О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Qadimgi davr yodgorliklari



Download 0,65 Mb.
bet19/130
Sana18.01.2017
Hajmi0,65 Mb.
#588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
5. Qadimgi davr yodgorliklari

Bundan 3000 yilcha ilgari odamlar temirni olovda eritish yo`lini topib, uni ishlata boshlaganlar. Bu davrda ishlab chiqarish imkoniyati shu darajaga etadiki, bir kishining mehnatidan unadigan daromad uning bir o`zini boqishgagina emas, balki bir necha kishini boqishga kifoya qila boshlaydi. Dehqonchilikda va chorvachilikda urushda qo`lga tushirilgan asirlar zo`rlab ishlatiladi. Ular qullarga aylantiriladi. Natijada quldorlik jamiyati kelib chiqadi, jamiyat ko`proq qo`l mehnatiga tayana boshlaydi

O`zbekistonda va umuman O`rta Osiyoda bu bosqichning bo`lib o`tgan-o`tmaganligi haligacha mutlaqo tekshirilmagan edi. Qadimgi Xorazm erlarida, g`arbiy Buxoro cho`llarida Ulug` Vatan urushi arafasida o`tkazilgan arxeologiyaga oid tekshirishlar bu masalaga ravshanlik kiritdi. SHu tariqa Amudaryo va Zarafshon etaklarida cho`lga aylanib yotgan katta maydonlarda arxeologiyaga oid tadqiqotlar o`tkazilgan vaqtda bu erlar qadimgi qal`alar, ko`shklar va shaharlarning vayronalari bilan, ular orasidan o`tgan qadimgi sug`orish kanallari izlari bilan to`la ekanligi birmuncha aniqlandi.

Arxeologiyaga oid tekshirishlarning aniqlashicha, Xorazmning g`arbida, Qoraqum ichlarida bundan 2500 — 2600 yillar ilgari juda katta qal`alar bino qilingan. Ular ichida imoratlar solingan, aholi bu qal`alar atrofida Amudaryoning qadim Sariqamish ko`liga kirib ketgan tarmog`i bo`lmish Dovdon suvi toshqinlarini boshqarib, unda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullangan. Hozirgi Qoraqalpog`iston tuprog`ida ham ahvol shunday bo`lgan.

Bunday ulkan qal`alarning xom g`ishtdan bino qilinishi, toshqin suvlarini tartibga solib, sug`orish kanallari qurilishi bu davrda O`rta Osiyoda Qadimgi SHarq davlatlari tipidagi davlat bo`lganidan darak beradi. Ayni zamonda Gretsiya va eronda maydonga kelgan yozma ma`lumotlarda miloddan burungi VII asrda O`rta Osiyodagi Saklar davlati bilan g`arbiy erondagi Midiya davlati o`rtasidagi Janubiy Turkmaniston erlarida hukmronlik qilish uchun kurash borgani, eronda Ahamoniylar davlati vujudga kelguncha bu joylar Xorazm davlatiga qaram bo`lgani hdqida so`z boradi.

Buni g`arbdagi burjua sharqshunoslari pisand qilmagan edilar. Ammo arxeologiyaga oid tekshirishlar bu holning haqiqat ekanligini tasdiqladi va juda ko`p yangi muammolarni o`rtaga tashladi.

Bundan 2100 yilcha burun O`rta Osiyoga kelib ketgan Xitoy sayyohi CHjan TSyanning ma`lumotlariga ko`ra, «Davan» deb atalgan Farg`onada 70 ga yaqin katta va kichik qal`alar, 300000 ga yaqin aholi bo`lib, bu erda beda, uzum etishtirilgan va yilqichilik keng rivojlangan.

Katta Farg`ona kanali qurilishida o`tkazilgan arxeologiyaga oid kuzatishlar va keyingi yillarda o`tkazilgan maxsus ilmiy safarlar natijasida esa Farg`ona vodiysida ashel’ va must’e davrlarida odam yashaganligi, keyingi taraqqiyot natijasida jez davrida CHust va Dalvarzin kabi ibtidoiy qishloqlar bo`lgani aniqlandi.

Bundan keyingi o`troq madaniyat soylarning etagidagi toshqinlar va ko`llar orasida keng tarqalib, hozir Sirdaryoga yaqin cho`llarda bu davrning xarobalari ko`p uchraydi.

Farg`onaning CHjan TSyan safaridan keyingi davrda qanday bo`lganligi haqida yozma ma`lumotlar yo`q, lekin arxeologiya bu xususda ko`p ma`lumotlarni aniqlab berayotir.

Ko`pgina burjua sharqshunoslari O`rta Osiyodagi qadimgi madaniyatni yo`qqa chiqarib, bu erlarda madaniyat faqat eron davlati ta`siri ostida vujudga kelib, keyinroq Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) istilosi va umuman greklar hukmronligi ta`sirida taraqqiy qilgan, so`ngra yana xarobalikka yuz tutib, faqat arablar istilosidan so`ng islom dini ta`sirida yana ko`tarilgan degan fikrni ilgari surar edilar. Xorazmda, G`arbiy Buxoro cho`llarida va umuman butun O`zbekistonda arxeologiya yordamida topilgan narsalar va dalillar esa g`arbning bu uydirmalarini fosh qilib tashladi.

Eroniylar va greklar istilosigacha hamda undan keyin bo`lgan moddiy madaniyat chetdan kelgan ta`sirning yaqqol izlari emas, albatta. eron pullari Makedoniyadan kelgan, bu erda rasm bo`lgan ba`zi idish shakllari arxitektura yodgorliklari topilgan, ammo buni chetdan kelgan moddiy madaniyat ta`siri tufayli O`rta Osiyo madaniyatida keskin siljish vujudga kelgan deb bo`lmaydi.

O`rta Osiyoda quldorlik davrining yuqori taraqqiyoti Parfiya, Gretsiya, Baqtriya hamda Kushon kabi mahalliy xukmronlar zamonida paydo bo`ldi. Bu zamonda qal`alar bino qilishda, sug`orish kanallari qurishda, hunarmandchilik, shaxar hayoti, yo`l ishlari, ichki-tashqi savdo hamda san`atda jiddiy ko`tarilish yuz berganligida sinfiy munosabatlarning keskinlashganligi ko`rinadi. Bu holat yolg`iz Xorazmda topilgan arxeologiyaga oid ashyolardangina emas, balki butun O`rta Osiyoda o`tkazilgan va o`tkazilayotgan tekshirishlardan ham yaqqol ko`rinib turadi.

Ilgari O`rta Osiyoning madaniy-siyosiy va iqtisodiy aloqalari haqidagi targ`ibot faqat eron hamda Old Osiyo bilan munosabat, «Eron ta`siri» degan gaplardan nariga o`tmas edi. Xorazm va Buxoro viloyatida o`tkazilgan arxeologiyaga oid qazishlar O`rta Osiyo xalqlari Russiyaning markaziy rayonlari, ayniqsa Volga daryosining havzasida bo`lgan davlatlar bylan juda qadimdan muntazam aloqada bo`lib kelganini ko`rsatadi. Daliliy ma`lumotlar qadimdan boshlangan bu aloqaning ilgari etarlicha o`rganilmay kelinganini ko`rsatadi. Bu aloqaning ko`pgina qirralari kelajakda yana ham ravshanroq tekshirilishi shubhasizdir.

Otashparastlik zardusht (zaroastrizm) dinining rivoji eronda emas, O`rta Osiyoda bo`lganligi arxeologlar tomonidan isbotlandi. Buni qazishmadan topilgan daliliy ma`lumotlar tasdiqladi. Milodimizdan bir necha asr burungi yodgorliklarni tekshirish muhim iarsalarni ochmoqda. CHunonchi, akademik YA.G`.G`ulomov 1936 yili Xorazmning Mang`it rayonidagi qubba tog` ustida zardushtiylarning qabristonini topdi. Unda katta hom g`ishtlardan qurilgan 60 metrli tor bino xarobasi ichida benihoya ko`p odam suyaklari topildi. Suyaklarning ko`miklari g`ajilgan, ba`zi mayda suyaklar mutlaqo yo`q. Suyaklarni allaqaerdan to`plab, binoning ichiga tashlay berganlar. Keyinchalik alohida kishilarning suyaklarini sopoldan yasalgan maxsus qutilar (ossuariylar) yoki ostadonlarga solib, o`sha binoda saqlaydigan bo`lganlar.

Arxeologlar zardushtiylarning muqaddas kitobi sanalgan «Avesto»da ham qadimgi yunon yozuvlarida aytilgan marosimga duch kelganlar. «Avesto»da aytilishicha, qadimgi zardushtiylar o`likni erga ko`mishni, suvga tashlashni, o`tda kuydirishni qattiq gunoh deb hisoblaganlar. SHuning uchun o`likni uzoqdagi yalang`och qoyalar ustiga eltib tashlaganlar. Uni yirtqich hayvon va qushlar eb ketganidan keyin uning suyaklari uzoq vaqt quyosh ta`sirida qolib tozalangach, yig`ib olingan va boyagi bino — «novus»da saqlangan. Suyaklarni ossuariylarda saqlash odati keyingi zamonlargacha, ya`ni O`rta Osiyoda musulmonchilik keng tarqalguncha davom etgan. Bu xildagi suyaklar solingan sopol qutilar hozir O`rta Osiyoning ko`plab joylaridan topilmoqda.

Qoraqalpog`istonda Jonbos (YOnbosh) qal`asini qazishda zardushtiylarning otashkadasi, ya`ni o`tga topinadigan ibodatxonasi topilgan. Qal`aning darvozasidan kirilgach, to`g`ri ko`chaning ikki tomoni ikki imorat bo`lib, ko`cha borib qal`aning to`rida shu otashkadaga taqaladi. Uning yonida qal`aning hokimi turadigan katta bino qoldig`i topilgan. Otashkadaning tashqari xonasi atrofiga supalar qilingan. O`rtada erda ovqat qoldiqlari, suyaklar, danaklar, siniq idishlar juda ko`p topilgan. Ichkari xonaning devorlari uzoq yongan olovdan yaltirab qorayib ketgan bo`lib, uyning narigi tomonidagi maydonchada benihoya ko`p kul saqlanib qolgan. Bu kuldan qisman olovxona uyning ichidan ham topilgan. Demak, ichkarida muqaddas olov to`xtovsiz yonib turgan, ziyoratga kelganlar tashqari xonada supalarda o`tiruvchi maxsus din arboblari — «atrabon»larga o`z xddyalarini berib, ular orqali «olovning duosini olib» qaytganlar. Arxeologiya ma`lumotlari va turli e`tiqodlar to`g`risida saqlangan xotiralarning hammasi zardusht dinining vatani xdmda «Avesto» kitobi maydonga kelgan joy O`rta Osiyo, ya`ni Xorazm va Balxda bo`lib, 200 kiyik terisiga zarhal harflar bilan yozilgan bu kitob, 1992 yili Dushanbeda oddiy qog`ozda nashr etildi va haqiqatdan ham uning Vatani o`lkamizda ekanini tasdiqlaydi.

Milodimizdan avvalgi III asrdan boshlab O`rta Osiyo va SHimoliy Hindiston Grek-Baqtriya davlati, so`ngra Kushon hamda eftalit davlatlari qo`l ostida bo`lgan; o`sha zamondan bu ikki mamlakat orasida ma`lum munosabat boshlangan. Mavjud yodgorliklar bu to`g`rida juda ko`p ma`lumot beradi.

1933 yili Termiz rayonida, Ayritom degan joyda, budda dini ibodatxonasining xarobasi topilgan. Ibodatxonada buddaning haykali va boshqa ibodatxona qismlari qatorida toshdan yasalgan odam haykallari topilgan; ular musiqa chaluvchi, xadyalar tashuvchi erkak va ayol haykallari bo`lib, ibodatxonaning tashqi tomon karnizi shu haykallar bilan bezatilgan. Haykallarning qiyofasida, kiyimlarida Hindistonga xos belgilar yorqin bo`lib, bu san`at ikki mamlakat orasidagi munosabatlarning samarasidir.

II asrda Kushon davlati budda dinini Hindistondan O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga tarqatib, uni davlat dini darajasiga ko`targan. O`zbekistonda, ayniqsa uning janubiy rayonlarida va SHarqiy Turkistonda topilgan ko`plab buddizm yodgorliklari o`sha davrga qarashlidir.

III asrda eronda moniy dini vujudga keldi, lekin u uzoq saqlanmadi, uning tarafdorlari O`rta Osiyo va SHarqiy Turkistonga qochib o`tib, ko`proq savdo yo`li ustidagi shaharlarda bu dinni tarqatdilar.

Ba`zi arxeolog olimlar o`rta Osiyoda topilgan ko`plab suratkashlik va haykaltaroshlik yodgorliklaridagi tasvirlarning murakkabligiga qarab, ularni moniy dini bilan bog`lashga harakat qiladilar. Aslida bu hol Kushonlar hukmronligi davri (I-II asrlar) — quldorlik tuzumining o`rta Osiyo sharoitida eng rivojlangan davri bo`lganligi bilan bog`liqdir. Bu davrda, bir tomondan, qabilalarning o`troqlikka ko`chib, sug`oriladigan erlarda joylashish jarayoni kuchaygan - bo`lsa, ikkinchidan, quldor aristokratiya jamoalar erini tortib olib, o`zlashtira boshlaydi, shu tariqa jamoalar o`z ichidan buzilib, butun-butun qishloqlar quldor aristokrat «dehqon»larga tobe bo`lib qoladi. Bu feodalizmning kurtaklari edi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish