13-mavzu. Gidroksil, karbonil va karboksil guruhli birikmalar. Spirtlar. To’yingan bir atomli, ikki atomli, uch atomli spirtlar. Nomenklaturasi, izomeriyasi, olinish usullari va xossalari.
Fenollar. Fenolning olinishi. Xossalari (gidroksil guruhning benzol xalqasiga ta’siri). Fenoldagi gidroksil guruhining xossalarini spirtlarning xossalari bilan taqqoslash.
Karbonil birikmalar (oksobirikmalar). Nomenklaturasi, karbonil guruhning tuzilishi. Olinish usullari.
Aldegid va ketonlarning oksidlanishi. Aldol va kroton kondensatsiya. Chumoli aldegidi, atseton va uning ishlatilishi. Fenolformaldegid smolalar. Fridel-Krafts reaktsiyasi bo’yicha aromatik ketonlarni olish.
Karbon kislotalar. Nomenklaturasi. Izomeriyasi. Malein va fumar kislotalarida tsis- va trans- izomeriya. Aromatik kislotalar. Benzoy kislota va uning hosilalari. Gidroksikislotalar. Nomenklaturasi. Izomeriyasi. Olinish usullari. Kislotalarning o’ziga xos biologik va ekologik xususiyatlari.
14-mavzu. Nitrobirikmalar va aminobirikmalar Nitrobirikmalar. To’yingan va aromatik uglevodorodlarning nitrobirikmalari. Olinishi. Nitroguruhning tuzilishi va uning organik birikmalar molekulalarida elektronlarning taqsimlanishiga ta’siri. Aromatik nitrobirikmalarni kislotali, ishqoriy va neytral muhitda qaytarish.
Aminlar. Alifatik va aromatik aminlar. Klassifikatsiyasi. Nomenklaturasi. Izomeriyasi. Anilin. Olinishi. Aminoguruh va benzol xalqasining o’zaro ta’siri. Elektrofil almashinish reaktsiyalari, aminoguruhni himoya qilish. Diazobirikmalar. Diazoniy tuzlarining azot chiqishi va azot chiqmasdan (azobirikish) boradigan reaktsiyalari.
15- mavzu. Fizikaviy kimyoningasosiy tushknchalari. Fizikaviy va kolloid kimyoning biologiya, ekologiyadagi ahamiyati. Kimyoviy termodinamika asoslari. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Ichki energiya.
Termokimyo. Gess qonuni. Entalpiya. Biologik jarayonlarni o’rganishda termodinamika birinchi qonunining axamiyati.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Entropiya. Gibbs- Gelmgolts tenglamasi. Termodinamika ikkinchi qonuni va biologik jarayonlar. Termodinamikaning uchinchi qonuni.
III. Laboratoriya mashg‘ulotlari buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya :etiladi:
Oksid va asoslarga xos tajribalar
Kislota va tuzlarga xos tajribalar
Turli xil konsentratsiyali eritmalar tayyorlash.
Eritmalarning zichligini areometrik usul bilan aniqlash
Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turlari