O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 1,71 Mb.
bet6/11
Sana02.07.2022
Hajmi1,71 Mb.
#729111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ra\'nodoshlar oilasi KURS ISHI1[1]3

May na’matagi bo’yi 1 —1,5 m ga yetadigan buta. Shoxlari yaltiroq, qo’ng’ir-qizg’ish rangli po’stloq bilan koplangan. Shoxlarida tikanlari barg bandining asos qismida juft-juft bo’lib joylashgan. Bundan tashqari, to’g’ri yoki biroz qayrilgan tikanlar shoxlarning pastki qismida juda ko’p bo’ladi. Bargchalarining pastki tomonida yopishgan tuklar bo’ladi. Bu o’simlik Moldova, Ukraina, Belarus, Boltnk bo’yi, Rossiya Ovrupa qismining o’rmon va o’rmon-cho’l, zonasida, G’arbiy va Sharqny Sibirda, Qozog’istonda uchraydi. Tikanli na’matak bo’yi uncha baland bo’lmagan buta bo’lib
shoxlari qo’ng’ir rangli po’stloq hamda ingichka, to’g’ri, dag’al tuklar
(tikanchalar) bilan qoplangan. Bargining asos qismida 2ta ingichka tikani bo’lib, bargchasi tuksiz bo’ladi. Bu o’simlik Sibirning nina bargli o’rmonlarida, Uzoq Sharqda, Tyanь-Shanь o’rmonlarida hamda Belarus, Boltiq bo’yi, Rossiya Ovrupo qismining shimoliy tumanlarida uchraydi. Dauriya na’matagi. Bu o’simlikning shoxlari qo’ng’ir- qizil rangli po’stloq bilan qoplangan. Tikanlari qayrilgan bo’lib, 2 tadan shoxlarining asosida va barg ko’ltig’iga o’rnashgzn. Bargchalarining pastki tomoni siyrak tuklar hamda sariq bezlar bilan qoplangan. Mevasi sharsimon, diametri 1 —1,5 santimetrga teng, u asosan Sharqiy Sibirning janubiy tumanlarida va Uzoq Sharkda uchraydi. Begger na’matagi. Shoxlari ko’kimtir rangli, tikanlari yirik, o’roqsimon egilgan, asos qismi keng, sarg’ish rangli bo’lib, barg asosida juft-juft bo’lib joylashgan. To’pguli — ko’pgulli qalqon yoki ro’vak. Kosacha bargi butun, o’tkir uchli,
16
gullagandan so’ng yuqoriga qarab yo’nalgan. Mevasi mayda. sharsimoi, uzunligi, 0,5— 1, 4 mm, qizil rangli, pishgandan so’ng gulkosachasi to’kiladi. Natijada mevaning yuqori qismida hosil bo’lgan teshikdan ichidagi yong’oqchalari va tuklari ko’rinib turadi. Bu na’matak asosan O’rta Osiyo tog’larining yon bag’irlarida, tog’li tumanlarda ariq va daryolar qirg’oqlarida, yo’l yoqalarida o’sadi. Manzarali buta sifatida o’striladi. Fedchenko na’matagi. Yirik, bo’yi 2—3, ba’zan 6 m gacha bo’lgan buta. Tikanlari yirik, gorizontal joylashgan, qattiq, asos kismida kengaygan bo’lib, yirik shoxlarida zichroq joylashgan. Murakkab barg bo’lakchalari — bargchalari kalin, zangoriroq, tuksiz. Gullari yirik, oq yoki pushti rangli. Mevasi yirik (5 sm gacha uzuklikda), etli, to’q qizil, tuxumsimon, cho’ziq tuxumsimon yoki butilkasimon. Asosan O’rta Osiyoda (Tyanь Shanь, Pomir-Oloy tog’larida) tog’ yonbag’irlarida o’sadi. O’zbekistonning Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog’li hududlarida ko’p tarqalgan. Burushgan na’matak. Shoxlari sertikan bo’lib gorizontal joylashgan, Murakkab barg bo’lakchalari — bargchalari qalin. burishgan, pastki tomoni tukli. Gullari qizil yoki to’q qizil rangli bo’lib, yakka-yakka holda yoki 3—4 tadan poya va shoxlar uchiga joylashgan. Mevasi yirik, sharsimon, yaltirok kizil rangli, yuqori qismida yuqoriga qarab yo’nalgan kosacha barglari bo’ladi. Uzoq Sharq, Qamchatka va Saxalinda dengizning qumloq yerli Kirg’oqlarida o’sadi. Yevropaning bog’larda ko’plab ekiladi. Qo’qon na’matagi. Qari shoxlari gunafsha-qo’ng’ir, yoshlari — qizil jigar rang po’stloq bilan qoplangan. Sertikan, tikanlari qattiq, tor uchburchaksimon, asos qismi kengaygan, biroz egilgan. Gullari 1—2 tadan joylashgan, sariq rangli. Kosacha barglarining uchi biroz patsimon qirqilgan, tukli, ustki qismi bezli, pishgan mevada yuqoriga qarab yo’nalgan. Mevasi sharsimon, diametri 1,5 sm gacha, qo’ng’ir jigarrang yoki qariyb qora rangli.
17
Olmalar kenja oilasi - Maloideae.
Daraxt va buta shaklidagi o’simlik urug’shisi bitta meva bargida shakillangan, tugunchasi ostki. Mevasi shirali. O’zbekistonda uchraydigan vakillarining aksariyat qismi meva daraxtlari hisoblanadi. Olma- (Malus) turkumining O’rta Osiyo 4 turi yobboyi holda ushraydi. Guli – soyabon gul to’plamidan tugunchasining ustunchasi tub qismida tutash, mevasida toshsimon hujayralar uchramaydi, tugunchasi 4-6 xonali, chetdan changlanadi. Olmaning 30 dan ortiq madaniylashtirigan turi malum. Turkumning keng tarqalgan turlaridan biri - Malus domestica madaniy olma. Guli qizg’ish , oqish rangli, mevasi turli- tuman rang va tamli. OLma O’rta Osiyo va Evropa mamlakatlarining muhim meva daraxtlaridan hisoblanadi. U qadim zamonlardan buyon O’rta Evropada, hususan Gresiya, Italiya, Shvetsariya mamlakatlarida tarqalgan. Tropik mamlakatlarda olma u qadar qimmatli emas , chunki uning mevasi tez orada unsimon massaga aylanadi va bizning mamlakatlarimizdagideg totli bolmaydi. O’zbekistonda asosan yovvoyi olma o’sadi. Nok- (Pyrus) turkumning vakillari asosan O’rta Osiyo va Kavkaz o’lkalarida tarqalgan. Turkumning 25 ga yaqin tu’ridan O’rta O’siyoda 5 tasi yobboyi holda ushraydi. Olmadan gulning soxta yoki dasta to’p gullarida ushrashi bilan parq qiladi. Bu turkumning muhim turlaridan madaniy nok (Pyrus domestica) hisoblanadi. Baland bo’yli daraxt, barglari yuraksimon yoki yumoloq, uzun bandli, yaltiroq, chetlari qirqilmagan muhim xo’jaliq ahamiyatga ega bo’lgan meva daraxti. 5000 ga yaqin madaniylashtirilgan
18
navlari malum, o’z ahamiyatiga ko’ra olmadan so’ng ikkinshi o’rinda turadi. Do’lana – Cratacgus turkumining vakillari hamda daraxt o’simlik bo’lib, O’rta Osiyoda 22 turi yobboyi holda keng tarqalgan. Bular orasida ayniqsa, sariq do’lana (Crataegus pontica) va qizil do’lana (Turkestanica) keng tarqalgan. U olma, nok singari inson tomanidan sevib tanobul qilinadigan muhim o’simliklardan hisoblanadi. Mevasi 1-5 danakli manzarali o’simlik sifatida o’stiriladigan, shuningdek, bo’riko’z do’lana, sariq do’lana, qizil do’lana degan turlari bor.Do’lana mevasi tarkibida shaker,asosan fruktoza, ko’p bo’lmagan miqdorda glyukozani uchratish mumkin. Shuningdek do’lana mevasi askorbin kislotasi va kalsiy, kaliy, fosfor hamda tiamin, riboflabin, xolin kabi vitaminlarga boydir. Madaniylashtirilgan do’lana mevasi yangiligi vaqtida kislota va shaker bilan yaqshi birika oladi.Danagining qobig’I juda qattiq, ekilgandan keyin 2- yoki 3-yili unib chiqadi. Uni sulfat kislotaga 12 soat solinib, nam qumda baxrrgacha saqlansa, 1-yiliyoq unadi. Do’lana sovuqqa, qurg’oqchilikka chidamli .Do’lana yovvoyi holda O’zbekistoning tog’li tumanlarida, dengiz sathidan 1000- 1500 m balandlikda ko’pincha yakka holda usadi. Bazan kichik do’lanazorlar ham uchraydi. Bazi turlarining mevsi yirik ko’p istemol qilinadi. Sariq go’lana guli nektar (gulshira) ga boy. Do’lana may- iyunda gullaydi, sentyabr oqirlarida pishadi, 25-30 yoshli daraxti 70-80 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 11,5-15,9 % qand, 8% yog’, 0,67- 0,88 % olma kislota bor. Aslini olganda do’lana mutadil ob- havoni hush ko’radi. Shu boisdan ham uni qadimgi davrlarda Shimoliy Amerika va Orta Osiyo chegaralaridagi 30 va 60 gradus issiq haroratlarda uchratish mumkin. Do’lanadan yashil devor va ihota daraxtzorlari qosil qilishda, eroziyaga qarshi tog’ yon bag’irlarini mustaqkamlashda foydalaniladi. Mevasi pishib etilgan vaqtlari o’zida saponin (suvda ko’piklanadigan organic moddalar) flavonoid, karotin, askorbin va organic kislotalar, kraxmal hamda fruktozanii saqlaydi. Do’lana mevasi gipertoniya, yurak hastaligi, aterosklerozda keng qo’llaniladi. Do’lana nobdalari o’sishi jaryonida C,B va turli gruhga mansub vitaminlar, efir yog’lari, fruktoza, xolin va sorbitlarni o’zida mujassamlashiradi. Do’lanadan tayorlangan dorilar miya va mushaklarda qon aylanishlarini yaqshilaydi. Shuningdek markaziy nerv tizimini tinishlantirib oganizimni jismoniy va aqiliy jihatdan faollashtiradi. Shuningdek, qon aylanishini jadallashtirib, organizim faoliyatini yaqshilaydi.
19

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish