13
qiziqish
uyg‘otish.
Monopol
utsunlikni
maksimallashtirish.
3. O‘sish
Raqobatchilarning javob
hatti-harakati.
Tez
o‘suvchi bozor. Mahsulot
sotuvi
o‘sishining
o‘zgaruvchan va barqaror
bo‘lmagan xususiyati
Bozorning ichiga kirish.
Mahsulotning
boshlang‘ich
sotuvini
qo‘llab-quvvatlashdan
kelayotgan
foydani
maksimallashtirish.
Taqsimot. Keng reklama
tadbirlari
4. Turg‘unlik
Sotuv
hajmining
barqarorlashuvi.
Savdo
belgisining itse‘molchilar
tomonidan afzal ko‘rilishi
omili
O‘z bozor ulushini saqlab
qolish. Bozor ulushini
nisbatan zaif raqobatchilar
hisobiga kengaytirish.
5. Bozorning to‘yinishi va
pasayish
Bozorning
torayishi.
Korxona
ortiqcha
quvvatlarining
paydo
bo‘lishi.
O‘rinbosar
mahsulotlarning
paydo
bo‘lishi.
Mahsulot
ishlab
chiqarishdan voz kechish
imkoniyatlarini baholash.
Innovatsion
loyihalar
uchun yangi g‘oyalarni
tayyorlash.
Innovatsiyalarga ehtiyoj mahsulot hayotiylik davrining oxirgi bosqichida dolzarblik
kasb etsada, innovatsion g‘oyalarni yaratish va yangi ishlanmalarni doimiy joriy etish
korxona muvaffaqiyatining asosiy garovi hisoblanadi. Shu sababli innovatsion
marketingni amalga oshirish innovatsion korxona (ayniqsa, kichik korxona) yuqori
raqobatbardoshligining asosiy sharti hisoblanadi. Yangi ishlanmani bozorga olib
14
chiqishda narx belgilash siyosati va sotuv kanallarini yaratish marketingning yuqori
ahamiyatga ega ko‘rinishlaridandir.
Narx siyosati korxona o‘zi uchun belgilaydigan aniq marketing strategiyasiga
muvofiq ravishda shakllantiriladi. Yangiliklar narx ishlab chiqarish zararsizligi tahlili
asosida shakllantirilishi mumkin. Bu holda narx korxona xarajatlarini qoplashi zarur
va narxni aniqlashda mahsulot tannarxini hisoblash asosiy tadbir hisoblanadi.
Ikkinchi holda narx itse‘molchi tomonidan sotib olinadigan mahsulot qiymatini qabul
qilishi asosida shakllantirilishi mumkin. Buning uchun innovatsion korxona
itse‘molchilarning raqobatchilar mahsulotlar qiymati bo‘yicha tasavvurlarini
aniqlashi zarur. U yoki bu mahsulotni xarid qilishda quyidagi omillar hal qiluvchi rol
o‘ynaydi: narx sharoitlari, mahsulot sifati, sotuvdan oldingi va keyingi servis xizmati
ko‘rsatish. Shuningdek, yangi mahsulotga narx sotuv bozorlari uchun kurash hamda
innovatsion korxona raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida ko‘rib chiqilishi
mumkin. Bunda innovatsion korxona muayyan bozor segmentini qo‘lga kiritish
hamda o‘z pozitsiyasini mutsahkamlash maqsadida vaqtincha o‘z mahsuloti
sotuvidan keladigan foydadan voz kechadi.
Korxonaning taqsimot siyosati mahsulot oqimi va sotuv kanallarini
rejalashtirish, shuningdek, sotuv va agentlik tarmoqlarini yaratish, ularga mos
keluvchi ombor va magazinlarni shakllantirishdan iboratdir. Sotuv tizimining asosini
innovatsion korxona hamda xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir yoki
bir necha variantlari tashkil etishi mumkin:
To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida yoki o‘z chakana savdo tizimi orqali
yangi mahsulotni itse‘molchilarga
yetkazish;
Ulgurji savdo xaridorlariga sotish;
Mustaqil chakana-savdo tarmog‘ida sotuvlar;
Franchayzingni tashkil etish va xaridorni o‘zlashtirilgan sotuv va xarid liniyalari,
ishlab chiqarish, sotuv texnologiyalari va mijozlar to‘plami bilan ta‘minlagan holda
franshiza litsenziyasini sotish.