O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


O‘simliklarning ksenobiotiklar ta’siriga chidamliligi



Download 0,99 Mb.
bet43/55
Sana06.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#323960
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

2.4.O‘simliklarning ksenobiotiklar ta’siriga chidamliligi

O‘simliklarni begona birikmalar - ksenobiotiklar ta’siridan himoyalash tizimi dolzarb muammo bo‘lib hisoblanadi. Ksenobiot yunoncha xenos - begona va biotos - hayot, ya’ni, organizm uchun begona ma’nosini bildiradi. Bularga kishilarning xo‘jalik faoliyati tufayli vujudga kelgan va organizm uchun zaharli ximikatlar: pestitsidlar, gerbitsidlar, defoliantlar, desikantlar va boshqalar kiradi.

Zaharli ximikatlar tuproq, suv va havoda to‘plansa muhitni ifloslaydi, biologik tizimlarni emiradi. Shu bilan birga, o‘simliklar dunyosi atfosferani tozalashda ishtirok etadi. Shuning uchun ham ksenobiotiklarning biologik ta’siri va o‘simliklar tanasida detoksikatsiyalanish mexanizmlarini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa, ularning xususiyatlari, ta’sir etish doirasi va me’yorlari asosida metabolitik, ingibitorlik hamda nobud bo‘lishiga olib keluvchi darajalarni o‘rganish va ulardan foydalanish mumkin.

Gerbitsidlar. Gerbitsidlar o‘simliklar o‘sishini to‘xtatadi va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Ular kimyoviy moddalarning xilma - xil guruhlariga mansub bo‘lgan birikmalar hisoblanadi. Gerbitsidlar bir nechta guruhlarga: o‘simliklarga yoppasiga ta’sir etuvchilar va tanlab ta’sir etuvchilarga bo‘linadi.

Ko‘pchiligi tanlab ta’sir etuvchi xususiyatga ega bo‘lib, faqat ma’lum oila va turlarga mansub bo‘lgan o‘simliklarni o‘ldiradi. Gerbitsidlarning ta’sir etish xususiyati ularning qo‘llash usullariga va konsentratsiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, bitta gerbitsidning o‘zi kuchsiz konsentratsiyada tanlab ta’sir etsa, uning konsentratsiyasi ortib borishi bilan yoppasiga ta’sir etishi mumkin.

Gerbitsidlar hujayraga - sitopalazmaga kirib yog‘simon moddalarda (lipoidlarda) eriydi va me’yoridagi fiziologik jarayonlarni buzadi. Buning natijasida o‘simlik nobud bo‘ladi. Gerbitsidlardan, ayniqsa, 2,4 - dixlorfeniloksiatsetat (2,4 D) va 2 - metil - 4 - xlorfenoksiatsetat ( 2M -4 X) keng ishlatiladi. 2,4 D - ( C6 H32C2) CH2 COON va 2 M - 4X - ( CH3 C6H3C) CH2 COOH lar bir pallali zig‘ir, arpa, bug‘doy kabi o‘simliklarga zarar etkazmagan holda yovvoyi o‘simliklarni nobud qiladi. Ayniqsa 2,4 D dan oz miqdorini (hatto 1 mg dan kam) ikki pallali o‘simliklar tanasiga kiritilsa, tezda fiziologik jarayonlar buziladi, o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi va nobud bo‘ladi.

Umuman, 2,4 D ko‘pchilik bir pallali o‘simliklarga ta’sir etmaydi. Ikki pallalilarga esa kuchli ta’sir etadi. Buning asosiy sabablari ularning kimyoviy tarkiblarining har xilligidir. Ular modda almashinuv xusuiyati bilan farq qiladi.

Makkajo‘xori ekilgan dalalarda begona o‘tlarga qarshi simazin gerbitsididan foydalanish mumkin. Bu preparat o‘simliklarga asosan ildiz orqali o‘tadi, shuning uchun ham simazin tuproqqa solinadi. Simazin hujayraning mitoz jarayoniga, oddiy uglevodlarning sinteziga, Xill reaksiyasiga va boshqalarga zararli ta’sir etadi. Makkajo‘xorining hujayralari tarkibida mavjud ayrim kimyoviy birikmalar simazinni neytrallash qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham u makkajo‘xoriga ta’sir etmaydi.

Gerbitsidlardan g‘o‘za maydonlaridagi begona o‘tlarga qarshi kurashda ham foydalaniladi, bulardan eng muhimlari monouran, diuran, kotoron va boshqalar. Bu gerbitsidlar begona o‘tlarning fotosintez va nafas olish jarayonlarining o‘zgarishiga ham katta ta’sir etadi.

Umuman, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida begona o‘tlarga qarshi kurash maqsadida foydalanish mumkin bo‘lgan 200 dan ortiq gerbitsid aniqlangan.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish