O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Morfologik va anotomik chidamlilik



Download 1,05 Mb.
bet54/56
Sana06.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#322587
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Morfologik va anotomik chidamlilik. Bunga o‘simlik to‘qimalari tuzilmasining mustahkamligi, qoplovchi to‘qima hujayralari devorlarining va kutikulaning qalinligi, tikanlar va tuklarning mavjudligi, hujayralarning kichik bo‘lishi va hujayralararo bo‘shliqlarning kamligi va boshqalar kiradi.

  • Fiziologik chidamlilik. Bunday chidamlilikni og‘izchalar harakatining o‘ziga xos xususiyatlari, CAM - metabolizm, hujayra shirasining nordonligi va osmotik bosimi miqdori kabilar ta’minlaydi.

  • Kimyoviy chidamlilik. To‘qima hujayrlarida har xil himoya moddalarining (himoya oqsillari, uglevodlar, prolin, fitonsidlar, alkaloidlar, fenol birikmalari, fitoaleksinlar va boshqalar) to‘planishi bilan tavsiflanadi.

    O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida tashqi muhit omillarini (harorat, yorug‘lik, tuproq namligi va unumdorligi) mo‘‘tadil darajaga yo‘naltirish katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, o‘simliklarning mineral oziqlanishiga ko‘proq e’tibor berilmoqda. Keyingi yillarda fosfor, kaliy va mikroelementlar ta’sirida o‘simliklarning patogen mikroorganizmlarga chidamliligi oshganligi aniqlangan. Oziqa elementlarining miqdori, nisbati va qo‘llash muddatlaridan to‘g‘ri foydalanish metabolitik jarayonlarni faollashtiradi va natijada o‘simliklarning kasallikka chidamliligi ham mustahkamlanadi.

    Xulosa.

    O’zbekiston ekofiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri H.A.Maksimovdir(1880-1952). U o’zlarining shogirdlari ( I.I. Tumanov, F.D.Skazkin, B.U.Razumov, Mashkov, V.G.Aleksandrov, I.B.Krasovskaya va boshqalar) bilan birgalikda o’simliklarning qishningning noqulay omillari ta’siriga sovuqga, qurg’oqchilikga chidamlilik fiziologiyasi, o’sish va chidamlilik fiziologiyasi,suniy yorug’likda o’sish kabi jarayonlarning nazariy asoslarini ishlab chiqdilar.

    O’simliklarning stressorlarga chidamligi o’sish va rivojlanish bosqichlarida har xil bo’ladi. Tinim davrida ularning chidamliligi eng yuqori bo’ladi. Eng chidamsizlik- o’simliklarning yosh maysalarida kuzatiladi. Keyinchalik o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi bilan bir qatorda ularning chidamlilik darajalari ham to pishib yetilish bosqichigacha ortib boradi. Ammo, o’simliklarning gullash fazasi, ayniqsa gametalarning shakllanish muddati ham kritik sanaladi. Chunki, bu muddatlarda o’simliklar stressorlar ta’sirida kuchli zararlanishi va hosildorlikni keskin kamaytirishi mumkin.

    Ko’pchilik qishloq xo’jalik o’simliklari uchun tuproqning optimal namligi to’liq nam sig’imiga (t.n.s) nisbatan 60-70 % hisoblanadi. Bug’doy uchun bu ko’rsatgich 70-80 % bo’lganda quruq modda miqdori oshadi. Tuproq namligi yuqoridagi darajadan ham oshganda barcha sintetik jarayonlar sekinlashadi.. Suv yetishmasligi natijasida o’simliklardagi suv balansi o’zgaradi. Ya’ni ildiz orqali kirayotgan suvga nisbatan sarflanadigan suv miqdori oshadi, hujayralarning suvsizlanishi va ularda suv tanqisligi ham oshadi. Osmotik, suv, turgor potensiallari va boshqa ko’rsatgichlarning qiymatlari hujayraning tarkibidagi suvning miqdoriga uzviy bog’liq.

    Issiqlikka chidamli o’simliklar protoplazmasining qovushqoqligi va elastikligi yuqori bo’ladi. Bug’langan suv miqdori ko’p bo’lgan o’simlik oqsillari issiqqa chidamli bo’lib, tezlikda koagulyasiyaga uchramaydi. Issiqlikka chidamli o’simliklarning nafas olish jarayonida ko’proq organik kislotalar hosil bo’ladi va ular ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin, glutamin kabi aminokislotalar hosil bo’ladi. Natijada erkin ammiak neytrallanib, o’simliklarga zarar yetkazmaydi. RNK miqdori ko’p bo’lgan o’simliklar ham issiqlikka chidamli bo’ladi. Ko’pchilik suv bilan yaxshi ta’minlangan mezofitlar transpirasiya jadalligini oshirish orqali kuchli issiqlik ta’siridan saqlanadi. Bu o’simliklarning barg harorati havo haroratiga nisbatan 4-6oC gacha past bo’ladi.

    O’simliklar o’zlarining sovuqqa chidamligi bo’yicha ikkita guruhga bo’linadi, ya’ni, sovuqqa chidamli va izg’iringa chidamli o’simliklar. Sovuqqa chidamli o’simliklarga nisbatan past havo haroratiga chidamli, issiqsevar janub o’simliklari mansub bo’lsa, izg’iringa yoki muzlashga chidamli o’simliklarga 0oC dan past haroratga ham chidamli turlar kiradi.

    Tuproqning ortiqcha sho’rlanshi o’simliklar uchun (ayniqsa qishloq xo’jalik ekinlari) ikki tomonlama zararli hisoblanadi. Birinchidan, tuzning ko’payishi tuproq eritmasining osmotik bosimini oshiradi va ildizlarning suvni shimish tezligiga salbiy ta’sir etadi. Osmotik bosimi past bo’lgan o’simliklar bunday tuproqlardan suvni o’zlashtira olmaydi.Ikkinchidan, tuproqda eruvchan tuzlarning ortiqcha to’planishi o’simliklarga zararl;I ta’sir etadi. Kuchsiz konsentrasiyalarda salbiy ta’sir etmaydigan tuzlar ham hujayralarda to’planib, konsentrasiyasi yuqori bo’lgandan keyin zaharli bo’ladi. Bularga natriy xlor va natriy sulfat tuzlarini kiritish mumkin.

    O’simlikshunoslikda o’simliklarnng sho’rga chidamlilik muammosini o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tuproq sho’rlanishining yildan- yilga oshib borishi qator qishloq xo’jalik o’;simliklaridan yuqori va sifatli hosil olishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

    Sho’rlangan tuproqda o’sadigan o’simlik barglarining anatomik tuzilishlarida ham o’zgarishlar paydo bo’ladi. Ko’pchilik olimlarning fikriga qaraganda, tuprog’i sho’rlangan sharoitlarda o’sgan o’simliklarda sukkulentlik belgilari paydo bo’ladi. Bunda burglar qalinlashadi, epidermis hujayralarining sathi oshadi, ma’lum barg sathidagi ustisalar soni kamayadi. Tuprog’i sulfatli sho’rlangan sharoitda g’o’za, g’alla navlari galokserofit belgilari paydo bo’ladi, ya’ni, epidermis hujayralarining o’lchami kichiklashadi, ustisalar soni oshadi. Hamda o’tkazuvchi tizimlar yaxshi rivojlanadi.

    Fan-texnika va xalq xo’jaligi taraqqiyotining hozirgi davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar asosiy va murakkab bo’lib bormoqda. Shulaardan tabiiy muhitning zaharli gazlar, radiofaol va zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va ularning oldini olish muammolarini ko’rsatish mumkin.

    “Qo’zg’alish” organizmning noqulay omilga javobi sifatida uch bosqichdan iborat bo’ladi. Bular “jonlanish”, “moslanish” va “holsizlanish” bosqichlaridir. Agar qo’zg’alishning oxirgi uchinchi bosqichi tez rivojlansa, organizm halok bo’lishi mumkin.

    O’simliklarning mustahkamlik darajasi ularning noqulay omillarga chidamlilik darajasi, ya’ni, yuqori va past haroratga, kislorod yetishmasligiga, suv tanqisligiga, sho’rlanishga, muhitning ifloslanishiga, ionlantiruvchi nurlar, infeksiya va boshqalarga chidamliligi bilan o’lchanadi.

    Yuqorida ko’rsatilgan barcha noqulay omillarni bitta qilib qo’zg’atuvchilar deb, organizmlarning reaksiyasini esa “qo’zg’alish” deb atash mumkin. Mana shu qo’zg’atuvchilarning ta’sir qilish vaqtiga qrab himoya mexanizmlari vujudga keladi. Masalan, o’simlikka nisbatan noqulay omilning ta’siri uzoq vaqt davom etsa, himoyalanishning maxsus mexanizmlari qisqa bo’lsa, himoyalanishning nomaxsus mexanizmlari vujudga keladi.

    O’simliklarning qurg’oqchilikdan so’ng o’z holatini tiklashi, suv yetishmasligi va yuqori harorat ta’sirida hujayraning o’z genetic tarkibining saqlab qolishiga bog’liqdir. Masalan, DNK molekulasining qurg’oqchilikdan himoyalanishi uning molekulasining yadro oqsillari yordamida qisman o’z faolligini yo’qotish xususiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham DNK miqdorining o’zgarishi faqt uzoq muddat davom etgan kuchli qurg’oqchilik holatidagina kuzatilishi mumkin.

    O’simliklar suv yetishmagan sharoitda yuzaga keladigan biokimyoviy o’zgarishlarda yana biri – o’simlik to’qimalarida o’sish ingibitorining garmonlaridan biri bo’lgan etilen garmonining ma’lum miqdorda ko’payishidir. Masalan, bug’doy barglarida suv miqdorining 9 % kamayishi 4 soat davom etsa, etilen garmonining barglaridagi miqdori 30 marta ko’payadi. Agarda o’simliklarning suv bilan ta’minlanishi yaxshilansa, o’simlik to’qimalarida etilenning hosil bo’lishi va uning umumiy miqdori yana o’zining avvalgi holatiga qaytadi.

    Demak, o’simliklardan yuqori va sifatli hosil olish uchun ular tanasida kechadigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning faolligiga tashqi ekologik omillarning ta’sirini o’rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

    Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.

    1.KarimovI.A. Yuksak malakali mutaxasisslar-taraqqiyot omoli. Toshkent, O’zbekiston 1995.-24 b.

    2.KarimovI.A. Yuksak malakali mutaxasisslar-taraqqiyot omoli. Toshkent, O’zbekiston 1995.-24 b.

    3.Karimov.I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.

    4.Arakelov P.V. Paxtachilikda suvdan tejab foydalanish. Toshkent: Mehnat,1990-yil 5.Beknazarov B.O. O’simliklar fiziologiyasi.-Toshkent: Aloqachi, 2009-yil

    6.Dvorakovskiy M.S. O’simliklar ekologiyasi.- M: Oliy maktab, 1983-yil

    7.Zokirov T.S. Paxta dalasi ekologiyasi.- Tosh Mehnat, 1991-yil

    8.Kretovich B. L. O’simliklar biokimyosi. -Maskva Mir, 1986-yil

    9.Lebedov C. I. O’simliklar fiziologiyasi:- M: Agropromizdat, 1988-yil

    10.Medvedov C. M. O’simliklar fiziologiyasi M:- Nauka, 2004-yil

    11.Mustaqimov G. D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari .- Toshkent : O’qituvchi, 1995-yil.

    12.Nosirov N. O. Nauka u xlopok .- Toshkent : O’zbekiston,1977-yil

    13.Sa’diyev M. T., Alimova P.A . O’simliklar fiziologiyasi.-Toshkent Yangiyo’l 2007-yil.

    14.Usmanov I.U., Rahmonqulova Z.F., Kulagin A. U. O’simliklar ekologo-fiziologiyasi . 1995-yil.

    15.Xolliyev A.E., Norboyeva U.T., Bo’riyev S.B . O’simliklarda suv almashinuvi .-Buxoro: Ziyo nashriyoti , 2006-yil.

    16. Xolliyev A.E., Norboyeva U.T. Botanika va o’simliklar fiziologiyasidan izohli lug’at .-Buxoro: Shahzod print , 2011-yil.

    17. Xolliyev A.E., Norboyeva U.T. O’simliklarning mineral oziqlanish fiziologiyasi .-Buxoro: Shahzod print , 2011-yil.

    18.Xo’jayev J.X. O’simliklar fiziologiyasi . .- Toshkent: Mehnat , 2004-yil.

    19.W W W. ziyo. Uz.

    20.WWW. pedagog. Uz



    Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish