O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 0,99 Mb.
bet29/55
Sana06.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#323960
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Sovuqqa chidamlilik. O‘simliklarning sovuqda halok bo‘lishiga bir qancha holatlar sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘simlik yer ustki qismi hujayralarining turgorini yo‘qotishi, havoning suv bug‘lariga to‘yinganligi va boshqalar. Agar bodring o‘simligining 3°C issiqlikdagi sharoitga joylashtirsak, 3 kundan so‘ng u so‘liydi va o‘ladi. Chunki, uning organlarida turgor yo‘qoladi. Buning natijasida esa suv bug‘lantiradigan organlarga suv etkazib berish buziladi. Ammo, nisbatan past haroratda, o‘simlik suv bug‘lantirishi ta’siridan boshqa holatlar natijasida ham, ya’ni, havo suv bug‘lari bilan to‘yingan holatda ham halok bo‘lishi mumkin. Bunda havo harorati to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlikda ketadigan modda almashinuviga ta’sir qiladi.

Issiqsevar o‘simliklarning sovuq ta’sirida nobud bo‘lishini asosiy sabablari: nuklein kislotalari va oqsil sintezining buzilishi, protoplazma qovushqoqligining ko‘tarilishi va natijada membranalar o‘tkazuvchanligining buzilishi, assimilyatlar oqimining to‘xtashi, fermentlar faoliyatining o‘zgarishi va natijada dissimilyasiya jarayonlarining kuchayishi, hujayrada zaharli moddalarning ko‘payshi va boshqalar. Sovuq harorat ta’sirida fotosintez jarayoni to‘xtab qoladi, sintez jarayonlariga nisbatan gidroliz jarayonlari tezlashadi. Sovuq haroratda zaiflashgan ildiz bo‘g‘zida patogen mikroorganizmlar rivojlanib, o‘simlikni shikastlaydi va nobud qiladi. Tanasida bunday o‘zgarishlar kuchsiz bo‘ladigan yoki bo‘lmaydigan o‘simliklar sovuqqa nisbatan chidamli bo‘ladi.

Issiqsevar o‘simliklarning sovuqqa chidamliligini nisbatan oshirish usullari ham tavsiya etilgan. X.X. Eniliev (1955) tavsiyasi bo‘yicha, g‘o‘za maysalarining sovuqqa chidamliligini oshirish uchun ekishdan oldin chigit 20 soat davomida 0,25 foizli ammoniy nitrat eritmasida ivitiladi. J.X. Xo‘jaev (1985) tavsiyasi bo‘yicha g‘o‘za maysalarining sovuqqa chidamligini oshirish uchun ekishdan oldin 24 soat mobaynida mikroelementlarni 0,001 foiz mis sulfat va 0,05 foiz marganes sulfat tuzlari eritmasida ivitiladi. Bu chigitlardan unib chiqqan maysalarda hujayra sitoplazmasining qovushqoqlik darajasi kamayadi, fermentlar faolligi oshadi, xlorofill sintezi va fotosintez jarayoni jadallashadi, natijada moddalar almashinuvi tezlashib, maysalar yaxshi rivojlanadi. Kaliy o‘g‘itlari ham sovuqqa chidamlilikni oshiradi. Issiqsevar o‘simliklarning nishlagan urug‘larini sovuqqa chiniqtirish usullari ham taklif etilgan. Masalan, bodring, pomidor, qovun kabi o‘simliklarning nishlagan urug‘lariga bir necha kecha - kunduz davomida 12 soatdan +1+5 °C va +10+20 °C harorat bilan ishlov berilganda ularning sovuqqa chidamliligi sezilarli darajada oshadi.

Ko‘pgina o‘simlik turlarida oqsillarning yemirilishi natijasida azotning eruvchan formalari miqdorining oshishi kuzatiladi. O‘simliklardagi moddalar almashinuvi jarayonining nomaqbul kechishi hamda nisbatan past havo haroratining uzoq davom etishi natijasida o‘simliklarning halok bo‘lishiga asosiy sabablardan biri- bu hujayra membranasidagi o‘zgarishlardir.

Natijada past haroratda issiqsevar o‘simliklar hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi to‘yingan yog‘ kislotalari suyuq - zarracha holatidan quyuq holatga o‘tadi. Bu o‘z navbatida membrananing moddalar o‘tkazuvchanligini buzilishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi issiqsevar o‘simliklarini sovuqqa chidamliligini bir qancha usullar bilan oshirish mumkin. Masalan, o‘simliklarning nish urgan urug‘larini yoki ko‘chatlarini 12 soatdan navbat bilan 5 °C va 10-20 °C haroratda ushlab turish orqali o‘simliklarni chidamliligni oshirish mumkin. O‘simlik urug‘larini 0,25 % li mikroelementlar yoki ammoniy nitrat tuzi eritmasida 18 - 20 soat ushlab turish ham shu urug‘lardan unib chiqqan o‘simliklarning nisbatan past haroratga chidamliligiga olib keladi. Bizning regionimiz asosiy ekini g‘o‘zaning sovuqqa chidamliligini ham xuddi shu usul bilan nisbatan oshirish mumkin.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish