Bitiruv ishining manbalari. Sarbast, ma`lumki, XX asr boshlaridayoq o`zbek she`riyatiga kirib keldi. Shundan buyon uning ko`plab namunalari yaratildi. Mazkur bitiruv ishi, asosan, hozirgi davr sarbast namunalarini tahlil etishni ko`zda tutadi. Shuning uchun biz ishda Rauf Parfi, Tilak Jo`ra, Abduvali Qutbiddin, Bahrom Ro`zimuhammad kabi sarbastda samarali ijod qilgan shoirlarning hamda bir qator yosh shoirlarning she`rlaridan obyekt sifatida foydalandik. Ammo zaruriyat tug’ilgan o`rinlarda jahon va o`zbek she`riyatining boshqa vakillari ijodi namunalariga ham murojaat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |