O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “TARIX” YO’NALISHI 4-B KURS TALABASI MUSAYEV UCHQUNNING KICHIK BIZNES VA YAKKA TADBIRKORLIK FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Tailand iqtisodiyoti
Bajaruvchi: Musayev U
Qabul qiluvchi: Madenova E
2021
Reja
Tailandning YaIM bo’yicha rivojlanib borishi.
Tailandning daromadi va qarizlari
Kichik biznesi va yakka tadbirkorligining rivoji
Tailand yirik agrar-industrial davlat bo’lib, rivojlanayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.Pul birligi Baht hisoblanadi.1 AQSH $=33,00 baht. Tailand Yalpi Ichki Mahsuloti (YaIM) 8,5 trillion baht yoki 627 milliard dollarni tashkil qiladi.Iqtisodiyoti yirikligi jihatidan Janubiy-sharqiy Osiyoda Indoneziyadan keyingi 2-o’rinda turadi.Tailand aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM hajmiga ko’ra Singapur,Bruney va Malayziyadan keyingi 4-o’rinda turadi.
Fuqarolar jamiyati boshlig’i Sumak Sundaravej 29-yanvardan 2-sentabrgacha (2008 yil) bo’lgan davrda YaIM 5,5%ga o’sganini inflyatsiya esa 9,2% natijani ko’rsatganini ma’lum qildi.
Tailand 1997-yildagi Osiyo mamlakatlari iqtisodiy inqirozigacha bo’lgan davrda YaIM o’rtacha hisobda 9,4%ni tashkil qilgan. Bunga asosiy sabab arzon ishchi kuchi, tabiiy resurslari,xorijiy investitsiya siyosati kabilar edi.
Mamlakat aholisining 49%i qishloq xo’jaligida ishlaydi. Guruch mamlakatning eng muhim qishloq xo’jaligi maxsulotidir. Tailand jahon eksport bozorida guruch eksporti bo’yicha 1-o’rinda turadi. Boshqa qishloq xo’jaligi maxsulotlaridan baliq va baliq mahsulotlari, tropik mevalar, don mahsulotlari, shakar va kauchuk kabilar kiradi.
O’sib borayotgan Tailand iqtisodida hozirda kompyuter va kompyuter jihozlari mebel, jun mahsulotlari, o’yinchoq, plastik mahsulotlar, kiyim-kechak, qimmatbaho toshlar, zargarlik buyumlari kabi sohalar tez sur’atlarda rivjlanmoqda.
2008-yilda Qishloq xo’jaligi, O’rmonchilik, Baliqchilik Tailand YaIM iga 8,4% hissa qo’shdi.Tailand guruch eksportida yetakchilik hamda kravetka eksporti bo’yicha ham yuqori o’rinlardan birida turadi.
1985-yilda Tailand yer maydonining 25%ini o’rmonlar tashkil etgan va YaIMning 15%ini o’rmonchiliktashkil qilgan. 1992-2001-yillar orasida yog’och eksporti 50,000 kub metrdan 2 million kub metrgacha oshdi.
Tailand Konchilik asoslarini lignit, qo’rg’oshin, qalay, ftorit, xantal, gips,tabiiy gaz kabilar tashkil qiladi.1985-yildan boshlab qo’rg’oshin eksportida yetakchilardan biri. 2008-yilga kelib asosan gips eksport qiladi. Gips eksporti bo’yicha Kanadadan kayingi 2-o’rinda turadi. Dunyoga 40 dan ortiq moddalar eksport qiladi.
2007-yilda sanoat YaIM ning 43,9% ini tashkil qildi, ammo bu sohada butun mamlakat ishchilarning 14% igina ishlaydi. Sanoat 1995-2005-yillarda yiliga o’rtacha 3,4%ga o’sdi.
Tailand ASEAN dagi avtomobil ishlab chiqarish markaziga aylanmoqda. 2004-yilda 930,000 dan ortiq uskunalar ishlab chiqarilgan, bu esa 2001-yildagiga nisbatan 2 baravar ortiqdir.
2007-yilda xizmat ko’rsatish sohasi yalpi ichki mahsulotining 44,7%ini tashkil qilgan va bu sohada butun mamlakat ishchilarning 37% ishlaydi.
Turizm ham Tailand YaIMining taxminan 6% ini tashkil qiladi. Ko’chilik turistlar Tailandga asosan ko’rkam plyajlari uchun keladi. Tailand yirik turistik markazdir. Birgina 2007-yilda Tailandga 14 million turist tashrif buyurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |