O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi
Buxoro Davlat Universiteti
Maktabgacha ta`lim fakulteti
9-8MTS-20 guruh
talabasi
Naimova Barchinoyning
Maktabgacha ta`lim sohasidagi muammolar va yechimlar
fanidan
tayyorlagan
Mavzu: Maktabgacha ta’limda ota-onalar bilan hamkorlikning dolzarbligi
Reja:
Farzand tarbiyasida ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish.
Ota-onalar bilan ishlash usullari.
Sharq mutaffakkirlarining oilada bola tarbiyasi haqidagi qarashlari.
Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb masalasidir. O`zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisini to`ldiradi. Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib ulg`aydi. Sog`lom muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog`liqdir. Ko`p xollarda bir xil yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko`rish mumkin. Masalan: bir yoshli bolalarning ba`zilari 10 taga yaqin so`zni ayta oladi. Mustaqil yura oladi. Ayni shu yoshdagi ayrim bolalarning esa mustaqil yura olmasligining, zo`rg`a 1-2 ta so`zni ayta olishining guvoxi bo`lamiz. Shuningdek, maktabga boruvchi bolalar jismonan baquvvat, sog`lom, fikri teran, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to`g`risida oddiy mushohada qiladigan. “Yaxshi” bilan “Yomon”ni, “Gunoh” bilan “Savob”ni ajrata oladigan bo`ladi. Aynan shu yoshdagi ba`zi bolalarda esa bunga teskari bo`lgan xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday notekislikka asosiy sabab kattalarning e`tiborsizligi yoki bola tarbiyasi bo`yicha yetarli bilimga ega bo`lmasligidir.
Bolani jismonan, ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va bog`chaning hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi. Shuning uchun xar bir oiladagi pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur. Bog`cha murabbiylari tarbiya borasida ota-onalarga ota-onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila pedagogikasining nozik jihatlarini chuqur bilishlari kerak. Har bir guruh xonalarida ota-onalar sizlar uchun burchak tashkil qilinib, doimiy ravishda har bir oyda guruh bolalari taraqqiyotidagi o`zgarishlar aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-onalar uchun tegishli maslahatlar, tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim bolalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-yo`riqlar beriladi. Masalan: nutqida, jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan bolalarni faqat tarbiyachining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati ham, bog`chadagi faoliyati ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak. Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishlarini eski tartibda faqat ma`ruzalar o`qish usulidan voz kechgan xolda chaynvord yechish, jumboqli masalalar yechish, anketa savollarga javob olish, ishchanlik o`yinlari o`tkazish kabi noan`naviy uslublardan foydalanish ota0onalarning bevosita bola tarbiyachi bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi.
Ota-onalar yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham ota-onalarni bola tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz va manzilingiz.
2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va sharifi.
3. Oilangizda farzandlaringiz uchun qanday sharoitlar mavjud. (tagiga chizing), mahsus xona, burchak, o`yinchoqlar, rasm chizish uchun anjomlar, plastinkalar, rasmli kitobchalar, sport anjomlari, yassi oyoqlikka qarshi massaj qiluvchi anjomlar.
4. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug`ullanasiz?
5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing).
6. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti? (tagiga chizing) tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha bilan oila o`rtasida hamkorlikning yo`ligi.
7. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko`proq shug`ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. (tagiga chizing)
8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz?
9. Farzandingiz ko`proq nimaga qiziqadi?
10. Farzandingizning kelajakda kim bo`lishini xoxlaysiz?
11. Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni rag`batlantirasizmi? (tagiga chizing) ha yoki yo’q.
12. Bolangiz nima sababdan u yoki bu nourin xatolarga yo’l qo’yishi hollariga e`tibor berasizmi? Ha yoki yo`q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi?/tagiga chizing/.
13. Oilangizda o`zaro munosabatni qanday baholaysiz? Juda ham yaxshi, unchalik xam yaxshi, unchalik yaxshi emas, yomon, juda ham yomon./tagiga chizing/.
14. Farzandingiz to`g`risida boshqalardan ma`lumot olishga qiziqasizmi? Ha yoki yo`q. Kimlardan olasiz? Qo`shnilardan, qarindosh-urug`lardan, tarbiyachidan, /tagiga chizing/.
15. Tarbiyaga oid adabiyotlarni, ro’znoma va oynomalarni muntazam o’qib borasizmi?/tagiga chizing/.
Tarbiya haqidagi qanday ro`znoma va oynomalarga obuna bo`lgansiz?
16.Tarbiyaga oid oynai jahon ko`rsatuvlarini tomosha qilasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing/.
17. Farzandingizga ertak, maqol,she`r,hikoyat,rivoyatlar aytib berasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing./
18.Bir oyda necha marta farzandingizning bog’chadagi faoliyatini kuzatgansiz?
19. Bola tarbiyasi bo’yicha qilayotgan ishlaringizni qanday baholaysiz? Namunali,qoniqarsiz./tagiga chizing./
20. Farzandingizga milliy qadriyatlarni singdiryapsizmi?Ha yoki Yo`q.”yaxshi” bilan “yomon”ni, “gunoh” bilan “savob” ni ajrata oladimi? /tagiga chizing./
Har bir guruh xonasining ota-onalar burchagida quyidagi maslahatlarning ko’rsatilishi ham ular uchun katta yordan bo’ladi.
- Farzandingiz oldidagi har tomonlama namuna bo’ling.
- Bola bilan g’amxorlik, ruhlantiruvchi, tinchlantiruvchi ohangda gaplashing.
- Bola siz bilan gaplashayotganida uni diqqat bilan eshiting.
- Bola bilan muloqatda bo’lganda tevarak-atrofdagi narsalarning nomini ko’proq ishlating.
- Sekin gaplashing.
- Sizlarning izohlaringiz juda ham sodda,tushinarli bo’lmog’i lozim .
- Sabr –toqatli bo’ling.
- Dastaval boladan “nima?” keyinchalik “nima uchun?” savollariga javob olishga harakat qiling.
- Bolaning savol berishga intilishini rag’batlantiring.
- Bolaga aniq va qattiq talablar qo’ying.
- Farzandingizni qiziquvchanligini va tasavvurini rag’batlantiruvini rag’batlantiring.
- Oilada farzand uchun alohida xona yoki burchak tashkil qiling.
- Sog’lomlashtirish jihozlari, urli xil o’yinchoqlar, bola yoshiga mos qo`shiq, she`r,ertak yozilgan plastinkalar,kitobchalar,rasm chizish anjomlarining yetarli bo’lishini ta`minlang.
- Har doim farzandingizga nima “yomon” , nima “yaxshi”, nima “gunoh”,nima “savob” ekanligini singdirib boring./sharqona odatlar./
- Tarbiyada qiz bolaga alohida,o’g’il bolaga alohida yondoshing.
- O’g’lingiz haqiqiy “alpomish” avlodlarini eslatuvchi, tog’ni talqon qilguvchi polvon, dovyurak, jismonan baquvvat bo’lib yetishsin .
- Qizingizda o’ziga xos ibo, hayo, iffat, andisha kabi ma`naviy fazilatlar ufurib tursin.
Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari va ota-onalar hamkorlikda uzluksiz ta`limning bosh bug’ini hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining vazifalarini amalga oshiradi.
Bugungi kunda bolalar bog’chasiga bortilmagan bolalarni maktabga tayyorlash kechiktirib bo’lmaydigan masaladir.Buning uchun maktabgacha ta`lim muassasalari qoshida “onalar o`quvi”ni tashkil qilish maqsadga muofiqdir.Buning uchun alohida xona jihozlanadi.
- “Ta`lim to’g’risida”gi qonunning 11, 30-moddalari maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari ota-onalar o’quvi rejasi, ota-onalar ro’yhati, o’quv muddati ko’rsatilgan jadval, bolalarni rivojlantiruvchi o’yinlar, maslahatlar yozib ko’rsatiladi.
- Uslubiy adabiyotlar, o’yinchoqlar, didaktik materiallar bilan to’ldiriladi.
- Mashg’ulotlar, ma`ruzalar bolalar bog’chasi hodimlari tomonidan o’tiladi, muddati ota-onalar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
O‘zbek oilasining o‘ziga xosligi sharqona odob-axloq, rasm-rusum, urf-odat, milliy qadriyat hamda an’analar, ta’lim-tarbiya, ma’naviy yetuklikka intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta’lim-tarbiya va bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir. Farzandlarimiz, avvalambor, oilada, ota-onadan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiya, nutq madaniyati, odamiylik xislatlarini qunt bilan singdirib borsa, kelajakda u barkamol, sog‘lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadi.
Inson hayotda bilim olishga intilish, Vatanni sevish, ardoqlash, kattalarni hurmat qilish hamda muomala madaniyatini ota-onadan o‘rganadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy, madaniy tarbiya berishning usul va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida bola nutqi va muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand − ota-onaning baxti va boyligi. O‘z navbatida u ota-onasini astoydil hurmat qilishi oila ko‘rki sanaladi.
Ota-onaning shaxsiy namunasi bolani tarbiyalashda eng muhim tamoyillardan biridir. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash qadim zamonlardanoq barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‘lib kelgan. Ota-ona bolasiga mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o‘zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g‘amxo‘rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga harakat qilgan. Bugungi kunda ham farzandlarining ehtiyoj va intilishlari asosida yuksak darajada ta’lim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘plab topiladi. Bola har qadamda kattalardan ta’sirlanadi, eshitgan-ko‘rganlariga taqlid qiladi. Ota-onalaridan muloqot madaniyatini o‘rganadi va bu keyinchalik ularning hayot mazmunini begilaydi.
Ota-onalar, avvalambor, bolalarining nutq madaniyatini nazorat qilib borishi, o‘zaro muloqotda nutq madaniyati qoidalariga rioya qilishi, bola nutqini takomillashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida shakllanadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa unda mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanish darajasiga bevosita bog‘liq. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlabgina qolmay, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishishlarida beqiyos ahamiyatga ega.
Oilada uyushtiriladigan suhbatlarning alohida ahamiyati bor. Odob-axloq mavzusidagi bunday muloqotlar farzandlarning til vositalarini mustaqil tarzda qo‘llashiga erishish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar bolaning kundalik faoliyat hamda sayr-u sayohatlarida samarali natija berishi, shubhasiz.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog‘i lozim. Bola shaxsini shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar ko‘p uchrab turadi. Ota-onalarning bolalarga beparvoligi, so‘zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat bermasligi bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o‘yin, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda oila a’zolari va tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatlar muhim rol o‘ynaydi.
Tarbiya qanchalik erta boshlansa, hosili ham shuncha barvaqt ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash joizki, bola tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullangan ota-onalarning farzandlari ta’lim muassasasida o‘z imkoniyatlarini mashg‘ulot jarayonida qiynalmasdan ko‘rsata oladi. Oila va ta’lim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uning ma’naviy shakllanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun vaqti-vaqti bilan trening, munozara, test, so‘rovnomalar o‘tkazib turilsa, ayniqsa maktab yoshdagi 6–7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg‘ulot farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshadi.
Ta’lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o‘tkaziladigan har bir munozara bolalarni maktabning ilk bosqichiga yengil qadam qo‘yishida hamda sog‘lom bola va sog‘lom muhit sharoitini mustahkam yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka xolda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTMi xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz:
ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg‘or pedagogik tajribalami ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni o‘zining tarbiyaviy ishida xisobga oladi. MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xii shakllari aniqlangan, oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan tanishishlari.
ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota- onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari.
ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko‘rgazmati, bolalarni ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papka.
Ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘ lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda pedagogik madaniyatni oshiradi.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota- onalar bilan ertalab o‘tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo‘ladi, shuningdek uning yaqinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Ota-onalarni bola tarbiyasida yo‘l qo‘ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o‘tqazish zarurati tug‘ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo‘lganda maslahatlar o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan boradigan ishlarining jamoaviy shakllariga quyilagilar kiradi:
• pedagogik ma’ruzalar;
• pedagogik majburiy o‘qish;
• pedagogik ta’lim universitetlari;
• yillik ilmiy-amaliy konferensiya;
• ochiq eshiklar kuni yoki ta’lim muassasasida ota-onalar kuni;
• ota-onalar majlisi.
Pedagogik ma’ruzalar ota-onalaming e’tiborini tarbiyaning zamonaviy muammolariga qaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur shakl ota-onalami tarbiya nazariyasi asoslariga doir tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Pedagogik majburiy o'qishni ilk yosh guruhdanoq ota-onalar bilan boshlash lozim, chunki ayni shu paytda maktabgacha ta’lim muassasasiga, pedagogik ma’rifatparvarlikka munosabat paydo bo‘ladi. Agar birinchi mashg‘ulotni maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin. Ko‘pgina ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar va majburiy o‘qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egallashlari bo‘yicha murakkab ish shakllaridan biri hisoblangan pedagogik ta ’lim universitetlari ishlaydi. Mashg‘ulotlar ham ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar auditoriyasi bunday ish shakliga tayyor emas. Tez-tez ta’lim muassasalarida bunday “universitet” tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi. Maktabgacha ta’ lim muassasalarida tarbiya muammolari bo ‘yicha ota- onalarning an’anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllantiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi. Shundagina anjuman haqiqatdan ham yakuniy bo‘lishi mumkin. Ochiq eshiklar kuni yoki maktabgacha ta’lim muassasasida ota-onalar kuni juda katta tayyorgarlikni talab etib, odatda uni bolalar bir guruhni tugallab, keyingi bosqichga o‘tishlariga moijallanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi maxsus jihozlanadi, navbatchilar belgilanadi, ajoyib bayram dasturi tayyorlanadi.
Bayramni о ‘tkazishning namunaviy tuzilishi:
• majlislar zalida o‘ttiz daqiqa davomida turli guruh ota-onalari uchun maktabgacha ta’lim muassasasi faol tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tashkil etiladi, eng yaxshi guruh va alohida tarbiyalanuvchilar belgilanadi;
• guruhlar bilan tanishish (tarbiyalanuvchilar ota-onalarga qanday yashayotganliklari, qanday ta’lim olayotganliklari, nimani o‘rganganliklari, o'zlarining ko‘nikma va malakalarini namoyish etishadi; katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari suvenirlar tayyorlashadi va otaonalarga topshirishadi);
• ko‘rgazmalarga tashrif buyurish: “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi qo‘lda bajarilgan ishlar”, “Kichik musavvirlar va konstruktorlar” va boshqalar;
• ota-onalar qo‘mitasi sovrini uchun tashkil etilgan sport musobaqalari;
• tarbiyalanuvchilarning badiiy film ko‘rishi;
• ota-onalar uchun film namoyish etish. Albatta bunday ochiq eshiklar kunini o‘tkazish variantlari ko‘p. Eng asosiysi - maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlami namoyish etish, ota-onalarning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish.
Ota-onalar majlisi - an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum ish shakli. Shu bilan birga bugun majlis o‘tkazish uslubikasi uni takomillashtirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil etishga yondashuvlardan biri - majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: “Qiyinchiliklardan qochish yoki ularni chetlab o‘tish boallami tarbiyalashga yordam beradimi?”, “Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechiktirish mumkinmi?”, “Bolalardagi dangasalikni qanday yo‘qotish kerak?”, “Bolalarni o‘zinio‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?” Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ishlarining individual shakllariga esa quyidagilar kiradi:
• oilaga tashrif buyurish;
• pedagogik topshiriq;
• pedagogik maslahat.
Individual ish shakllari ota-onalar bilan ishlashda muhim o‘rin tutadi. Individual ish shakllaridan biri - bola oilasiga tashrif buyurishdir. Bu shakl tarbiyachi va ota-onalarga juda yaxshi ma’lum, biroq ikki holatda tashrif buyurish to‘xtatilishi zarur. Oilaga tashrif buyurish oldindan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugun 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borganda kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, “taklifbo'yicha tashrif buyurish” tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiyalanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi. Bola oilasi bilan aloqalami o‘rnatish shakllaridan biri dastlabki pedagogik topshiriqm bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiyachining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz (yakka, guruhiy, jamoaviy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtayi nazami talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog'liq to‘garaklarga rahbarlik qilish va boshqalar. Tarbiyachiga tashkiliy yordam ko‘rsatishni talab etuvchi topshiriq: ekskursiyani tashkil etishga yordamlashish (transport, yo‘llanma bilan ta’minlash); taniqli kishilar bilan uchrashuvlarni tashkil etishga ko'maklashish; guruh xonasini jihozlashga yordamlashish. Xo'jalik vazifalarini hal etishga qaratilgan, ta’lim muassasasining moddiy bazasini rivojlantirish va mustahkamlashni talab etuvchi topshiriq: xonalarni jihozlash, o‘quv jihozlari va qurollarini tayyorlashda ishtirok etish; ta’mirlash ishlariga yordam berish. Pedagogik topshiriqlarning sanab o'tilgan mazkur turlari ota-oijalarning ijtimoiy ishlarining barcha turlarini qamrab olmaydi. Ota-onalarga ular nima bilan shug‘ultanishni xohlayotganliklari bo‘yicha savol bilan murojaat qilish va anketa to‘ldirishni taklif etish mumkin. Pedagogik maslahat asosida ota-onalaming savollariga javob berish asosiy o‘rin egallaydi. Maslahatning pedagogik-psixologik shartlari o‘zida tarbichi va psixologning ota-onalarning tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga yordam ko‘rsatishga tayyor turish, ota-onalarda paydo bo‘lgan savollar bo'yicha aniq tavsiya va maslahatlar berishni aks ettiradi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va mazmuni tarbiyachi-uslubistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo'yicha juda ko'p ishlami tarbiyachi-pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o'zgarishlami hammadan ko'proq ko'radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo'ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko'proq e'tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog'lig'ini saqlash, ovqati va kun tartibini to'g'ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Tarbiyachilaming ota-onalar bilan olib boradigan ishlari shakl va uslublarini tavsiflashdan oldin ularning o'zaro birgalikdagi faoliyati va oila bilan aloqalarni yo'lga qo'yish usullarining ba’zi psixologikpedagogik ta’sirlariga to'xtalib o'tish lozim.
Birinchi qoida. Maktabgacha ta'lim muassasasi va tarbiyachilaming oila va jamoatchilik bilan olib boradigan ishlari asosida ota-onalaming obro'sini oshirish va mustahkamlashga yo'naltirilgan harakat va tadbirlar turishi kerak. Ota-onalar bilan maslahatlashganda, hech vaqt “qilishingiz kerak”. “majbursiz” kabi jumlalarni ishlatmaslik ma’qul. Chunki ko'pchilik ota-onalai- o'z majburiyatlarini yaxshi biladilar, faqat amaliyotda ular ana shu bilganlarini qanday amalga oshirish muammosiga duch kelishlari mumkin. Tarbiyachi va ota-onalaming о‘zaro munosabatlarining yagonato‘g‘ri shakli -bu o‘zaro hurmat. Qachonki, nazorat shaklida tajriba almashish, maslahat va birgalikda muhokama, yagona qaror shakllantirilsa, ikkala tomon uchun ham qoniqish hosil qiladi. Bunday munosabatlarning qimmati shundaki, tarbiyachilarda ham, ota-onalarda ham shaxsiy javobgarlik hissini, talabchanlik, fuqarolik burchini rivojlantiradi. Ota-onalaming ish joylariga "Rivojlanish xaritasi”, “Ochiq jurnal” kabilarni olib borish kutilgan natijalarni bermaydi. Ota-onaiar bilan suhbatda “qora ro‘yxat”dagi ma’lumotlardan foydalanish ham yaxshi foyda bermaydi, chunki birinchidan, ota-onalarda bolalaridan norozilik paydo bo‘ladi, ikkinchidan ta’ lim muassasasiga nisbatan ularda salbiy munosabat shakllanadi. Keyin ota-onalar ta’lim muassasasiga borgisi kelmasligi, ular bolalari haqida yomon fikr aytganliklari uchun ko‘ngli tortmasligini aytib arz qiladi. Ba’zan bunday holat oilada ota-ona munosabatlari yomonlashuviga ham olib keladi. Oxir-oqibat bolada ta’lim muassasasiga nisbatan ham, tarbiyachilarga nisbatan ham salbiy munosabat hosil bo'ladi. Tarbiyachi tarbiyaviy ish shakl va uslublarini tanlashda qabul qilingan qaror va talab bolalar ko‘z oldida ota-onaning obro‘sini mustahkamlash va oshirishga imkon berishini hisobga olishi kerak.
Ikkinchi qoida. Ota-onalarning tarbiyalovchi imkoniyatlariga ishonish, ularning pedagogik madaniyati darajasi va tarbiyalashdagi faolligini oshirish. Ko‘pchilik ota-onalar psixologik jihatdan barcha talablarni qabul qilishga tayyor bo‘lishsa ham, biroq shunday ota-onalar borki, bolalarni tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashish va bu jarayonni chuqur tushunishga doir yetarlicha ma’lumotga va pedagogik tayyorgarlikka ega emas.
Uchinchi qoida. Pedagogik takt, oila hayotiga nojo‘ya aralashishga yo'l qo‘yilmasligi. Tarbiyachi - rasmiy shaxs, biroq u o‘z faoliyatida oila hayotining maxfiy tomonlariga, “boshqalar”dan sir saqlanadigan tomonlariga ham daxldor bo‘ladi. Yaxshi tarbiyachi oila uchun begona bo`lmaydi. ota-onalar yordam qidirganlarida ularning bu vaziyatdan chiqishlariga ishonadi, maslahat beradi. Oila qanday bo'lishi, ota-onalar tarbiyachilar bilan qanday bo‘lishlariga qaramasdan, tarbiyachi hamma vaqt uddaburon, yordamga tayyor bo‘ lishi kerak. Oila haqidagi hamma narsaga yaxshi tomondan e’tibor qaratishi, tarbiv ada ota-onalarga yordam ko'rsatishi kerak.
To‘rtinchi qoida. Oilaviy muammolarni hal qilishga doir qaror qabul qilishda ko‘tarinki ruh va kayfiyat, bolaning ijobiy sifatlari, oila tarbiyasining kuchli tomonlari, shaxsni muvaffaqiyatli rivojlantirishga tayanish. Tarbiyalanuvchining xarakterini shakllanishi qiyinchiliklarsiz, qarama-qarshiliklarsiz kechmaydi. Agar bu jarayon shaxs rivojlanishi qonuniyatining namoyon bo‘lishi sifatida idrok etilsa, u holda mazkur qiyinchilik, qarama-qarshilik, kutilmagan natijalar tarbiyachining sarosimaga tushib qolishiga olib kelmaydi. Hammamizga yaxshi ma’lumki, yuzaga kelgan pedagogik vazifalarni hal etishning о‘nlab usullari mavjud, biroq ulardan faqat biri mazkur aniq vaziyat uchun to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ana shuning uchun ham maktabgacha pedagogikaga tayyor ko‘rsatma sifatida emas, shaxsga samarali ta’sir etishning umumiy qonunivatlari haqidagi fan sifatida qarash kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko'zlangan maqsad-oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalami bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o‘rganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan avval o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o ‘rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oilato‘g‘risida (ota-onalaming fe’latvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib va hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat rahida tarbiyalash kabi ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko'radilar va bolalarining o`quv va imkoniyatlari ga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to'g'risida:
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalaming guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.
Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo’lgan xulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, yeyish-ichish, o’z qilmishi uchun ma'suliyatni sezish, shirinsuxand bo’lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egalllashiga yordam berishi lozim».
Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi ha qida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. Chunonchi ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, xatto ma'rifatli zotlar ham farzardlarining tarbiyasiga e'tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi joxil bo’lib qolayotganligidan afsuslanadi.
Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro xurmat bo’lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishi mumkin bo’ladi. Inson tug’ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-onasidir.
Ma'rifatparvar Munavvar Qorining «Oila a'zolari» nomli darslikininig bo’limlarida ota-onani xurmatlash, aka-uka qarindosh urug’ini e'zozlash kabi g’oyalar alohida o’rin egallaydi.
Kishining bor ersa ota-onasi
G’animatdir unga olarning rizosi
Xudoni qoshida qabul ekandir
Ota va onaning bolaga duosi
Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida javobgarligi kundan kunga ortib boradi. Chunki o’sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog’langandir.
Abdurauf Fitrat 1916 yilda «Oila» nomli falsafiy asarini yozgan bo’lib, unda oilaviy xayotni isloxotidan baxs yuritilgan va adib najot yo’llarini axtarib hal qlarning umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etgan.
Fitrat oilani ijtimoiy vazifalari deb, «Avlod tarbiyasi», «Fikriy tarbiya», «Axloqiy tarbiya» kabi qismlarga bo’ladi.
Insonning ma'naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi, yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo’lsa, noto’g’ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, xatto, xalokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir katorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat bergan. Oilada to’g’ri yo’lga qo’yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari olib borilmasa, bu xolda maktabning ta'lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtirib qo’yadi.
Oilada bola bilan tarbiyachi o’rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o’zining tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hyech qanday rasmiyatchilikning yo’qligi bilan ajralib turishi lozim.
Oila odamzod o’zining dastlabki ijtimoiy yo’lini bosib o’tadigan eng muhim soxadir. Bunday oilada ota-onalar bilan bolalar o’rtasida ma'lum ma'noda izzat hurmat va dildan ishonch kabi chegara bo’ladi.
Oilada bolalarning o’zga bir oilada yotib qolishiga hech bir xolda sira yo’l qo’ymasligi kerak, bola yotib qoladigan joy anik tanish va ishonchli bo’lgan ta qdirdagina istisno bo’lishi mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning baxti, yomon farzand esa ota-onaga kulfat keltiradi.
Oila va jamoatchilik xamkorligi yosh avlodni muvaffaqiyatli tarbiyalashning asosiy shartlaridan biridir ota-ona e'tiboriga oladigan alohida ahamiyat berish kerak bo’lgan narsa bolani yoshligidan boshlab biror-bir ishga o’rgatish, unga o’ziga xos yumush berib, ishga odatlantirishdir. Vaxolanki bola ham ish o’rganadi, ham jamiyatda, oilada o’z o’rnini topishga harakat qiladi. Bolada mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabati, oila a'zolariga nisbatan fikri, dunyoqarashi o’zgaradi.
Oila boshlig’i ota - ona bola tarbiyasi ha qida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bulishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim ko’nikma va malaka bo’lmasa u oila a'zosiga ya'ni farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o’ziga hos bo’lmasdan balki qo’ni- qushni va mahallalardagi tarbiyaga ham salbiy ta'sir qiladi.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, MTTning oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko'radilar va bolalarining o`quv va imkoniyatlari ga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan hamkorlikni bundan keyin yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlash maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari, uslubchilarning muhim vazifasidir. Bolalami tarbiyalash davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to‘g‘ri hal qilinishi tarbiya ishining quyilishiga kompleks yondoshishga tarbiyaviy muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to’liq o‘zaro ta’siri va harakatlarning birligiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |