O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti kurs ishi mavzu


Qadimgi davlatlarning paydo bo’lishi



Download 133 Kb.
bet5/10
Sana31.12.2021
Hajmi133 Kb.
#261978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O'zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar-1

1.2. Qadimgi davlatlarning paydo bo’lishi

Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ma’lum bir iz qoldirgan davlatlardan biri Qang‘ davlatidir. So‘nggi ma’lumotlarning guvohlik berishicha, ushbu davlat miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Bu jarayonda yunon-maqduniyaliklar hukmronligiga qarshi olib borilgan kurashlar va ichki nizolar alohida rol o‘ynagan. Qang‘ davlatining hududi dastlab Sirdaryoning o‘rta oqimidagi yerlar (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog‘ va cho‘l hududlari)dan iborat edi. Miloddan avvalgi II asrning boshlariga kelib, Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib, sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoliy sharqda Usun daryosi, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimigacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olgan. Miloddan avvalgi II–I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni hamda Xorazmni ham o‘ziga bo‘ysundirgan.

Qang‘ davlati boshlig‘i xoqon bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Xoqon huzurida oqsoqollar kengashi bo‘lib, u maslahat organi vazifasini o‘tagan. Qang‘ davlatining butun hududi beshta mulkka (Susey, Fumu, Yunis, Giye, Yuyegyan)ga bo‘lingan bo‘lib, ular noiblar tomonidan boshqarilgan. Mulklar o‘z navbatida viloyatlarga bo‘lingan. Ular jabg‘u (jobu, yobu)lar tomonidan boshqarilgan. Ijtimoiy-siyosiy tuzumda ko‘chmanchi zodagonlarning mavqei yuqori bo‘lgan.

Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib mustaqil Grek-Baqtriya podsholigi tashkil topgan. Uning tarkibiga Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parkana (Farg‘ona) kirgan. Grek-Baqtriya davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqida manbalarda batafsil ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Jumladan, jamiyatda quldorlar, erkin jamoatchi dehqonlar, qaram kishilarning turli tabaqalari hamda qullar bo‘lganligi, shaharlar sonining o‘sib borganligi, siyosiy va iqtisodiy markazlar kengayib, hunarmandchilik rivojlanganligi haqida ma’lumotlargina mavjud.

Grek-Baqtriya podsholigining davlat apparati unchalik katta, murakkab va markazlashgan emas edi. Butun hokimiyat podsho qo‘lida to‘plangan bo‘lib, ko‘pchilik hollarda uning o‘g‘li ham podsho hisoblangan. Butun mamlakat satrapliklarga bo‘lingan edi.

«Milinda-Panxa» (II asr) asarida ko‘rsatilishicha Grek-Baqtriya davlatining Hindiston qismida yuqori harbiy boshliq, birinchi vazir, bosh sudya, xazina boshlig‘i, tantanali soyabon va qilichni ko‘tarib yuruvchilar haqida ma’lumot bor. Mazkur asarda «qishloq hokimi»ning vakolatlari haqida ma’siy va iqtisodiy markazlarning kengayishi, hunarmandchilikning jadal rivojlanganligi, qishloq hokimi qishloq ahlini jarchilar orqali o‘z huzuriga chaqirib turishi va uning chaqirig‘iga xonadon egasi yoki oila boshlig‘i yetib kelishi shartligi, cho‘rilar, qullar, xizmatkorlar, dehqonlar kelmasligi haqida ma’lumotlar bor.

Parfyanlar podsholigining mustaqil davlat sifatida tashkil topishi va rivojlanishida Arshakiylar sulolasi vakillari hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ushbu podsholikda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, davlat boshlig‘i albatta arshakiylar xonadonidan bo‘lishi shart hisoblangan. Shu bilan birga davlat boshqaruvida ikki kengash: qabila zodagonlari va kohinlar kengashlarining o‘rni katta bo‘lgan. Chunonchi, yangi hukmdor xuddi shu ikki kengash ishtirokida saylangan. Albatta, bunda marhum hukmdorning vasiyati e’tiborga olingan. Boshqacha aytganda, taxtga vorislik bir sulola ichida kechsada, ammo muayyan tartib bo‘lmagan, ya’ni o‘tgan hukmdor o‘rnini uning o‘g‘li yo ukasi, yo bo‘lmasa Arshakiylar sulolasining bironbir namoyandasi egallashi mumkin bo‘lgan. Aftidan, bu masalada kengashlarning mavqei kuchli bo‘lib kelgan. Buni shundan ham bilib olish mumkinki, tarixiy hujjatlarga ko‘ra mazkur ikki kengash oliy hukmdorni taxtdan chetlatishga qodir hisoblangan. Arshakiylar saltanatni mulklarga (satrapiyalarga) bo‘lib idora etganlar. Shu bilan birga, barcha mulklar mavqei bir xilda bo‘lmaganini ta’kidlash lozim. Chunonchi, Girkaniya, Seyiston (Sakiston) yarim mustaqil mulk sifatida o‘z pullarini zarb etib kelganlar.

Miloddan avvalgi II asrga kelib Markaziy Osiyo xalqlari tarixida siyosiy beqarorlik davri boshlanadi. Bu asrda Grek-Baqtriya podsholigidan So‘g‘diyona ajralib chiqdi. Marg‘iyona parfyanlar tomonidan bosib olindi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududida Xorazm davlati bilan chegaradosh bo‘lgan Toxariston davlati tashkil topdi. Bu davlat ham keyinchalik kichik-kichik podsholiklarga bo‘linib ketdi. O‘sha vaqtlarda Xorazm davlati takribiga Xorazm, So‘g‘diyona va Choch (Toshkent) kirardi.




Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish