46
Hikoya qilishga (monologik nutqqa) o’rgatish
.
Bolalarni
maktabga tayyorlashda monologik nutqni rivojlantirish juda muhimdir.
Monologik nutq boladan o’z fikrini tushunarli
va izchil bayon qilishni
talab etadi, bunday nutq turini esa bola 5 - 6 yoshda egallay boshlaydi.
Chunki bu yoshda mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi, bolada katta
so’z boyligi to’planadi, tilning grammatik qurilishini egallab oladi.
Nutqning monolog shakli bolalarga ko’rgan narsalari haqida batafsil va
izchil so’zlab berishga, o’z fikrlarini to’g’ri
tuzilgan jumlalar orqali
bayon qilishga imkon beradi.
Bog’langan nutq (monologik nutq) bolada boshqalarning hikoyasini
tinglashga va uni tushunishga, qisqa, o’zlariga tanish bo’lgan voqeani
qayta hikoya qilib berishga, ertakda ishtirok
etuvchi qahramonlarning
gaplarini ifodali aytib bera olish malakasining shakllanishiga yordam
beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi (katta guruh) bolalar rasmda
tasvirlangan narsalar, o’z hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar
tuzishga, ko’rgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda hikoya to’qishga
o’rgatiladi. Bolalarni hikoya qilishga o’rgatish
ularning aqliy
rivojlanishiga yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat,
tafakkur kabi psixologik jarayonlar rivojlanadi, nutqi ifodali bo’lib
boradi, bolada o’zini tutish va jamoa oldida so’zlay olish malakasi hosil
bo’ladi.
Monologik nutq murakkab psixologik jarayon bo’lib,
u dialogik
nutqdan farqlanadi. Bu farq monologik nutqning voqealar tavsiloti
holati va hikoya qilishni tinglash xususiyatini belgilaydi. Monologik
nutq tinglovchidan qat'iy diqqat, nutq mazmunini qanday shaklda bayon
etilayotganligini kuzatish talab qilinadi. Shuning uchun ham monologik
nutq tasavvur va tafakkur mahsuli sifatida xarakterlanadi. Buning uchun
so’zlovchidan tabiat, atrof-muhit va voqeiylik haqida mushohada
yuritish, uni his qilish xususiyatlari shakllangan bo’lishi zarur. Demak,
monologik nutqda xabar bo’lib o’tgan voqeiylik xususida ko’rganlarini
bayon etish muhim o’rin egallaydi. Bu jarayon asosan 5-6
yoshga
to’lgan bolalar nutqida shakllanadi.
Hikoya qilish xususiyatiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
1. Daliliy hikoya qilish.
2. Ijodiy hikoya qilish.
Daliliy hikoya qilishda bolalar hayotida kuzatilgan, ular ishtirok
etgan, bevosita shu voqeiylik ishtirokchisiga aylangan hikoyalar misol
bo’la oladi. Daliliy hikoyalar namunalari quyidagilar:
1. O’simliklar haqidagi hikoyalar.
47
2. O’yinchoqlar haqidagi hikoyalar.
3. Bo’lib o’tgan voqealar haqidagi hikoyalar (Masalan,
Archa
bayrami, Tug'ilgan kun, Navro’z bayrami … ).
Ijodiy hikoya qilishda bolalarning o’zlari o’y-tasavvurlari,
xayollari asosida tug'ilgan voqealarni bayon etishlari nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, mashg'ulot jarayonida o’rgangan ertak, hikoya va
boshqa mavzulardagi bir-biriga bog'langan voqeiylik asosidagi
monologik nutqlari misol bo’la oladi.
Hikoya qilishning yana bir turi qayta hikoyalashdir.
Qayta
hikoyalashda asosan badiiy adabiyotdan o’rgangan va eshitgan
asarlarini tayyor nutq shakllarida (so’zda, gapda, ketma-ketlikda) ifoda
etishidir. Bunda asosan ifodalilik, ohang, tezlik (temp) va ovoz hisobga
olinadi.
Qayta hikoyalashda bolalar oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Fikrlash, matnni to’liq tushinish.
2. Asarni to’liq yetkazish, mantiqiy bayonlikka erishish.
3. Ketma-ketlik.
4. Lug'atlardan to’g'ri
foydalanish, muallif matnini to’liq
ifodalash va matndagi murakkab so’zlarning ma'nodoshlaridan o’rinli
foydalanish.
5. Ritmdan to’g'ri foydalanish, uzoq to’xtam (pauza)ga yo’l
qo’ymaslik.
6. Og'zaki hikoyalash nutq madaniyatiga va so’z ma'nolariga
mantiqiy erishish.
Bu talablarning birortasini ham bajarmasdan qayta hikoyalash
usuliga erishib bo’lmaydi.
Qayta
hikoyalash
ta'limi
usullari
rang-barangdir.
Ular
quyidagilardan iborat:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: