Umumkasbiy kompetensiyalar: - kasbiy faoliyatda til va adabiyot bilimlarini o‘zlashtirishda zamonaviy metodlarini qo‘llash qobiliyatiga ega
bo‘lishi;
- tilshunoslik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslik sohalarini modellash va tahlil qilishda hamda ularni
hisoblashda zamonaviy hisoblash vositalaridan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- badiiy asarni lisoniy va adabiy tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- tahlil jarayonida zamonaviy metod va usullarni ishlatish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- bajarilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha faoliyatning ishlab chiqarish va texnologik masalalarini fan va
texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda kasbiy yechish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- inson sog‘ligini va uning ishchanlik qobiliyatini saqlash bo‘yicha hamda mehnat jarayonida xavfsizlikni
ta’minlash bo‘yicha metodika va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatida:
- filologiya sohasida ilmiy tekshirish institutlarida ilmiy xodim, tadqiqotchi; namunaviy metodikalar va
boshqalar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berish; ilmiy-texnikaviy
hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish; o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy obzorlarni ishlab
chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish;
- ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalar ishida ma’ruzachi, muhokamalarda qatnashuvchi va referent
sifatida ishtirok etish; ilmiy-texnikaviy va sohaga oid jurnallarga maqola va taqrizlar tayyorlash.
- Internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, adabiy va lisoniy yangiliklar, yangi pedagogik texnologiyalar va
ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (tayyorlanganlik sohaga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini
yechish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatda:
umumta’lim maktablarida o‘zbek tili va adabiyotidan dars berish va o‘quv-metodik ishlarni olib borish;
O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha
nazariy mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
O‘MKHT tizimining mos ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari
bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish; zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan
foydalanib nostandart o‘quv mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish; o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha darslarni
o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik hujjatlarni shakllantirish va tuzish;
o‘qitilayotgan fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘qitishning texnik vositalarini ishlab chiqish va
ulardan foydalanish; mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida o‘qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi
metodlar, vositalar va shakllar jabhalarida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish.