O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/206
Sana22.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#399679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   206
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

 
 
 
Til tuzilishiga  ko‘ra murakkab 
hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan  
   
uzviy  bog‘langan quyidagi         
qismlardan iborat: 
 
                                                             
1
 
Kibernetik  –  kibernetikakaga  oid.  Kibernetika  axborotni  qabul  qilish,  saqlash,  qayta  ishlash  va  undan  turli 
jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan. Kibernetik tizimlarga kompyuter, inson miyasi, 
kishilik jamiyati misol bo‘la oladi. 
1. Tovushlar  tizimi. 
2.Lug‘at boyligi yoki 
leksika. 
3. Grammatik qurilishi. 
 



 
 
Jamiyatning  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri  tildir.  Til  jamiyat  a’zolarini 
birlashtiruvchi  eng  muhim  omillardan  biridir.  Tilshunoslik  haqidagi  fanlardan 
bizga  ma’lumki,  tilning oʻzi  murakkab hodisa boʻlib, u: 
    a)  ma’lum  jamiyat  a’zolari  uchun  tayyor,  umumiy  va  majburiy  boʻlgan  UMIS 
tabiatli  imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan 
lison

    b)  bu  imkoniyatlarning  bevosita  voqealanishini  tashkil  etadigan  YHVO  tabiatli 
nutq; 
    d)  shu  imkoniyatlarning  yuzaga  chiqish  shart-sharoitlari  va  shakllarini 
belgilovchi 
me’yor 
kabi  tomonlarning  dialektik  birligidir.  Kishi  oʻz  tafakkur 
tarziga,  farqlash  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  qarab  soʻzlaydi  –  lisoniy 
imkoniyatlardan  foydalanadi.  Bu  uning  bilim  va  ma’naviy  saviyasiga,  hayotiy 
koʻnikma  va  tajriba,  dunyoqarashlariga  bog‘liq.  Inson  va  til  (nutq  qobiliyati) 
qanday bir-biridan ajralmas  boʻlsa, til va jamiyat  ham shundaydir. 
 


10 
 
 
Til  va  tafakkur  muammosi  juda  keng  qamrovli  masala  hisoblanadi,  bu 
boradа  yaratilgan  koʻplab  tadqiqotlar  yorqin  dalildir.  Tilsiz  tafakkur  boʻlmaydi. 
Biz  istagan  predmet,  voqea  yo  hodisa  haqida  til  vositasisiz,  hech  boʻlmaganda 
undovlarsiz  oʻz  fikrimizni,  tushunchalarimizni  ifodalay  olmaymiz.  Obyektiv 
voqelik  inson  ongida  aks  etar  ekan,  u  soʻzlar  orqali  belgilanadi,  soʻzlarda 
shakllantiriladi  va  til-ong  xazinasining  boʻlim  va  boʻlimchalarida  istagan  vaqtda  
osonlikcha  topish  va  foydalanish  uchun  eng  qulay  tarzda  joylashtiriladi, 
muhrlanadi.  Bizning  tafakkurimiz  shu  darajada  til  bilan  birikib,  bir-biriga  singib, 
omuxtalashib  ketganki,  ularni  ajratishga,  ya’ni  fikrlash,  soʻzlash  jarayonlarini, 
shuningdek,  ichki  nutq  imkoniyatlarini  farqlashga,  ularni  tildan  ajratishga  hojat  
sezilmaydi  .  Insonning  goʻdaklik  davridan  umrining  oxirgi  kunigacha  oladigan 
ta’limi soʻz va til vositasida amalga oshadi. Shuning uchun olimlar tilning ma’rifiy 
va  ta’limiy  –  inson  tafakkuri  mahsulining  avloddan-avlodga  yetkazish  vazifasini 
alohida  ajratadilar.  Haqiqatdan  ham,  biz  ta’limni  tilsiz  tasavvur  eta  olmaymiz. 
Demak,  til  bilish jarayonining muhim sharti. Diqqatga sazovor yana bir jihat borki, 
tafakkursiz  til  ham  mavjud  emas.  Agar  biz  oʻylamay  ogʻzimizga  kelgan  soʻzlarni 
tizaversak  (masalan:  gʻadur,  gadur,  bubak,  baban  v.h),  bu  biz  uchun  ham,  hech 
qanday  ma’no  kasb  etmaydi,  ya’ni  muayyan  tushunchani,  tasavvurni  hosil  qila 
olmaydi.  Hatto,  valdirash,  alahsirashday  tuyuladi,  xolos.  Demak,  bu  til  ham  nutq 
ham  emas!  Oʻzga  bir  tilni  egallash  boshqa  xalqning  tafakkur  tarzini  oʻzlashtirish 
demakdir.   


11 
 
 
 
 
 
O‘zbek  tili  –  o‘zbek  millatining  tili,  o‘zbek  tili  –  O‘zbekiston 
Respublikasining  davlat  tili.  Davlat  tili  sifatida  o‘zbek  adabiy  tilining  mavqeyi 
beqiyos  darajada  o‘sdi,  xizmat  doirasi  kengaydi,  lug‘at  tarkibi  boyidi,  fonetik 
tizimi,  grammatik  qurilishning takomillashuvida katta o‘zgarishlar  yuz  berdi. 
     O‘zbek  milliy  tili  hozirgi  o‘zbek  millatiga  mansub  bo‘lgan  barcha  kishilarning 
umumiy va yagona tilidir. U o‘zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. 
O‘zbek millati shakllangunga qadar u urug‘ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida 
yashab, rivojlanib keldi. 
     O‘zbek  adabiy  tili  ijtimoiy  vazifasining  kengayishi  natijasida  uning  lug‘at 
tarkibida  jiddiy  o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Tilning  leksikasi  ichki  imkoniyatlar  bilan 
yangi  yasalgan  so‘zlar  va  boshqa  tillardan  qabul  qilingan  so‘zlar  hisobiga  boyib 
borishi  ko‘zga  tashlanmoqda.  Kishilar  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotidagi,  xalq 
xo‘jaligidagi,  madaniyat,  fan-texnika  sohasidagi  ko‘pgina  o‘zgarishlar  yangi 
tushunchalarni,  yangicha  munosabatlarni  keltirib  chiqardi.  Bularning  hammasi 
o‘zbek  tili  leksikasining  ko‘pgina  yangi  so‘zlar  hisobiga  hamda  boshqa  tillardan 
o‘zlashtirilgan  so‘zlar  hisobiga  boyishiga  sabab  bo‘ldi.  Masalan: 
broker,  diler, 
makler,  kompyuter,  menejer,  fermer,  biznes 
va  h.  Ayrim  o‘zbekcha  so‘zlarning 
ma’nosida  o‘zgarishlar  ro‘y  berib,  ular  boshqa  ma’nolarda  qo‘llana  boshladi. 


12 
 
 
Masalan, 
ishbilarmon
  va 
tadbirkor
  so‘zlari  ilgari  sifat  turkumiga  mansub  bo‘lib, 
belgi  ifodalagan  bo‘lsa,  hozirgi  paytda  bu  so‘zlar  ot  turkumiga  o‘tdi  va  shaxs 
ma’nosini  ifodalaydigan  bo‘ldi.  Bu  jarayonlarning  barchasi  o‘zbek  tili  lug‘at 
boyligini yangi pog‘onaga ko‘tardi. 
    O‘zbek  tilining  fonetik  tizimida,  grammatik  qurilishida  ham  ma’lum 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Jumladan,  fonetik  tizimda,  o‘zlashma  so‘zlarda  o‘zbek 
tiliga  xos  bo‘lmagan  bo‘g‘inning  yangi  turlari  (so‘z  boshida  va  so‘z  oxirida  ikki 
yoki undan ortiq undoshning qator kelishi) paydo bo‘ldi: 
sport, stol, traktor, shkaf, 
magistr,  kongress 
kabi.  Shuningdek,  o‘zlashma  so‘zlarda  ikki  unlining o‘zbek tili 
uchun  xos  bo‘lmagan  ketma-ket  kelish  holatlari  kuzatiladi: 
aeroport,  bionika, 
geologiya, teatr, poema 
kabi. 
     Grammatik  qurilishda  kelishik  shakllari,  ayrim  ko‘makchilarning  ma’nosi  va 
vazifasi  kengaydi,  kelishikli  boshqaruv  va  ko‘makchili  boshqaruv  me’yorlari 
belgilandi.  Ot  boshqaruvi  asosida  tuzilgan  so‘z  birikmalari  ko‘proq  qo‘llana 
boshladi.  
    O‘zbek  tilining  bundan  keyingi  taraqqiyoti  leksikaning  yana  ham  boyishi, 
grammatik  qurilishning  ichki  qonuniyatlar  asosida  takomillasha  borishi  bilan 
bog‘liq ravishda davom etadi 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish