1. Omonim so‘zlar.
Shakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so‘zlar
omonimlar deyiladi. Omonim so‘zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi.
Masalan: ot – hayvon, ot – uloqtirmoq, ot – ism; og‘iz – insonning tana a’zosi,
og‘iz – yangi tug‘gan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang – to‘zon, gard,
g‘ubor, chang – to‘rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‘sh cho‘p
bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq – insonning tana a’zosi, ot, qovoq –
poliz ekini, ot.
Omonim so‘zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz – miqdor
bildiruvchi son) oid bo‘ladi.
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug‘aviy omonimlar; 2) grammatik
omonimlar. Lug‘aviy omonimlar:
1) so‘zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‘ladi.
1.Omonimlik hodisasi so‘z bilan so‘z doirasida bo‘lsa, leksik omonim deyiladi.
Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan kukun. U
oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe’l) – zavq
shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar
shod: Yuzi kuladi, ko‘zlari yonadi? (H.G‘ulom)
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo‘lsa, frazeologik omonim
deyiladi. Masalan: bosh ko‘tarmoq – qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarmoq, bosh
ko‘tarmoq – tuzalmoq, sog‘aya boshlamoq.
Grammatik omonimlar qo‘shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. Shakli bir xil,
ma’nosi har xil qo‘shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im
qo‘shimchasi bilim – ot yasovchi qo‘shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I
shaxs, birlik qo‘shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‘shimcha, -ki (kechki) –
sifat yasovchi qo‘shimcha.
Ba’zi omonim so‘zlar qo‘shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab
qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so‘z – ter ot turkumiga oid so‘z bo‘lib,
I shaxs, birlik egalik qo‘shimchasini olgan, ikkinchisi fe’l turkumiga oid so‘z ot
yasovchi -im qo‘shimchasini olgan. Bu so‘zlar bir xil shaklini saqlab qolgan.
Qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladigan so‘zlar
omoformalar deyiladi. Omoformalar bir xil so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa
so‘z turkumiga ham oid bo‘ladi. Masalan, 1) bog‘ – mevazor (ot); 2) bog‘ –
bog‘ich (ot). Ularning qo‘shimcha olgandan keyingi grammatik shakllari:
1) bog‘ni, bog‘ning, bog‘dan;
2) bog‘ni, bog‘ning,bog‘dan.
Qiyoslang: oq (sifat)+ar – fe’l yasovchi qo‘shimcha;
oq (fe’l)+ar – sifatdosh hosil qiluvchi qo‘shimcha.
Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrida, og‘zaki so‘zlashuv nutqida so‘z
o‘yinlari, askiyalarda qo‘llanadi.
Omonimlar ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosidagi bog‘lanishning yo‘qolishi,
so‘zlardagi fonetik o‘zgarishlar va boshqa tildan so‘z o‘zlashishi jarayonida yuzaga
keladi. Masalan: 1) bog‘ (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog‘ (bog‘ich) o‘zbekcha
so‘z; 2) dam – nafas (o‘z ma’nosi), dam - bosqon (ko‘chma ma’no), dam - hordiq
156
(ko‘chma ma’no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo‘qolib, omonimiya hodisasi
yuzaga keldi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |