O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-rasm. Bakteriofag tuzilish sxemasi



Download 3,31 Mb.
bet16/39
Sana01.01.2022
Hajmi3,31 Mb.
#297924
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Mirkoorganizmlarning oziga xos xususiyatlari va uni organish uslublari

15-rasm. Bakteriofag tuzilish sxemasi
Fag oqsil qobig’i va uni ichida– DNK bo’ladi. Nuklein kislota fagning bosh qismida bo’ladi. Fag dumining oxiri morfologik ancha murakkab tuzilgan. Uni yordamida faglar zararlangan hujayra yuzasiga yopishib oladi. Fag dumining uchida lizotsim fermenti bor. Bakteriya hujayrasiga yopishgandan keyin fag oqsil qobig’ini eritib, ichidagi DNK ni hujayra ichiga tashlaydi. Shu yo’l bilan hujayra zararlanadi. Bu vaqtda fag qobig’i hujayra tashqarisida qoladi, hujayra ichiga faqat fag DNK si kiradi.

Bakteriya ichida fag DNK si takroran ishlab chiqarishni boshlaydi, fermentlar sistemasi va xo’jayin hujayraning qismlaridan foydalanib replikatsiyalanadi. Fag reproduksiyasining dastlabki bosqichlarida bakteriya ichida fag oqsil qobig’i aniqlanmagan. Fag DNK si yetarli miqdorda to’plangandan keyingina oqsil qobig’i shakllanadi. Keyin fag DNK si atrofini spetsifik oqsil o’rab oladi, natijada fagning rivojlangan qismlari shakllanadi. Bakteriya ichiga tushgan fagning bir qismidan bir necha yuz va undan ko’p yangi fag qismlari hosil bo’ladi. Bakteriya zararlanganidan 10-45 minut o’tgach, u yemirilib, ichidan rivojlangan va boshqa sog’lom baktariya hujayralarni zararlash qobiliyatiga ega bo’lgan fag qismlari chiqadi (100 tadan 300 tagacha).

Suyuq bakterial kuturada fagning ko’payganligini hujayralarning lizislanishi tufayli suspenziyaning tiniqlanishidan aniqlash mumkin. Agarli muhitda fagning ko’payganligini Petri idishidagi to’liq kultura yuzasini lizisning dog’ ko’rinishidan aniqlash mumkin. Bu lizis zonalar bakteriyalar koloniyasi fag bilan zarazlangan, chunki bu zona shu yerga tushib qolgan bitta fag qismlarining ko’payishi natijasidir. Bakteriyani lizislab, zararlaydigan faglar kasallik tarqatuvchilar deb ataladi. Bunday faglar bilan birgalikda mo’tadil faglar ham uchraydi. Bunday faglar hujayra ichiga kirib, ularni zarazlamaydi, ular bakteriya ichida qolib, u bilan simbioz hayot kechiradi. Bu faglar profaglar ko’rinishida bo’lib, hujayra bo’linishi bilan birgalikda ko’payadi. Shu yo’l bilan faglar kasallik tarqatmaydigan profag holatini namoyon qiladi.

Profag bo’lgan bakteriya shu profag bilan genetik jihatdan o’xshash bo’lgan zararlovchi fagga qarshi immunitet hosil qiladi. Genetik jihatdan farq qiluvchi profaggi bo’lgan bakteriyaning esa imuniteti bo’lmaydi va u zararlanadi. Shuning uchun ham hujayraga har xil genetik tabiatli faglar kirishi mumkin.

Profag bilan normal rivojlanadigan bakteriya lizogen bakteriya deyiladi. Bakteriya va fag munosabatlari, ya’ni bakteriyaning lizislanishi yoki lizogenlanishi fag va bakteriyaning genotipiga bog’liq. Lekin, lizogen bakteriyadagi fagning qayta ishlab chiqarish irsiy asoslari to’liq o’rganilmagan. Ammo, profagning bakteriya yadrosi moddalari bilan zich aloqadaligi aniqlangan.

Lizagen holat mustahkam emas. Ba’zida bakteriyaning lizogen holati buziladi (fag induksiyasi) va hujayra boshqaruviga bo’ysunmaydigan fag qismlarining sintezi boshlanadi, hujayra zararlanadi. Shundan so’ng, bakteriya ichidan rivojlangan faglar chiqib, boshqa bakteriyalarni zararlaydi yoki profag holati takrorlanadi. Fag qismlarining induksiya sintezi va uning bakteriya hujayrasidan tashqariga chiqishi tufayli mutagenlar ko’payishi mumkin.

Faglar ikki ipsimon spiral shakldagi DNK tuzilmasi va har xil kimyoviy tarkibi oqsildan iborat oqsil qobiqdan tuzilgan. Faqat ayrim faglargina (fX-174) bitta ipsimon DNK tuzilmasini saqlaydi, ammo replikatsiya vaqtida DNK ikki ipsimon molekulaga ega.

Hayvonlarni zararlovchi viruslarning orasida ham DNK, ham RNK saqlaydigan viruslar bor. Masalan: polimiolit kasalligini chaqiruvchi virus.



O’simliklar olamidagi viruslardan tamaki mozaikasi yaxshi o’rganilgan va u tamaki oilasi (Nicosia) vakillarini kasallantiradi. Bu virusning o’ziga xosligi shundaki u o’zida ipsimon spiral RNK saqlaydi. U jinsiy silindr ichida joylashgan bo’lib, uning qobig’i bir xil oqsil moleklasidan iborat, u subbirlik deb ataladi. Bunday oqsil subbirligida 158 ta aminokislota borligi va ularning joylashish ketma-ketligi o’rganilgan. Bu virus o’simlik hujayrasining zararlangan qobig’i orqali uning ichiga tushib olsagina ko’payishi mumkin. Tamaki mazoikasining toza RNK si hujayrani zararlab, har bir virus uchun xo’jayin organizmning aminakislotalaridan foydalanib, oqsil qobiq sintezlaydi.



    1. Download 3,31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish