Yo`g`otepa — Samarqand viloyat Ishtixon rayonidagi qishloq. Toshkent yaqinida ham Yo`g`ontepa degan joy bor (yo`g`on — katta, semiz, ulkan demakdir; ingichka nomli joylar ham bor). Yo`g`ontepa — katta tepa degan ma`noni anglatadi.
Kavsar — Samarqand viloyati Ishtixon rayonidagi qishloq nomi. Aslida biron-bir suv — buloq yoki ko`l nomi bo`lsa kerak. Qishloq suvi shirin bo`lganligi sababli «jannat suvi» — «jannat bulog`i» degan nom olgan.
Gumbaz — Samarqand viloyati Pastdarg`om rayonidagi qishloq nomi. Qubbali bino gumbaz deyilgan, shu bilan birga toza suv saqlanadigan sardobalar ham usti pishgan g`ishtdan gumbazli qilib ishlanganligi sababli qisqagina gumbaz deb atalgan. Qishloq nomi xam o`sha so`zdan olingan. Zarafshon vohasida yashaydigan qora qipchoqlarning bir urug`i gumbaz deb yuritilgan va qadimdan Pastdarg`om rayonida yashab kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |