O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 0,99 Mb.
bet8/55
Sana06.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#323960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Fiziologik qurg‘oqchilik - tuproqda o‘simliklarni ta’minlash uchun yetarli miqdorda suv bo‘lsa ham uni ayrim sabablarga ko‘ra o‘simliklarning o‘zlashtira olmasligi bilan tavsiflanadi. Bularga tuproqda tuzlarning to‘planishi (sho‘r tuproqlar), tuproq haroratining juda past bo‘lishi, kuchli nordon reaksiyaga ega bo‘lgan tuproqlar ( pH 3 - 5) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bunday tuproqlarda ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sa olmasliklari sabablaridan biri suvni o‘zlashtira olmaganligidir.

Quruq tuproqda o‘simliklarning suv bilan ta’minlanish jarayoni buziladi. Natijada o‘simlikda uzoq vaqtgacha suv tanqisligi va so‘lish holati davom etadi. Suv balansining uzoq vaqtgacha buzilishi o‘simlikda fiziologik jarayonlarning o‘zgarishlariga ham sabab bo‘ladi. Suvsizlik natijasida protoplazmaning kolloid va kimyoviy xususiyatlari zararlanadi. Oqsillar sintezi keskin pasayadi. Chunki, informatsion RNK iplarini uzuvchi adenozintrifosfataza faollashadi, polisomalar parchalana boshlaydi.

Qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik hujayralari, to‘qimalari va organlarining sezilarli darajada suvsizlanishga chidashidir. Suvsizlanish sitoplazma xususiyatlarini buzadi, oqsil sintezi sekinlashadi, polisomalar ribosomalarga, ular esa o‘zlarining subbirliklariga parchalanib ketadi. Shuningdek, suvsizlik moddalar almashinuvini pasaytiradi. Buning natijasida esa o‘simliklarning o‘sishi to‘xtaydi va hosildorlik kamayib ketadi. Bu asosan generativ organlar kam hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi.

Qurg‘oqchilik o‘simliklarni suvga bo‘lgan talabini qondira olmaydigan meteorologik sharoitdir. Qurg‘oqchilikning asosiy sabablari yog‘ingarchilikning bo‘lmasligi, transpiratsiya va tuproq yuzasidan suvning ko‘plab bug‘lanishidir. Ayniqsa kuchli shamollar ildiz tarqalgan tuproq qatlamining qurishiga olib keladi. Atmosfera qurg‘oqchiligi quruq va issiq havo ta’sirida havo namligi juda kam bo‘lganda paydo bo‘ladi. Bunda o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi va barg sathi kengaymaydi, natijada ekinlarning hosildorligi kamayadi.

Qurg‘oqchilik o‘simliklar tanasida boradigan biosintetik jarayonlarni keskin kamaytiradi, oqsillarning parchalanishi ro‘y beradi. Organik zaxira moddalar miqdori kamayadi. Bu esa o‘z navbatida o‘simlik o‘sishini sekinlashtiradi. Ushbu va boshqa hollar tufayli barg quriy boshlaydi va undan kraxmal yo‘qoladi. Shuningdek, o‘simliklar ildiz tizimlarida fosfor almashinuvi keskin o‘zgaradi, fosforlanish jarayoni jadalligi pasayadi. Qurg‘oqchilik oxir oqibatda o‘simliklar hosildorligini o‘ta pasayib ketishiga olib keladi.

Madaniy o‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish dolzarb muammo bo‘lib, bu sohada ayrim ishlamalar mavjud. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi tashqi sharoit ta’sirida o‘zgaradi. I.I. Tumanovning izlanishlarida ko‘rsatilishicha, o‘simliklarga qurg‘oqchilik bilan ta’sir etish usuli bilan chidamliligini oshirish mumkin. I.I.Tumanov tekshirishlari bir marta suvsizlangan o‘simlik bundan keyingi suvsizlanishiga chidamli bo‘lib, ikkinchi marta suvsizlanish va so‘lish ularga ancha kuchsiz ta’sir qilganligini ko‘rsatadi. P.A.Genkel chiniqtirishni urug‘ning unayotgan paytida o‘tkazishni tavsiya etadi. Bu usul bo‘yicha urug‘ endigina unayotgan vaqtda bir martadan uch martagacha quritiladi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday ekishdan oldin chiniqtirish qurg‘oqchilik vaqtlarda bug‘doy hosilini sezilarli darajada oshiradi. P.A.Genkelning tushuntirishi bo‘yicha organizm rivojlanishining dastlabki vaqtlarida kuchliroq chiniqadi (1-rasm).




1-rasm. Urug‘larni ekishdan oldin chiniqtirish natijasida kungaboqar bargidagi kseromorf belgilarning o‘zgarish darajasi.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish