75
Imom at-Termiziyning asarlari
Imom at-Termiziyning o‘zi «ilal» masalasi xususida: «Bu (ilal)
masalada uzoq vaqt fikr-mulohaza yuritdim, buning boisi shundaki,
bizdan shu xususda so‘ralganda, oldin o‘z nuqtai nazarimizni ochiq-
oydin aytmadik. Sababi – birinchidan, bizdan avval ilal masalasi
xususida so‘ralgan bir qancha ulamolar ham o‘z fikrlarini
bildirmaganlar, ikkinchidan, ba‘zi muhaddislar o‘rtalarida hadisda
siqa bo‘lgan roviylarning xato, yanglish va vahmlarini aytish g`iybat
76
bo‘ladi, degan ulamolar ham bor edilar. So‘ng odamlar jamiyat
manfaatlarini o‘ylab, bir qancha mashhur muhaddislar, xususan, imom
al-Buxoriy ila bir necha yillik muloqot bo‘lganidan keyin hamda
mazkur fikrga aloqador rivoyatlarni eshitgandan keyin ilal masalasini
oshkora qilishga jazm qildim. Na Iroqda, na Xurosonda ilal, tarix va
isnodlar sohasida imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydan
bilimdonroq kishini ko‘rmadim», – deydilar.
Illatli hadislar xususida imom al-Buxoriyning ustozi Ali ibn
Abdulloh al-Madiyniy, imom Ahmad ibn Hanbal, imom al-Buxoriy,
imom Muslim imom at-Ter-miziy, Abu Hotam va boshqalar asarlar
yozganlar. Mana shu buyuk muhaddislar uchun ham imom at-
Termiziyning ilal to‘g`risidagi asarlari hadislarning siqasi (to‘g`-riligi,
aniqligi)ni tekshirishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Savol va topshiriqlar.
1.Hadis ilmining rivojlanish davrlari.
2.O`rta Osiyolik buyuk muhaddislar.
3.Imom al-Buxoriy hadis ilmining sultoni.
4.Imom at-Termiziyning hayoti va ilmiy merosi.
5.Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning yubileylari
tadbiriga oid fotoalbom tayyorlash.
Mavzu buyicha adabiyotlar ruyxati.
1. Karimov I. A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,
mafkura. 1 – jild. T.: O`zbekiston. 1996.
2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. 2 – jild T.:
O`zbekiston 1996.
3.Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. T.:
Ma‘naviyat 2008.
4 . Yoshlar yili Davlat Dasturi.29 fevral 2008 yil ‘O`zbekiston
ovozi‘.
5. Qur`oni Karim. Abdulaziz Mansur tarjimasi.T.,2001.
6.Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis 1-4 jild
T.,1997.
7.Xoluq Nurboqiy.Qur`oni Karrrimning ilmiy
mo`jizalari.T.,2002.
8 Rouzental F. Torjestvo znaniya. M.,1978.
77
9. Abdulhay Abdurahmonov. Saodatga eltuvchi bilim 1-2 kitob.
T.,Movarounnahr.,2003.
10. A. Mets.Musulmanskiy Renesans.M.,1966.
11. Goncharenko N.V. Geniy v iskustva I nauke.M.1991.
12. Hamidov K. Olis-Yaqin yulduzlar.T.,1990.
13. Xayrullayev M.O`rta Osiyoda ilk uyg`onish davri
madaniyati. T ‘Fan‘ 1994.
14.‘Imom al –Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan
o`rni‘ mazuidagi xalqaro ilmiy amaliy anjuman.
Do'stlaringiz bilan baham: |