74
Bolalarga ona tilini o’rgatish bo’yicha ishlar tizimida nutqning
tovush madaniyatini tarbiyalash muhim o’rin egallaydi. Bu jarayonda
bola o’zbek tilidagi hamma tovushlarni tog’ri talaffuz etishga,
mashg’ulotlarda, kundalik muomalada yetarli ovoz kuchida javob
berishga, shoshilmasdan, ifodali gapirishga o’rganadi. Nutqi yaxshi
rivojlangan bola atrofdagilar bilan
tez muloqotga kirishib ketadi, o’z
fikrini va istagini tushunarli tarzda bayon etadi, o’rtoqlari bilan
birgalikda o’ynaydigan o’yinlari haqida darrov kelishib oladi. Aksincha,
tushunarsiz nutq o’zaro munosibatni qiyinlashtiradi, bola xarakterida
salbiy xususiyatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish
qobiliyati asosida shakllanadi, rivojlanadi. Bolalarda to’g’ri,
jarangdor
nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalarni
qo’yishi kerak:
1. Bolalarda nutqni eshitish qobilayatini va uning asosiy
komponentlarni: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va
uning yo’nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va
ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.
2. Tog’ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas
olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bu jumlalarni
erkin talaffuz qilish imkoniyatini beradi.
3. Muloqot shatalariga mos ravishda ovoz balandligini boshqara
olish qobiliyatini tarbiyalash.
4. Ona tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri
talaffuz etishni
shakllantirish.
5. Har bir tovush, so’z va jumlalarning aniq, ravshan talaffuzini
shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.
6. O’zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) ososida
so’zlar talaffuzini rivojlantirish.
7. Nutqning odatdagi tempini shakllantirish, ya’ni so’z va
jumlalarni o’rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, sekinlashtirmay
ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari uchun imkoniyat yaratgan
holda gapirishga o’rgatish.
8. Nutqning intoniatsion
ifodaliligini tarbiyalsh, ya’ni mantiqiy
pauza, urg’u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida
his-tuyg’ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobilayatini
tarbiyalash.
Tarbiyachi o'zbek tilidagi unli tovushlar va harflar bilan tanishtira
boshlaydi. Unli tovushlar bilan tanishtirishda tarbiyachi bolalarga: unli
75
tovushlarni talaffuz qilishda ovoz og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa
uchramay chiqadi. Unli tovushlar bo'g'in hosil qiladi. So'zda qancha unli
tovush bo'lsa, bo'g'in ham shuncha bo'ladi degan tushuncha beradi.
Undosh tovushlar talaffuz etilganda og'iz bo'shlig'ida to'siqlarga
uchraydi va shovqin bilan hosil bo'ladi. Undosh tovushlarning yakka
o'zi bo'g'in hosil qilmaydi. Unli tovushlarning
ishtirokisiz yomon
eshitiladi va so'zdan yaxshi ajralib turmaydi. So'zni to'g'ri hosil qilish
uchun undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish kerak degan tushunchalar
beriladi. Tovush va harg’lar bilan tanishtirish ishini quyidagi tartibda
o'tkazish mumkin:
1. Tovushning tipik ohangdagi talaffuzi.
2. So'zdan tovushlarni ajratish (so'zning boshida, o'rtasida,
oxirida).
3. Tarkibida o'rganilishi lozim bo'lgan tovush bor oddiy so'zlarni
tovush jihatidan tahlil (analiz) qilish.
4. Harflarni ko'rsatish (katta va kichik), ularning yozilishini tahlil
(analiz) qilish).
5. Tayoqchalardan harflar tuzish va plastilindan yasash.
6. Harflarni guruh bo'yicha bo'yash (unli harg’larni qizil, undosh
harflarni ko'k qalam bilan bo'yash).
Bolalarni tovush va harflar bilan tanishtirish ishi so'zlarni tovush
tarkibini analiz (tahlil) qilish bilan amalga oshiriladi.
Tovush va harflar bilan tanishtirish ko'proq ko'rgazmali
materiallardan foydalanishni talab qiladi. Bu ko'rgazmali materiallardan
biri tovush jadvalidir. O'rganiladigan tovush va harflar uchun tovush
jadvali beriladi, bu jadvalda o'rganilayotgan tovush bor bo'lgan
narsalarning surati bo'lib, bu suratlar ham o'z
navbatida uch qatorga
joylashtirilgan bo'ladi. Tarbiyachi birinchi mashg'ulotda bolalarni
tovush atamasi bilan tanishtiradi. Bolalar tarbiyachi talaffuz etgan
tovushni eshitadilar, tashqaridan kelayotgan tovushlarni tinglaydilar.
Tarbiyachi so'zini yakunlab, biz tovushlarni eshitamiz, talaffuz qilamiz
deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: