9 Eslatma
9.1 Oliy ta’lim muassasasiga:
- ushbu standartda nazarda tutilgan minimal mazmunni ta’minlagan holda talabaning haftalik maksimal
yuklamasini oshirmasdan o‘quv materialini o‘zlashtirishga ajratilgan soatlar hajmini o‘quv fanlari bloklari uchun 5%
oralig‘ida, blokga kiruvchi o‘quv fanlari uchun 10% oralig‘ida o‘zgartirish;
- o‘quv fanlari mazmuniga fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlarini hisobga olgan holda o‘zgartirishlar
kiritish;
- bitiruv malakaviy ish (loyiha) mavzusini belgilash oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan rasmiylashtiriladi.
9.2 Kurs ishlari (loyihalari) muayyan o‘quv faoliyatining bir turi sifatida ko‘riladi va ushbu o‘quv fanini
o‘zlashtirish uchun ajratilgan soatlar chegarasida bajariladi.
9.3 Davlat ta’lim standartini bilish professor-o‘qituvchilar tarkibini tanlov asosida saralash shartlaridan biri
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |