o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
______________________Tarix_____________________ fakulteti
__________________arxeologiya_________________kafedrasi
tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) yo’nalishi
“1-G”kurs talabasi baltabayev xurmatning Arxeologiya fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:O’zbekiston va Markaziy Osiyo tarixini o’rganishda arxeologiyaning ahamiyati
Bajardi: Baltabayev X.
Qabul qildi: Qidirniyazov O.
NUKUS-2020
MAVZU:O’zbekiston va Markaziy Osiyo tarixini o’rganishda arxeologiyaning ahamiyati
Reja:
1.O’zbekiston tarixi fani rivojida arxeologiya fanining o’rni.
2.Arxeologiya fanining predmeti va vaazifalari.
3.O’zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
So’nggi yillarda arxeologiya faniga asosiy diqqat-e’tibor tarixnavislik nuqtai nazaridan qaratilmoqda. Tarixda arxeologiya fanining shakllanish va rivojlanish bosqichlari alohida ahamiyaga egadir.
Mustaqil respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini haqqoniy va to’laqonli o’rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov respublikamizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o’tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bog’liq yig’ilishlarda bir necha marta ta’kidlab o’tgan edi.
Tarixni yoritishda va o’rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So’nggi yillar ichida jahonning, jumladan O’rta Osiyoning turli hududlarida ko’plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma’lumotlar to’plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o’rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to’laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Arxeologiya- tarix fanining mustaqil yo’nalishi bo’lib, o’zining tadqiqot obyekti, shuningdek, ularni ochib o’rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Ya’ni zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, anik, o’rta asrlarga oid yodgorliklarni o’rganish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi.
Arxeologiya va tarixni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, ikkala fanning ham maqsadi bir xil, ya’ni insoniyat tarixini o’rganishdan iborat. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan kishilar tarixchi va arxeolog deb yuritiladi.
Arxeologiyaning tarix fanlari orasida o’z o’rni bor. Tarixni o’rganishda uning ahamiyati katta, chunki tarixiy-moddiy manbalarning soni kundan kunga ko’paymoqda. Moddiy manbalar bitmas-tuganmas. Tarixda hech narsa izsiz yo’qolib ketmaydi. Tarixiy voqealardan arxivda va solnomalarda iz qolmasligi mumkin, ammo yerda albatta uning izi qoladi va ana shu izni toppish arxeologiyaning vazifasidir.
Bizga ma’lumki, tarix fani moddiy manbalarni o’z ichiga oladi. O’tmish tarixni tiklashda qazish natijasida topilgan moddiy manbalar alohida o’rin tutadi. Moddiy manbalar madaniy qatlamlarda saqlanadi. Moddiy manbalar yozma manbalardan qadimiy bo’lib, tarixning ulkan qismini moddiy manbalar, ya’ni arxeologik topilmalar orqaligina tiklash mumkin.
Moddiy manbalarning ko’pi yer qa’rida saqlanadi. Bular- tosh qurollari, har xil mehnat qurollari, suyaklar va hokazolar bo’lishi mumkin. Moddiy manbalar yordamida o’tmish tarixiy jarayonlari- ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealari o’rganiladi.
“Arxeologiya” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib “arxeos”- qadimgi, “logos”- fan ya’ni qadimgi fan degan ma’noni bildiradi. Arxeologiya tarixning tarkibiy qismi, uning bir bo’limi bo’lib, kishilik jamiyati tarixining ulkan davrini o’rganadi. Dastlab bu termin eramizdan avvalgi IV asrda Aflotunning “Gippiy” deb atalgan dialogida uchraydi. U arxeologiyani “Qadim zamon haqidagi fan” degan ma’noda ishlatgan.
Arxeologik tadqiqotlar jahonning turli hududlarida XVII asrdan boshlangan. XIX asrning o’rtalarida arxeologiya butun dunyoda tarixiy fan sifatida shakllandi. Uning shakllanishida Genrix Shlimanning O’rtayer dengizi bo’ylarida qadimgi madaniy sivilizatsiya yodgorliklarini topishi katta rol o’ynaydi. Artur Evans tadqiqotlari esa jahonda muhim voqeaga aylandi. 1900-yilda u Krit orollarida qadimgi madaniyat izlarini topib Krit-Mikena madaniyatini tikladi. Shunday qilib arxeologiya jahonga yoyila boshladi.
O’rta Osiyo hududi kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi makonlaridan biridir. Chunki bu yerlarda juda uzoq davrlardan boshlab insoniyat hayot kechirib kelgan. Tarixchilar umuman misrliklarni eng ilk makonlarni vujudga keltirganlar deb hisoblashgan. Antic davr tarixchisi Trog Pompey esa “O’rta Osiyoliklar qadimiylikda misrliklar bilan baxslasha oladilar”- deb bejiz aytmagan edi. O’rta Osiyo xalqlarining moddiy va madaniy yodgorliklarini o’rganish XIX asr ikkinchi yarmidan boshlanadi. Dastlab rus mustamlakachiligi davrida O’rta Osiyoga kelgan V.Bartold, N.Veselovskiy, V.Vyatkin, N.Ostroumovlar yurtimiz tarixini o’rganishga harakat qilib, arxeologik yodgorliklarni o’rganishni boshladilar. Mahalliy millat vakillari A.Asqarov, M.Mirmuhammedovlarning tadqiqotlari ham arxeologiya fani rivojiga katta ta’sir etdi. 1885-yilda “Turkiston arxeologiya havaskorlar to’garagi” tuzilgandan so’ng arxeologik yodgorliklarni o’rganishda jiddiy yutuqlar qo’lga kiritildi.
Turkistonga ilmiy maqsadda kelgan taniqli olimlar birinchi navbatda o`z ishlarini Akram Asqarov kollektsiyasi bilan tanishishdan boshlashar edi. U o`sha paytda Turkistonda endi kurtak otayotgan arxeologiya fanining faol ishtirokchisi, tashkilotchisi va ijrochilaridan biri bo`lib shakllangan. Ma`lumotlarga qaraganda, taniqli rus sharqshunosi, arxeolog olim, prof. N.I.Veselovskiy (1848-1918) Turkistonga qilgan dastlabki ilmiy safari paytida, taqdir uni Akram Asqarov bilan uchrashtiradi. Afrosiyob va uning atrofidagi yodgorliklar, Buxoro, Sirdaryo, Farg`ona viloyatlaridagi tarixiy obidalarni o`rganishda Akram Asqarov unga katta yordam beradi. Akram Asqarovning mahalliy aholi bilan tezda til topishishi, ko`hna yodgorliklar haqidagi bilimi, ay niqsa arxeologiyaga oid asosiy, tayanch yodgorliklarning joylashgan o`rnini aniq topib berishi N.I.Veselovskiy tadqiqotlari muvaffaqiyatining garovi bo`lib xizmat qiladi va u qazuv tadqiqotlari jarayonida haqli tarzda mashhur olimning o`ng qo`liga aylanadi. Akram Asqarovni nafaqat ko`hna osori-atiqalar yig`uvchi kollektsioner, balki birinchi o`zbek havaskor arxeologi sifatida ham e`tirof etish mumkin. Bu borada N.I.Veselovskiyning Akram Asqarovni Turkiston arxeologiyasi rivojiga qo`shgan hissasini taqdirlash xaqidagi «Rus Arxeologiya jamiyati» komissiyasiga yozgan taqdimnoma xati diqqatga sazovordir. Taqdimnomada muallif Akram Asqarovning kollektsiyachilik va arxeologik qazuv ishlarda ko`rsatgan faoliyatini yuqori baholab quyidagilarni yozadi: «Turkiston o`lkasida qadimgi ashyolar bilan savdo qiluvchilar ko`plab uchraydi, rus kollektsiyachilari ham aksariyat hollarda bunday savdodan faqat foyda ko`rish maqsadida ish olib boradilar. Lekin Akram Asqarov arxeologiya bilan faol tarzda qiziqsada, undan moddiy foyda ko`rishni o`ylamaydi, aksincha arxeologiyaning rivoji uchun o`z hisobidan haq to`laydi... Sirdaryo, Farg`ona viloyatlari va Buxoro amirligiga uyushtirgan arxeologik safarlarimda shaxsan men uchun u juda katta xizmat qildi, uning yordamisiz ko`p narsani bilmas va muvaffaqiyatga erishmas edim». 1887 yilda «Rus Arxeologiya jamiyati» Akram Asqar ovni «Arxeologiya rivojiga qo`shgan xissasi uchun» kichik kumush medal bilan m ukofotlaydi. O`sha davr matbuotining bergan xabariga ko`ra, u «o`z davrida turkistonliklardan chiqqan mashhur, nodir arxeologik buyumlar yig`uvchi va Parijdagi ilmiy arxeologiya jamiyatining a`zosi edi». Akram Asqarov vafoti arafasida (vafoti 1891 y.) o`z kollektsiyasini davlatga topshirishni va davlat odamlari sa`y - harakati tufayli ilm-fanga xizmat qilishini ta`minlashni vasiyat qilgan. Ushbu vasiyatga ko`ra, uning kollektsiyasidan 504 ta tanga, jumladan, 5 ta oltin, 321 ta kumush, 178 ta mis tan ga Turkiston general-gubernatori A.B.Vrevskiyning shaxsan ko`rsatmasi bilan Imperator Ermitaj muzeyiga topshirilgan.
XX asrning birinchi o`n yilligi oxirlarida V.L.Vyatkin rahbarligida Ulug`bek rasadxonasi qoldiqlarini topish maqsadida o`tkazilgan qidiruv-qazuv ishlari katta muvaffaqiyatga erishadi. V.A.Shishkin ta`rifi bilanaytganda,... «qazuv ishlari O`rta Osiyo xalqlari madaniyatining durdona yodgorliklaridan biri, dunyo miqyosidagi kashfiyot, rus va chet el ilmiy nashrlarida katta munozara va muhokamalarga sabab bo`lgan Ulug`bek rasadxonasining ochilishi bilan nihoyalanadi».
Keying yillarda O’rta Osiyoning vodiy, dasht, tog’ oldi va tog’lik joylaridan tosh asri, bronza va qadimgi davrning hamma bosqichlariga mansub juda ko’p yodgorliklar topildi. Mazkur yodgorliklar O’rta Osiyoning ibtidoiy va qadimgi tarixiga nisbatan keng qiziqish uyg’otdi. Hayotimizning barcha sohalarida yangilanish va o’zlikni tanish jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitda uzoq o’tmishimizni o’rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O’rta Osiyoda arxeologiya fanining dastlabki rivojlanish bosqichlari haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bu davrda Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagining (TAHT) ahamiyati juuda kata bo’ldi. 1895 yidda Toshkentda V.V.Bartol`d tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiston Arxeologiyasi havaskorlari to`garagi ham o`lka qadimshunosligini o`rganishga m uayyan hissa qo`shgan ilmiy - jamoatchilik tashkiloti sifatida tarixda kolgan. Amalda 1917 yilgacha faoliyat ko`rsatgan to`garakning asosiy vazifasi Turkiston o`lkasidagi qadimiy yodgorliklar, sharq qo`lyozmalari, tarix, adabiyot, tabobatga oid nodirkitoblar, numizmatika va etnografiyaga oid topilma va kollektsiyalarni qayd qilish, hisobga olish va o`rganishdan iborat edi. Turkiston arxeologiya havaskorlar to’garagi a’zolari, asosan, hukumat vakillari, harbiylar, ta’lim muassasalari director va o’qituvchilari, mahalliy tarixchi, geograf va boshqalardan iborat bo’lgan. Ular tomonidan arxeologik yodgorliklar va numizmatik topilmalar ro’yxatga olindi, arxeologik xarita tuzish uchun ma’lumotlar yig’ildi, arxeologik qazuv ishlari olib borilib, davriy nashrlar chiqarib turildi.
1921-yilda tashkil etilgan Turkiston muzey ishlari va tarixiy yodgorliklar, san’at va tabiatni saqlash qo’mitasi asosiy diqqat-e’tiborni buzilish xavfi ostida qolgan yodgorliklarni ro’yxatga olib, ularni ta’miri bilan shug’ullana boshladi.
1945-yildan SSSR FA Xorazm arxeologik- etnografik ekspeditsiyasi o’z faoliyatini qaytadan boshladi. 1946-yildan A.N.Bernshtam rahbarligi ostida Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyalari tadqiqot ishlari olib borib, Farg’ona arxeologiyasiga taalluqli muhim ma’lumotlar olindi. 1958-yildan Y,Gulomov va V.Shishkin rahbarligi ostida O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Tarix va Arxeologiya institutining O’zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi o’z faoliyatini boshlaydi.
O’rta Osiyo arxeologiyasi, shu jumladan O’zbekiston arxeologiyasini o’rganish hozirgi kunda ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu ishlar bilan maxsus institutlar, universitetlar, arxeologiya kafedralari, joylardagi muzeylar hamda ular bilan hamkorlikda chet el institutlar va universitetlari shug’ullanishmoqdalar. Bularning tadqiqotlari o’lka xalqlari tarixini o’rganishda kata ilmiy ahamiyat kasb etmoqda.
Arxeologiyaning asosiy vazifasi tarixiy manbalar asosida insoniyat o’tmishini tarixini imkon darajasida turli yoritishdan iborat. Arxeologiya fani ibtidoiy jamoa tarixi bo’yicha asosiy ma’lumotlarni berish bilan birgalikda quldorlik va feodalizm davri tarixlarini ham qo’shimcha ma’lumotlar bilan to’ldiradi.
Arxeologik ma’lumotlar arxeologik ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar xarobalari va ulardan o’rin olgan mudofaa va suv inshootlari, metalchilik va boshqa hunarmandchilik ustaxonalar hamda qoyatosh surarlari o’rganish natijasida to’planadi. Arxeologiyada insonlar faoliyati izlari saqlanib qolgan, shuningdek organic va bino qoldiqlaridan hosil bo’lgan qatlamni madaniy qatlam deb ataladi.
Tarix va arxeologiya aslida o’zaro chambarchas bog’liq, bir-birini to’ldiruvchi yagona fanning ikki sohasidir. Chunki arxeologiya ham tarix fani hal qilishi lozim bo’lgan masalalarni yoritishda teng ishtirok etadi. Shuning uchun ulardan birini boshqasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Mazkur fanni tarix va arxeologiyaga, olimlarni esaarxeologlarga ajratish shartlidir, xolos. Shu narsa ravshanki, tarixning asosiy manbayi yozuv va uning manbalari bo’lib, uning paydo bo’lishi miloddan avvalgi IV-III mingyilliklarga borib taqalsa, arxeologiyaning manbalari unga nisbatan juda qadimiydir va bu manbalarning paydo bo’lishi insonning hayvondan ajralib chiqa boshlash davri, ya’ni 2,5-3 million yil qadimiy davrga borib taqaladi. Biz kishilik jamiyati butun tarixini 24 soat deb faraz qilsak, shundan 23 soat 56 minuti ibtidoiy- yozma manbalarsiz davrga, qolgan 4 minuti esa yozma tarixga to’g’ri keladi. Demak, insoniyat o’tmish davrlarini arxeologiyasiz o’rganib bo’lmas ekan. Qadimgi vatanimiz tarixini tiklashda ham arxeologiyaning o’rni juda kata hisoblanadi.
O’zbekistonda milliy arxeologiya maktabini shakllanishida mahalliy aholi orasidan chiqqan Yah’yo G’ulomovich Gulomovning xizmatlari juda kattadir. Yah’yo G’ulomovich G’ulomovning haqikiy olim bo’lib yetishishida uning juda ham ko’plab yirik rus olimlarining maruzalarini tinglashi, ular bilan bevosita muloqotda bo’lishi, Xorazm, Surxondaryo, Zarafshon va Farg’onadagi arxeologik obidalardagi qazishmalarda qatnashishi uni yirik olim bo’lib yetishishida katta ro’l o’ynadi. Ayniqsa V.L.Vyatkin, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, M.E.Masson, A.Đ.Terenojkin, A.Đ.Bernshtam, S.P.Okladnikov, Gerasimov kabi arxeologiya
fanining darg’alari bilan bo’lgan muloqotlari katta rol o’ynadi.
Xulosa.
Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1998-yilning iyunida bir guruh tarixchi olimlar, ijodiy xodimlar jurnalistlar bilan bo’lgan suhbatida haqqoniy tarixni tiklash uqtirilgan edi. Suhbatda yurtboshimiz bu masalaga e’tiborni jalb etib bunday degan edi:”Nazarimda, o’zbek xalqining tarixiy o’tmishini, o’zligini, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda yaxlit konsepsiya yo’q. o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur”.
Biz vatanimiz tarixi uzoq o’tmishga ega ekanligini ko’rsatishimiz uchun ham arxeologiyaga murojaat qilamiz. Arxeologik manbalar o’zbek xalqining qanchalar buyuk ekanligini ko’rsatib, isbotlab bera oladi. Shunday ekan, O’zbekiston tarixini o’rganishda arxeologiyaning ahamiyati katta. Biz O’zbekistonda fanini rivojlantirishimiz, arxeolog kadrlarni yetishtirib chiqarishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Nabiyev A. Tarixiy o’lkashunoslik. – T.1996.
Arxisovskiy A. Arxeologiya asoslari. –T.1970.
Kabirov J. Sagdullayev A. O’rta Osiyo arxeologiyasi-T.1990.
Egamberdiyeva N.A Arxeologiya –T.2011.
Shamsutdinov R. Karimov SH. Vatan tarixi (1-kitob) T.2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |