bo‘yicha parlament eshituvlarini tashkil etish rejalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Siyosiy partiyalar va g’oyalarini keng ommaga targ’ibot-tashviqot qilishda ommaviy axborot vositalari asosiy o’rin tutadi. Bu yaqinda parlament va xalq deputatlari maxalliy kengashlariga bo’lib o’tgan saylovlar jarayonida yana bir karra o’z isbotini topdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov parlament palatalarining qo’shma majlisidagi maruzasida bu borada, ya’ni, OAV xususan, partiya nashrlari faoliyatiga alohida to’xtalib, ,,… partiyaviy nashrlarni partiyalararo qizg’in baxs munozara minbariga aylantirish zarurligi”ni1 ta’kidlangani ham bejiz emas. Chunki bugungi kunda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat boshqaruvida hamda qarorlar qabul qilishda, shuningdek, demokratik jarayonlarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi o’rni va roli kuchayib borayotganligi tabiiy ravishda partiya matbuoti va boshqa OAV riga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish