Go`rxokasoy — Samarqand viloyati Nurota rayonidagi soy. Go`rxona mozor, qabriston degan ma`noni anglatadi; qabristonga o`xshagan joydan o`tganligi sababli soyga ham Go`rxonasoy deb nom berilgan.
Davlatobod — Samarqand viloyati Samarqand rayonidagi qishloq nomi. Temurning Samarqand shahridagi bog`laridan biri Davlatobod nomi bilan atalgan. Buning o`rnida tashkil topgan qishloq xam o`sha Temur bog`ining nomi bilan Davlatobod deb nomlangan.
Dahbed — Samarqand viloyati Oqdaryo rayonidagi qishloq. Tojikcha — dah — o`n, bed — tol, ya`ni o`ntol degan ma`noni anglatadi. Qishloq ham shu nom bilan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |