O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana18.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#383924
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
3aea269389d2e98a087343d6a8b39b05

Absolyut  renta. 

Ko‘pgina  mamlakatlarda  qishloq  xo‘jaligida  yerga  xususiy 

mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi 

davrda  yerga  xususiy  mulkchilik  bilan  bir  qatorda  boshqa  mulkchilik  shakllari  ham 

mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshqalar. 

Yerga  bo‘lgan  mulkchilik  monopoliyasi  ijaraga  beriladigan  barcha  yer 

uchastkalarining  sifatidan  qat’inazar,  yer  egalariga  absolyut  renta  deb  atalgan  rentani 

olishga  imkon  beradi.  Absolyut  yer  rentasining  vujudga  kelish  mexanizmi  shundan 

iboratki,  yer  egalari  yerni  ishlovchi  ijarachilarga  foydalanish  uchun  ijaraga  beradilar  va 

ulardan  yerdan  foydalanganlik  uchun  to‘lovlar  oladilar.  Mana  shu  to‘lov  absolyut  yer 

rentasi deb  nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda  turli xil  inshootlar, binolar 

qurilgan bo‘lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi. 

Agrar  munosabatlarni  tadqiq  qilar  ekanmiz,  nima  uchun  qishloq  xo‘jalik  ishchilari 

yaratadigan qo‘shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o‘rtasida qayta 

taqsimlanmaydi,  nima  uchun  qishloq  xo‘jaligida  olinadigan  daromad  o‘rtacha  foydadan 

yuqori bo‘ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan savollar tug‘iladi. 

Tarixan  shunday  bo‘lib  qolganki,  ko‘pgina  mamlakatlarda,  jumladan,  bizning 

mamlakatimizda  ham  qishloq  xo‘jaligidagi  kapitalning  uzviy  tuzilishi  sanoatdagidan 

pastdir.  SHuning  uchun qishloq xo‘jaligida  yaratilgan tovarlarning  bozor  qiymati,  ishlab 

chiqarishning  ijtimoiy  qiymatidagi  qo‘shimcha  qiymat  miqdori  jamiyatda  shakllangan 

o‘rtacha foydadan ortiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy 

ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbai bo‘lib xizmat qiladi. 

Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi  – monopol renta 

ham  mavjud  bo‘ladi.  Boshqa  yerda  uchramaydigan  tabiiy  sharoit,  ba’zan  noyob  qishloq 

xo‘jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning 

alohida  turlarini)  etishtirish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Bunday  tovarlar  monopol  narxlar 

bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan 

belgilanadi.  Natijada  monopol  narxlar  shunday  mahsulotlarning  individual  qiymatidan 

ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. 



14 

 

Faqat  qishloq  xo‘jaligida  emas,  balki  undirma  sanoatda  ham  qo‘shimcha  daromad 



olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) 

jihatidan  ham,  konning  boyligi  jihatidan  ham  bir-biridan  farq  qiladi.  Xuddi  qishloq 

xo‘jaligidagi singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar, u 

ham differensial rentaga aylanadi. 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish