O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat



Download 40,25 Kb.
bet4/6
Sana07.01.2022
Hajmi40,25 Kb.
#329478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamzaning ''Yangi saodat'' milliy romani.

naqarot misralarda mumtoz sheʼriyatimizga xos tamsil sanʼatidan mohirona foydalangan.

Eʼtibor bering, xalq oʻzligidan, milliy ruhdan mahrum etilgan, quruqjasadi qolgan — bu jasad oʻlik jasad, har qancha tigʻ ursang ham qon chiqmaydi. Xalqimizda ham shunday ibora qoʻllanadi.

Umuman, Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi”ga kirgan sheʼriy toʻplamlar nafaqat oʻquvchilar, hatto sanʼatkor-hofizlar oʻrtasida ham katta shuhrat qozongan.

Bu haqda Hamza ijodining dastlabki tadkiqotchilaridan Sotti Husayn shunday yozgan edi: «U tor doiradagi oʻquvchilar oʻrtasidagina emas, ashulachilar oʻrtasida ham tarqala boshlagan.

Shuning bilan baravar bu ashulalar toʻplami… reaksion kuchlarning, ruhoniylarning qattiq gʻazabiga uchragan».

Koʻpgina oʻzbek ijodkorlari qatori Hamza dunyoqarashining takomilida jadidchilik harakatining buyuk rahnamosi Ismoilbek Gasprali va uning “Tarjimon” gazetasining roli katta boʻlgan. 1914 yil 11 sentyabrda Gasprali vafoti munosabati bilan hamma oʻzbek jadid ijodkorlari singari Hamza ham oʻz hamdardligini bildirib, “Yavmul-vafot” (Sadoyi Fargʻona, 1914 yil 24 sentyabrʼ) maqolasini va “Marsiya” (Sadoyi Fargʻona, 1914 yil 28 sentyabr) sheʼrini eʼlon qildi. Sheʼrda shunday misralar bor:

Oh, millat, yetdi bu dam qaygʻulik, gʻamlik zamon,
Tegdi ogʻzingga halokat toshi, emdi toʻla qon,
Dod qil davri falakdan, botdi xurshidi jahon,
Motam ayla, ogʻlasun ahvolinga har insu jon,
Koʻk sari uchdi Masiho jismlar jondan judo,
Yaʼni takrori taraqqiy murgʻi shabxondan judo.

Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi”ga mansub “Safsar gul” toʻplamiga mardikorlikka olingan oʻzbekning yurtdan uzoqdagi xoru zorliqda kechgan hayotini tasvirlovchi sheʼrlari kirgan. Ularda mardikorlarning ichki his-tuygʻulari, el-yurtiga boʻlgan cheksiz muhabbati, sogʻinchi oʻz ifodasini topgan. Ammo shoirning ushbu toʻplamida “oq podshoh”ni, general gubernatorni koʻklarga koʻtaruvchi, mardikorlarni fidokorona mehnatga daʼvat etuvchi sheʼrlar ham mavjud. Bu hol shoirning ijodida uzoq davom etmadi: u mardikor olish voqeasi mustabid tuzumning millatni tahqirlovchi, uni abadiy tutqunlikda saqlovchi tadbiri ekanligini tushunib yetdi. Bu hol uning mazkur toʻplamidan bir oz keyin yaratgan “Fargʻona fojialari” tetralogiyasining “Istibdod qurbonlari” qismida rus mustamlakachilarini ayovsiz fosh etishida yaqqol koʻrinadi:

“Marusa. Man aytaman, oʻzlari shunday iflos. A, mamlakatlari yaxshi, sermeva, maʼdanzor, boylik shularda. A, oʻzlari bunday bechora, ahmoq (kulub). Da, «Mevani yaxshisini it yeydi”, degan soʻz xoʻp soʻz-da, a!

Nachalnik. Da! Shunday. Endi biz hozirgi Turkistondagi filosufi zamon gaspodin Ostroumovning deganicha, bularni shunday qaro mehnatlar bila ezub buturmoqgʻa kerak. Chunki agar bulardan gʻofil qolinsa, albatta zamon kelur… bir kun bizga kutulmagan ikkinchi bir balo boʻlub chiquvlari shubhasizdir. Shuning uchun mana shunday fursatlarda istifodasiz boʻlmay, ziyolik firqalaridan tortub, sekin-sekin yoʻq eta borish kerak».

1918-1920 yillarda mustamlakachilar adresiga aytilgan bu soʻzlar haqiqiy jasorat edi.

Iydi qurbon”, “Eʼtizor” kabi maqolalari “Sadoyi Turkiston”-“Sadoyi Fargʻona” gazetalarida bosildi. Ushbu maqolalarda millatni yaramas illatlardan, faqirlikdan, xurofotdan qutqaruvchi birdan-bir yoʻl ilm-maʼrifatdir, degan gʻoya ilgari suriladi va boyu kambagʻal, ziyoliyu din peshvolari — hammalarining qoʻlni-qoʻlga berib, yangi usuli jadid maktablariga koʻmaklashuvlari lozimligi taʼkidlanadi. Hamza milliy ayirmalarga, sinfiy tabaqalanishlarga keskin qarshi chiqadi, uningcha, faqat birlik bilangina millatni jaholat botqogʻidan, qoloqlikdan, turgʻunlikdan, istibdod qulligidan qutqarish mumkin. Bu haqda “Maktabi dorul-aytom” maqolasida muallif yozadi: “Demak, bu «Dorul-aytom”da Xoʻqandning har tarafidan oʻlsun faqir bolalarni, shubhasiz, qabul qilinadur. Faqat daftar, qalamdan boshqa kitoblargʻacha, hatto maktabdan beriladur. Yuqoridagi iona qiluvchi afandilarimizgʻa qiyosan faqir va yetim bolalargʻa rahm va shafqatlari bori Xudo va Rasuldan va millatning rizoligʻi birlan dunyo va oxirat saodatlarigʻa havaskordan qarindoshlarimizgʻa bu toʻgʻrida naqadar iona va muruvvat koʻrguzmoqlarini rijo va niyoz qilurmiz. Hamda har oydagʻi ehsonlarni jamlab, xoh oz, xoh koʻp bu yetim bolalarin maktab mudiriga bersalar, naqadar bolalarni ilmu maʼrifatgʻa yetishmoqigʻa eng birinchi shafqatlu ota-onalaridan boʻlur edilar… Diyonatlik baʼzi ahboblarimiz har oyning oxirida yuboradurgʻon aqchalarini yozdurub qoldurgʻonlarigʻa manda alargʻa chin qalbim ila tashakkurimni gazeta orqali eʼlon qilub, vaʼdalarinida yozib oʻtuvni munosib koʻraman».


Gazeta va jurnallarda maqolalar yozib, qalami ancha charxlangan, turk, tatar hamda rus adabiyotidan ancha xabardor


Hamza oʻzbek adabiyoti uchun nisbatan yangi tur — nasrga qoʻl urdi,“Milliy roʻmon” deb nomlagan “Yangi saodat” asarini 1915 yilda toshbosmada “Madora” kutubxonasi noshirligida bosmadan chiqardi. Romanga ushbu bayt epigraf qilib olingan:

Oʻqub tahsili ilm ayla, maorif sharbatin yutgil,
Tilingni jahldan qutqor, gʻami millat bila oʻtgil.


Download 40,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish