137
Fanga doir zaruriy atamalar
Analiz
- tekshirish obe'ktini fikran tarkibiy
elementlarga ajratib
tadqiq qilish usuli; tahlil.
Grammatika
- tilshunoslikning so’z va gap qurilishini
o’rganuvchi, shunga ko’ra ikki qismdan-morfologiya va sintaksisdan
iborat bo’limi; biror tilning o’ziga xos so’z o’zgarishi va so’zlarning
gapda o’zaro birikish qoida va me'yorlari majmui.
Grafika
- bo’yoq ishlatmay chiziq
va chiziqchalar vositasi
bilangina narsalarni tasvirlash san'at.
Dastur
- ish-harakat uchun qo’llanma, yo’l-yo’riq, nizom.
Dialogik nutq
- tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o’zaro
hamkorligi natijasida biror mavzu yoki voqeilik yuzasidan suhbati.
Lug'aviy
- lug'atga, so’zga oid; leksik, asl, tup.
Lug'at
- biror tildagi so’zlarning ma'lum tartibda (odatda alfavit
tartibida) jamlab, izohlab yoki boshqa tilga tarjima qilib berilgan kitob;
so’z. Barcha so’zlar majmuai.
Lug'at boyligi
- tarbiyalanuvchining nutq doirasidagi so’zlar
majmui.
Leksika
- tilshunoslikning alohida so’z ma'no xususiyatlarini
o’rganadigan bo’lim; tildagi har bir so’z.
Mazmunnoma
- kitob, maqola, ma'ruza va shu kabilarning qisqa
yozib olingan mazmuni, bayoni; mashg'ulot mazmuni va bayoni.
Mashg'ulot
- ish, yumush, kasb; o’qish, o’rganish, dars.
Metod
-
biror ishni bajarish, ado etish, amalga oshirish usuli yoki
usullar tizimi.
Metodika
- biror ishni bajarish, amalga oshirish usullarining
yig'indisi.
Metodist
- usuliyotchi, metodika mutaxassisi.
Monologik nutq
- tarbiyalanuvchining biror mavzu yoki voqeilik
xususidagi yakka nutqi.
Nizom
- ma'lum ish, masala bo’yicha
qonun-qoidalar, tartiblar
majmui.
Nutq
- fikrni so’z orqali ifodalash qobiliyati,
mahorati; ikki yoki
undan ortiq gapning mazmun va grammatik tomonidan tuzilgan fikrlar
ifodasi.
Nutq apparati
- nutq hosil qilishda ishtirok etadigan insonning
nutq organlari majmui.
Obraz (timsol)
- badiiy asarda yaratilgan tip, xarakter.
Obrazli
- yorqin, jonli, ifodali, tasvirli fikr.
138
Orfografiya
- so’zlarni to’g'ri yozish haqidagi qoidalar.
Orfoepiya
- to’g'ri talaffuz qilish haqidagi qoidalar.
Og'zaki nutq
- og'zaki amalga oshiriladigan nutq vositasi.
Ohang
- nutqda ma'noga qarab ovozning ko’tarilishi va pasayishi.
Pafos
- ko’tarinki ruh, jo’shqinlik, zavq-shavq.
Punktuatsiya
- tinish belgilarini qo’yish tartibi va qoidalar
majmui.
Reja
- biror ishni tartibi bilan va o’z
vaqtida bajarish uchun
oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy mo’ljal.
Rejalashtirmoq
- mashg'ulotni mavzu va soatlar asosida rejali
uyushtirish.
Rejim
- ish, mehnat, dam olish, ovqatlanish, uxlash va umuman
hayotning aniq belgilangan tartibi.
Ritm
- biror hodisa, ish-harakat shakllarining ma'lum
tartibda va
ma'lum vaqt oralig'ida o’lchovli ravishda bir tekis takrorlanib turishini
va shunday takroriylikning o’zi.
Savod
- o’qish va yozishdan xabardorlik.
Savodxon
- o’qish va yozishni biladigan, xat-savodli odam.
Sintez
- narsa va hodisalarni butun bir holda va ularning tarkibiy
qismlarini o’zaro uzviy bog'lanishda o’rganishdan iborat ilmiy tadqiqot
usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: