Qurg‘oqchilik sharoitida bug‘doy organlarida erkin aminokislotalarning umumiy miqdori
(absolyut quruq massaga nisbatan, % hisobida)
Organ
|
Nazorat
|
Qurg‘oqchilik
|
Qurg‘oqchilik nazorat
|
Barg
Poya
Boshoq
|
Odesskaya-16
0,386
0,631
0,407
|
1,283
1,407
1,158
|
3,3
2,2
2,8
|
Barg
Poya
Boshoq
|
Mironovskaya-808
0,331
0,498
0,313
|
1,172
1,249
1,096
|
3,5
2,5
3,4
|
Barg
Poya
Boshoq
|
Bezostaya-1
0,578
0,968
0,505
|
2,372
2,279
1,850
|
4,1
2,3
3,7
|
Suv tanqisligi natijasida o‘simliklarning so‘lishi va erkin aminokislotalar ko‘payishi bilan birgalikda o‘simlik uchun zaharli bo‘lgan ammiak moddasi ham to‘planadi. Shuning uchun ham qurg‘oqchilik sharoitida to‘plangan ammiakni zararsizlantirish uchun asparagin va glutamin aminokislotalar miqdori oshadi. Bunday noqulay omil ta’sirida o‘simliklarda ko‘p miqdorda prolin ham to‘planadi. Lekin, ba’zan o‘simliklar uchun azot etishmaganda va tuproqning sulfatli sho‘rlanishida ham prolin miqdori oshishi aniqlangan. Qurg‘oqchilik sharoitida o‘simliklarda nuklein kislotalar sintezi buziladi, ayniqsa RNK miqdori keskin kamayadi. Kuchli qurg‘oqchilik sharoitida polisomalar erkin ribosomalarga parchalanadi. Bunda oqsil biosintezi va ayniqsa birinchi o‘rinda informatsion RNK miqdori keskin kamayadi. Shmatko va Rubanyuk (1976) ma’lumotlariga qaraganda bug‘doy o‘simliklarida tuproqdagi suv tanqisligi 53% ga yetganda DNK va RNK ning miqdori 7-10% ga kamaygan.
Tuproq qurg‘oqchiligi sharoitida o‘simliklar tanasida ABK miqdorining keskin ko‘payishi ko‘pchilik olimlar tomonidan aniqlangan. ABK miqdorining ko‘payishi hujayrada turgorning kamayishi va o‘simlikning so‘lishi vaqtiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga qaraganda ABK o‘simliklarning qurg‘oqchilikka moslanishida katta ahamiyatga ega. Bunday sharoitda ABK bargda va ildizda qarama-qarshi bo‘lgan ikki xil ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, ABK qurg‘oqchilik sharoitida tezda barg og‘izchalarini yopilishini ta’minlaydi, ildizlarda esa endodermaning o‘tkazuvchanligini kuchaytirib ildizga suvning kirishini tezlashtiradi. O‘simliklarga qurg‘oqchilikning salbiy ta’sirini yumshatishda, suvdan samarali foydalanishda o‘g‘itlarning ahamiyati nihoyatda katta. Mineral va organik o‘g‘itlar o‘z muddatida etarli berilganda o‘simliklarning hosildorligi va uning sifati ham yaxshilanadi.
Qurg‘oqchilikka chidamsiz o‘simliklarda fotosintez jarayoni kuchsiz qurg‘oqchilik ta’sirida ham zararlanadi. Qurg‘oqchilik, ayniqsa suvsizlikka chidamsiz bo‘lgan o‘simlik turi va navlarining fotosinteziga kuchli salbiy ta’sir qiladi.
Qurg‘oqchilik sharoitida fotosintezni o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlarga qaraganda ko‘pchilik o‘simliklarda suv tanqisligining ta’siri natijasida CO2 diffuziyasi birmuncha faollashadi. Davomli qurg‘oqchilikning keyingi etaplarida fotosintetik faollik pasayadi. Suvning yo‘qotilishi hisobiga fotosintezning pasayishi ko‘pincha og‘izcha qarshiligining kuchayishi hisobiga ham sodir bo‘ladi.
Ma’lumki, fotosintez xloroplastlarning asosiy va yagona funksiyasi hisoblanadi. Hujayraning boshqa organoidlariga qaraganda xloroplastlar o‘zlarining avtonomligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramasdan xloroplastlarning maxsus DNK, RNK, fermentlar va ribosomalari mavjud. Lekin ularning avtonomligi absolyut xarakterga ega emas.
Muhitning turli xil omillari ichida xloroplastlar faoliyatiga suv bilan ta’minlanish darajasi kuchli ta’sir qiladi. Chunki, suv fotosintez jarayonida bevosita ishtirok etadi. Xloroplastlardagi suv miqdorining stabil (muqim) bo‘lishi qurg‘oqchilik sharoitida hosil salmog‘ini belgilaydi. Ayni paytda xlorofill suvsizlikka o‘ta sezgir ham hisoblanadi.
Fotosintez murakkab jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, fermentlar tizimi orqali amalga oshadi. Ayni paytda qurg‘oqchilik fotosintezning ba’zi bir holatlariga ta’sir etadi. O‘simliklarda fotosintez mahsuldorliga qurg‘oqchilikning salbiy ta’siri og‘izchalarning ochilish darajasiga bog‘liq emas.
Fotosintez jadalligiga qurg‘oqchilikning ta’siri bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar bajarilgan. Bunday sharoitda fotosintezning sekinlashishi ko‘pincha og‘izchalarning yopilishi bilan izohlangan. Bunda qurg‘oqchilikdan tashqari haroratning ham ta’sirini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qurg‘oqchilik sharoitida fotosintez keskin pasaymaydi. Hatto kuchsiz va qisqa vaqtli qurg‘oqchilik ushbu jarayonni qisman jadallashtirishi ham mumkin. Kuchli va davomli qurg‘oqchilik ta’sirida fotosintez keskin sekinlashadi.
Qurg‘oqchilik ta’sirida fotosintez mahsulotlarining sintezlanishiga ko‘ra ularning sarflanishi sekinlik bilan boradi. Natijada barglar tarkibida qand miqdori ko‘payadi. Qurg‘oqchilik sharoitida hosilning pasayishiga ko‘pchilik holatlarda fotosintez depressiyasi emas balki, o‘sish jarayonlarining sekinlashishi sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda ko‘pchilik fiziologik jarayonlar davom qiladi, lekin o‘sish to‘xtaydi.
V.N.Jolkevich (1982) ma’lumotlariga qaraganda, suv tanqisligi sharoitida o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan energetik almashinuvi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Chiniqtirilgan urug‘lar unishining dastlabki soatlarida chiniqtirilmagan urug‘larga qaraganda nafas olish jadalligining yuqori bo‘lishi aniqlangan.
Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik o‘simliklari uchun tuproqdagi namlik darajasi to‘liq nam sig‘imiga nisbatan 60-70% bo‘lganda optimal darajada suv bilan ta’minlangan hisoblanadi. Tuproq namlik darajasi 70-80% bo‘lganda bug‘doy barglarida quruq modda miqdori oshgan. Tuproq namlik darajasini yanada oshirish sintetik jarayonlarni sekinlashishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, o‘simliklarda peroksidaza fermenti faolligining oshishi ularni noqulay sharoit omillariga moslanish yo‘llaridan biri hisoblanadi. Peroksidaza fermenti faolligining oshishi bilan polifenoloksidaza fermenti ham faollashadi. Katalaza fermenti tirik to‘qimalarda oksidlanish jarayonini boshqarsa, polifenoloksidaza har xil organik moddalarning oksidlanishida oraliq zvenoda muhim ahamiyatga ega. Bunday organik birikmalar o‘simliklarning nafas olish jarayonida hosil bo‘ladi.
Qurg‘oqchilik ta’siri natijasida fermentlar tizimi o‘zgarib, qariyb barcha gidrolitik fermentlar faolligi oshadi. Hujayrada suv miqdorining kamayishi gidrolitik fermentlar faolligini oshiradi. Qurg‘oqchilik sharoitida fermentlarning faolligi to‘g‘risida qator ilmiy adabiyotlarda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Qurg‘oqchilik sharoitida ba’zi bir mualliflar fikricha, katalaza fermentining faolligi o‘zgarmagan, boshqalarning fikricha, uning faolligi oshgan yoki sekinlashgan.
Qurg‘oqchilik sharoitida o‘simliklar bargida uglevodlar miqdorining o‘zgarishi ko‘pgina ilmiy ishlarda muhokama qilingan. Barglarda eruvchan uglevodlarning to‘planishi, ularning qayta oqishining kechikishi va polisaxaridlar gidrolizining natijasidir. Suv tanqisligi sharoitida o‘simliklarning chidamlilik omillaridan biri xloroplastlardagi kraxmal miqdori bilan belgilanadi. Ko‘pchilik ilmiy ishlarda ko‘rsatilishicha, qurg‘oqchilik ta’sirida dastlab xloroplastlarda kraxmalning gidrolizga uchrashi hisoblanadi. Bunga to‘qimalarda osmotik konsentratsiya va suvni saqlash kuchi oshadi.
Ma’lumki, o‘simliklarning suv almashinuvi va qurg‘oqchilikka chidamliligida oqsillar ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Qurg‘oqchilikning boshlanishi arafasida, ayniqsa qurg‘oqchilikka chidamli navlarda proteinlar sintezi faollashadi. Hujayraning suvni saqlash qobiliyatining oshishiga oqsillar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Murakkab bir molekulali oqsil o‘ziga 2000 molekula suvni biriktirish xususiyatiga ega. Gidratatsiya natijasida oqsil molekulasi stabillashadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan o‘simliklar qurg‘oqchilik sharoitida yuqori molekulyar spetsifik oqsillarni to‘playdi. Qurg‘oqchilikka chidamsiz bo‘lgan o‘simliklar bunday xususiyatga ega emas. Qator izlanishlardagi ma’lumotlarga qaraganda, qurg‘oqchilik ta’siri va undan keyingi davrda o‘simliklarning oqsil sintezi xususiyati ularning noqulay omillarga adaptatsiyalanishining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Qurg‘oqchilik ta’sirida g‘o‘za barglarida eruvchan oqsillar miqdori oshadi. Bu esa o‘z navbatida barglarning suvni saqlash qobiliyatining oshishiga va transpiratsiyaning pasayishiga olib keladi. Natijada suvdan samarali foydalanish evaziga hosil salmog‘i kamaymaydi. O‘simliklarda azot almashinuvi ularning qurg‘oqchilikka moslanishida alohida o‘rin egallaydi.
Qurg‘oqchilik ta’sirida oson eruvchan oqsil komponentlari ko‘payadi, qiyin eruvchanlarining miqdori kamroq o‘zgaradi. Qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan o‘simliklarda regidratatsiya natijasida barglardagi pigmentlar va oqsillar tezda qaytadan tiklanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tuproq va atmosfera qurg‘oqchiligi o‘simliklarning oqsil almashinuvi va aminokislotalar metabolizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada oqsillarning fraksion tarkibi keskin o‘zgarib, ba’zi bir aminokislotalar va ularning guruhlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ma’lumki, aminokislotalar almashinuvida o‘simliklarni suv bilan ta’minlash darajasi butun vegetatsiya davomida muhim rol o‘ynaydi.
Qurg‘oqchilik sharoitida erkin aminokislotalar miqdori oshadi, shu bilan birgalikda dezaminlanish sodir bo‘lib ammiak to‘planadi. Qator olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, ammiakni zararsizlantirish amidlar hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi. Bunda asparagin va glutamin aminokislotalarining miqdori qurg‘oqchilik sharoitida oshadi.
Suv tanqisligi ta’sirida aminokislotalar, jumladan prolin miqdori ham oshadi. Prolin miqdorining oshishi qurg‘oqchilikka nisbatan himoyaviy belgilardan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda alanin va asparagin miqdorining oshishi oqsil sintezida o‘zgarishlar yuzaga kelganini ko‘rsatadi. Qurg‘oqchil sharoitdagi o‘simliklarda alanin miqdori 110 mg%, namlik optimal bo‘lgan sharoitda esa bu ko‘rsatkich 88,4 mg% ni tashkil qilgan. Alanin ammiakni bog‘lashda katta ahamiyatga ega, shuning uchun qator adabiyotlarda bu «alanin» effekti deb yuritiladi.
Qator ilmiy izlanishlarda ko‘rsatilishicha, prolin va oqsil miqdori o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri deb ta’kidlanadi. Ba’zan prolin bilan oqsil miqdori bo‘yicha korrelyasiya hamma vaqt ham kuzatilmaydi.
Qurg‘oqchilik ta’sirida aminokislotalar miqdori o‘zgaradi, prolin va alanin miqdori oshadi, treonin miqdori esa kamayadi. Ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, o‘simliklarning o‘sish jarayonida barglardagi erkin aminokislotalar miqdori gullashgacha kamayadi. Gullash davrida barglardagi aminokislotalar oshadi, keyingi bosqichlarda esa ularning konsentratsiyasi keskin pasayadi.
Demak, o‘simlik organlaridagi erkin aminokislotalar umumiy miqdorining o‘zgarishi normal suv bilan ta’minlanganda o‘simliklarning biologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Atmosfera va tuproq qurg‘oqchiligi sharoitidagi aminokislotalar almashinuvidagi yuzaga keladigan o‘zgarishlar o‘simliklarning suv ta’minotining buzilishiga bo‘lgan fiziologik reaksiyasi hisoblanadi. Suv tanqisligi sharoitida o‘simliklarda aminokislotalar, ayniqsa prolinning to‘planishi ularning himoyaviy xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |