O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti kurs ishi mavzu


Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasid



Download 60,68 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi60,68 Kb.
#250213
1   2   3   4
Bog'liq
AMERIKA QO'SHMA SHTATLARI

1. Mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Amerikada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.

Amerika qit`asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga yevropaliklar ko`chib kela boshladilar. 1607 yilda Shimoliy Amerikaning atlantika sohilidagi hindlar yashaydigan yyerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos solindi.

XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, Koliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604 yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasiga Luizianada (1699 yildan boshlab) o`rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607 yildan, ya`ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan boshlandi.

“May guli” kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruhoniylar) 1620 yilda Nyu-Plimutga asos soldilar va uni 1691 yildan massachusetesga qo`shib oldilar. Shundan keyin tez-tez poseleniyalar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo`shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622), Massachusetes (1628), Konnektikut (1634-1637), Rod-Aylend (1636-1643), Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar –Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o`rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to`la mustaqillikni saqlaganliklari holda, “Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari” (1642-1643) degan nom bilan ittifoq tuzdilar.

Boshqa malakatlarning shimoliy amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli hududlarni aholisi tezroq ko`paymoqda edi.

Bunga Angliyadagi dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarda migraciyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta`qiblar sabab bo`ldi. Hatto Gollandiya mustamlakalarida aholisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o`z raqiblarini asta-sekin surib chiqrish imkoniyatini yaratib berdi. 1664 yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi uni keyinroq Nyu-York deb atay boshladilar. 1754 yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan harbiy to`qnashuvlar bo`lib o`tdi, ikki yildan keyin esa etti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya mag’lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida 300 mingdan ortiqrog’i qul negirlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni mustamlakalarda tez sur`atlarda o`sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi aholi soni 2.6 million kishiga tdi, shuning 500 mingga yaqinrog’i negrlar bo`lib, negrlarning 90 % i qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutilish uchun YEvropadan qochib kelganlar, Angliyaning Shimoliy Amerika mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko`pchiligi mustamlakachi burjuaziya va quldor platatorlar tomonidan shavqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.

Amerika burjua tarixchilari ta`riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer va ozodlik beshigi emas edi, albatta.

Angliya Va Gollandiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning kapitalizmgacha bo`lgan shakllari bilan ya`ni feodalizm, quldorlik elementlari bilan muayyan chatishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelish davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasining ham xilma-xil qilib qo`ydi.

N`yu-York mustamlakasida 2.5 million ar yer yirik yer egalari qo`lida edi, ulardan biri Jonsonning 50 ming ar eri bo`lib, Shimoliy Karolinada butun mustamlaka yyerlarning 1/3 qismi Lord Prenvill qo`lida edi. Massachusetsdagi Papperelning yeri butun qirg’oq bo`ylab 30 milga cho`zilgan edi. Yirik yer egalari yyerlarni nasldan-naslga qoldirish sharti bilan ijoraga berar yoki kichik-kichik bo`laklab sotar edilar.

XVII asrning 30 – yillarida qirol buyrug’i bilan yangi hududlarga ijozatsiz ko`chib borish, yyerlarni bosib olish, chegara posyolkalaridan tashqariga chiqish ta`qiqlandi. Buning ustiga mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Allegangacha bo`lgan barcha yyerlar egallab olingan edi. 1763 yili qirol buyrug’i bilan Allegandan nariga ko`chib borish ta`qiqlandi.Shunday qilib yer masalasi juda katta ahamiyat kasb etib, mustamlaka zulmiga qarshi kurashning va inqilobning asosiy sabablaridan biri bo`ldi. Skvaterlik progressiv voqea bo`lsa ham, uning Amerika inqilobiga chuqur ta`sir qoldirgan tomoni ham bor edi.Ammo bosib olinayotgan yyerlar, Amerika burjua tarixchilari e`tirof etganidk, bo`sh yyerlar emas edi. Bu yyerlarni kolonistlar teng bo`lmagan bitimlar tuzish yoki ochiqdan-ochiq kuch ishlatish yo`li bilan hindulardan tortib olgan edilar, bu tortib olingan yyerlarda kolonistlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Hatto Yangi Angliyaning sanoati eng rivojlangan hududlarida ham aholining 90 % qishloq xo`jaligi bilan shug’ullanar edi. 1790 yilda birinchi marta ro`yxatdan o`tkazilganda, 8 mingdan ortiq aholisi bo`lgan shaharlarda butun aholining 3,3 % yashagan ishchilarning ahvoli esa juda og’ir, biroq YEvropadagi ishchilarning ahvolidan tuzukroq edi. Ish kuni tong otardan to quyosh botgunga qadar davom etardi va barcha mustamlakalarda ma`murlar ish haqini belgilab qo`ygan edilar.

AQSH ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi, iqtisodiyotining tarkibi, milliy maxsulotlarning raqobatbardoshligi, ilmiy-texnik va intellektual saloxiyatga egaligi xamda xozirgi vaqtdagi o’ziga xos siyosati



______________________

1 Abdullaev.O. Iqtisodiy geografiya va ekologiya. Namangan 2002.

bilan xalqaro munosabatlar va jaxon iqtisodiyoti yo’nalishlarini begilashda yetakchi rolь o’ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning amerika modeli ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun andoza rolini o’ynagan bo’lsa, uning modifikatsiyasi, ya’ni o’zgargan shakllari yangi industrial mamlakatlarning istiqbolli rivojlanishida keng qo’llanildi. AQSH dunyodagi eng yirik sanoat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko’rsatuvchi mamlakat. Dunyodagi eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarishning 45% to’g’ri keladi va dunyo YaIM 25% beradi. AQSH 400 mln t, ortiq bug’doy ishlab chiqaradi va uning qariyb yarmini eksportdan qiladi. Tashqi savdo aylanmasi 1,5 trln doll, dan ortadi va dunyo eksportining 12,6% (shundan 11,5% jaxon sanoat maxsulotlari eksporti, 13,5% mashina va transport jixozlari, 13% kimyo sanoati maxsulotlaridan iborat) to’g’ri keladi. SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, AQSH iqtisodiyotining rivojlanish samaradorligi ilmiy-texnik saloxiyat, milliy xo’jalikning biqiqligi, yuksak texnologiya va ilmiy-texnik progress yo’nalishlari, moliya-bank tizimi jixatidan dunyo mamlakatlari orasida XXI asr birinchi o’n yilligida tengi yo’q mamlakatdir. AQSH iqtisodiyotining bosh xususiyati—ishlab chiqarish va kapitalning yuqori kontsentratsiyasidir. Bugungi kunda Amerikadagi yirik korporatsiyalar o’zining faoliyati va muomala ko’lami jixatidan transmilliy korporatsiyalarga (TMK) aylandi. Dunyodagi 500 eng yirik TMKdan 100 tasi AQSH ga qarashlidir. Jumladan, «General Motors» «Epson», «Fogd Motogs», «Microsoft» va boshqalar. AQSH iqtisodiyotidagi xalqaro ixtisoslashuv elektrotexnika va elektronika sanoati (ayniqsa, super-EXM), aviakosmik, xarbiy atom sanoati, biotexnologiya va boshqalardir. Iqtisodiyotda tog’-kon sanoati, qora metallurgiya, to’qimachilik va tikuvchilik xissasi qisqarib, kimyo, mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmoqlari xissasi tobora ortib bormoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar o’rtasida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga bo’lgan xarajat, ilmiy xodimlar va muxandislar soni jixatdan oldinda turadi. Natijada, 90-yillardan boshlab mamlakat iqtisodiyoti resurslarni tejovchi yuksak texnologik bosqichga kirdi. Ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi, samarali bandlik, inflyatsiyaning past darajasi va federal byudjet xolati yaxshilandi. Amerika yuqori darajadagi biznes- elitasining islox etilishi («Boing» korporatsiyasining «Mak-Donnel - Duglas» korporatsiyasi bilan «Lokxid» ni «Norton Gruten» bilan qo’shilishi va boshq.) aviakosmik va mudofaa sanoatida sezilarli o’zgarishlarga olib keldi. Ammo, AQSH iqtisodiyotidagi eng keskin muammo-mamlakat ichki qarzining o’sishi va bandlik darajasi bo’lib qolmoqda. SHunga qaramay, XX asr oxiri XXI asr boshlarida AQSH xo’jaligi va YaIM tarmoq tarkibidagi o’zgarish moddiy ishlab chiqarish soxalari ulushining qisqarishi va noishlab chiqarish soxalari (xizmatlar soxalari) ulushining barqaror ortib borishidir. Sanoat - AQSH iqtisodiyotida barqaror rivojlanib borayotgan tarmoq. AQSH sanoati 3 ijtimoiy ishlab chiqarish -ishlov beruvchi sanoat, qazib beruvchi sanoat va elektroenergetikadan iborat. Sanoat maxsuloti ishlab chiqarishda ishlov beruvchi soxaning ulushi 80,4%, elektroenergetika ulushi 13%, qazib beruvchi sanoat ulushi esa 6,6% ni tashkil qiladi. Sanoatda ilm talab soxalar -mikroelektronika, lazer texnikasi, oldindan berilgan xossalar asosida printsipial yangi materiallar ishlab chiqarish, injenerligi va biotexnologiya, robot va roboto-texnika, biqiq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, avtomatlashtirilgan tizimlarni loyixalashtirish, kosmik priborsozlik va boshqalar jadal rivojlanmoqda. Robotlar ishlab chiqarishning o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 40% dan ortiq. Resurslarni tejash texnologiyasiga o’tish YaIM birligiga-nisbatan energiya talablilikni 25% va material talablilikni qariyb 20% qisqartirish imkonini berdi. AQSH yirik yoqilg’i-energetika sanoatiga ega bo’lib, uning asosini ko’mir, neftь va tabiiy gaz, uran va gidroresurslar tashkil qiladi. Ko’mir (yiliga 930 mln, t,) asosan Appalachi, Markaziy xavza va tog’li shtatlardan qazib olinadi, deyarli IESlarda foydalaniladi va eksportga chiqariladi. AQSH razvedka qilingan neftь zaxiralari bo’yicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar o’rtasida birinchi o’rinda turadi. Yiliga 380 mln t ortiq neftь qazib chiqarilsada, ichki extiyojni qondira olmaydi va Kanada, Venesuela va Fors ko’rfazi mamlakatlaridan import qiladi. Yiliga 540 mlrd m3 tabiiy gaz qazib chiqarishiga qaramay Kanadadan gaz import qiladi. Yirik neftь monopoliyalari «Eksson», «Teksako» «Galor Oyl» va boshq. AQSHda yiliga 3712 mlrd kVtG’s (1997 y.) elektrenergiyasi xosil qilinadi. Mamlakat yoqilg’i-energetika balansida IES (70%), GES va AES (28%) va alternativ energo manbalar xissasiga 2% (geo IES, ko’mir va shamol energiyasi) to’g’ri keladi. AESlarda 110 ta energoblok mavjud. Qora metallurgiya sanoati (yiliga 90 mln t, po’lat eritiladi) garchi, o’zak tarmoq bo’lganligiga qaramay, bugungi kunda bir qator muammolarga ega. Yirik qora metallurgiya markazlari Pittsburg, Buyuk ko’llar rayoni, Atlantika qirg’oq bo’yi (import ruda asosida), Dallas va Xьyustondir. Qora metall eritishni nazorat qiluvchi yirik kompaniya «Yunayted Steyts Stil korporeyshn» va boshq. AQSH rangli metallurgiyaning asosiy turlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdir. Mis, rux, qo’rg’oshin eritish Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida, Tinch okean qirg’oq bo’yining shimoli-g’arbi, Atlantika qirg’oq bo’yi rayonlaridir. Alyuminiy sanoati (yiliga 3 mln t alyuminiy eritadi va dunyoda 1-o’rinda turadi) rivojlangan. Mashinasozlik va metallni qayta ishlash AQSHdagi eng yirik sanoat tarmog’i bo’lib, ishlov beruvchi sanoat maxsuloti qiymati va bandlarning 4% to’g’ri keladi. Mashinasozlik minglab firma va korxonalardan iborat bo’lishiga qaramay yirik monopoliyalar: avtomabilsozlikda «Djeneral Motors», «Ford motors» «Kraysler», samalyotsozlikda «Boing», «Makdonell Duglas», «Lokxid», elektrotexnika va elektronikada «Djeneral elektrik», kompьyuterlar ishlab chiqarish va dasturiy ta’minot tizimida «Microsoft» kompaniyasi va boshq. roli katta. Avtomobilsozlikda «katta uchlik» korporatsiyalari mamlakat ichki extiyojining 75%ini, yapon avtomobilь zavodlari esa 25% ni qondiradi. Detroyt shaxri «avtomobilsozlik poytaxti»dir va yana 20ta shtatda avtomobilsozlik korxonalari mavjud. Yiliga 8 mln, dona turli markadagi yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqariladi. Samolyotsozlik AQSH dagi eng yirik tarmoqlardan bo’lib, kuchli monopollashgan («Boing», «Makdonell Duglas», «Lokxid» va boshq.). Masalan, «Boing» korporatsiyasi korxonalari yiliga 400 ga yaqin xavo laynerlarini ishlab chiqardi. Asosiy markazlari Los-Andjeles, San-Diego, Anaxaym, Sietl, Dallas, Xьyuston, Atlanta va boshq. Ayni vaqtda, AQSH dunyo bozoridagi fuqaro aviatsiyasining 2G’3 qismini nazorat qiladi. Kemasozlik - mashinasozlikning boshqa tarmoqlariga nisbatan bo’sh rivojlangan bo’lib, boshqa mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya, Tayvanь) raqobatiga chidamaydi. Kemasozlik verflari Atlantika qirg’oq bo’yi, Meksika ko’rfazi va Buyuk ko’llar rayonida joylashgan. Elektrotexnika va elektronika sanoati - sanoat va maishiy maqsadlar uchun xilma-xil maxsulotlar ishlab chiqaradi. Xalqaro EXM bozorini amerika firmalari («Ay-Bi-EM», «Microsoft» boshchiligida) nazorat qilsada, ichki va tashqi bozorda chet el firmalari (ayniqsa Yaponiya) raqobati kuchlidir. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ITIning yangi bosqichi - biqiq avtomatlashgan ishlab chiqarish (BAII) va avtomatlashgan loyixalar tizimi (ALT), raqamli-programmalashgan boshqarish dastgoxlari (RPBD) va maxsus transport tizimi ishlab chiqarish boshlandi. AQSH avtomatlashtirilgan loyixalar, ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari xalqaro bozorining 80% nazorat qilmoqda. Yirik markazlari - CHikago, Los-Andjeles, San-Frantsisko, Nьyu-York, Boston, Pittsburg va boshq. Sanoat va fanning kooperatsiyasi kuchaydi va o’ziga xos ilmiy-texnik xududiy majmualar shakllandi. Masalan, AQSHning Kaliforniya shtatida «Silikon vodiysi» dunyodagi yarim o’tgazgichlar (50% amerika elektronikasi) ishlab chiqaradigan rayon bo’lib, shunday majmua Boston shaxri yaqinida xam shakllanmoqda. Kimyo sanoati rivojlanganlik darajasi jixatidan AQSH dunyoda oltinchi o’rinda turadi. «Dyupon de Nemur», «Dou kemikl», «Monsanto» va boshq. Yirik firmalar plastmassa, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, mineral o’g’itlar, farmatsevtika, kosmetika va boshqa maxsulotlarni ishlab chiqaradi. Asosiy kimyo sanoati rivojlangan rayonlar shimoldagi shtatlardir. SHuningdek, Meksika ko’rfazidagi (Texas va Luiziana shtatlari), Tennesi daryosi vodiysida, Tinch okeani soxil bo’yida rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati - yirik tarmoq bo’lib, to’qimachilik, tikuvchlik va poyabzal tarmoqlaridan oldinda turadi va o’ziga xos «sanoat imperiya»sidir. Bu tarmoq rivojlangan qishloq xo’jaligiga tayanadi. SHimolda yirik go’sht, konserva, parxez go’sht va tuxum (yirik parrandachilik fabrikalari), tog’li shtatlarda sut-un-yorma sanoati (Kanzas-Siti, Oklaxoma-Siti va boshq.), meva-konserva zavodlari (Kaliforniya va Florida) va boshqa turdagi oziq-ovqat korxonalari tarqalgan. Butun dunyoda mashxur «Koka Kola», «Pepsi» va boshqa korporatsiyalar TMKlar qatoriga kiradi. SHuningdek, o’rmon-tsellyuloza, to’qimachilik, tikuvchilik va poyabzal tarmoqlari kuchli rivojlangan bo’lib, yirik sanoat markazlarida to’plangan. Bugungi kunda AQSHda 5 ta ishlov beruvchi sanoat korxonalarining kontsentratsiyasini ajratish mumkin. «Sanoatlashgan mintaqa». SHimoldagi yirik markazlarni (Nьyu-York, CHikago, Detroyt, Filadelьfiya) o’z tarkibiga oladi va metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat va boshq. tarmoqlarga ixtisoslashgan. Meksika ko’rfazi (Texas va Luiziana shtatlari)
1 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 2000-2006

neftni qayta ishlash, neftь-kimyo, aviaraketa, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati; Tennesi daryosi vodiysi - energotalab kimyo, metallurgiya va xarbiy sanoat; Tog’li shtatlar - asosan rangli metallurgiya xom ashyolari; Tinch okeani shtatlari (Kaliforniya va Vashington shtatlari) aviaraketa, kosmik va radioelektronika, neftni qayta ishlash va neftь-kimyo, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, yengil, o’rmon-tsellyuloza sanoati rivojlangan. Qishloq xo’jaligi. AQSH qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol axolining 3% band bo’lib, YaIMdagi xissasi 2% tashkil qilsada, iqtisodiyotda g’oyat muxim o’rin tutadi (agrosanoat majmuasining xissasi YaIM 20% dan ortadi).1 Qishloq xo’jaligi yirik ko’lami va xilma-xil maxsulotlar ishlab chiqarishi, mexnat unumdorligining yuqoriligi va texnika bilan qurollanganlik darajasi, yuqori tovar xo’jaliklarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi.



______________________

1 O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1—14 jildlar. T., Davlat ilmiy nashriyoti. 2000-2006



2. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari.

Mustamlakalardagi aholinig ko`pchilik qismini asoratga tushgan xizmatkorlar, oq tanli ishchilar va negir – qullar, janubda esa aholining 40 % ini negir qullar tashkil qilar edi.

Negirlarni qul qilish juda kuchayib ketdi. 1619 yildayoq Afrikada ilk bor negirlar olib kelingan edi. XVII asrning o`rtalaridan boshlab negirlarni qullarga aylantirish tez tarqalib 1775 yildayoq Shimoliy amerikada negirlarning soni deyarli yarim millionga etib qolgan edi. Qul – negirlar har qanday ijtimoiy va siyosiy huquqlardan mahrum etilgan bo`lib, qul egalari ularni o`ldirishi, sotishi, qarzga berishi mumkin edi. XVII asrning ikkinchi yarmida quldorlik xo`jaligi kuchli inqirozga duchor bo`ldi, bunga tamaki va boshfa ekinlarning ekilaverishi natijasida yer kuchining ketganligi hamda janubiy mustamlakalar mahsulotini Yevropada sotish qiyinlashib ketganligi sabab bo`ldi. Bu inqiroz XIX asrning boshlaridagina paxta tozalash mashinasi ixtiro etilgandan keyin bartaraf etildi. Paxta bozori esa Buyuk Britaniyaga fabrikalashgan ip gazlama sanoati tez rivojlanganligi tufayli vujudga kelgan edi.

Amerikada madaniyatning rivojlanishiga va ilg’or g’oyalarning shakllanishiga prutanlarning diniy xurofoti, bidati va fanatizmi to`sqinlik qilmoqda edi. Ilm maorif ishlariga ruhoniylar ta`siri juda kuchli bo`lib, adabiyotda diniy tematika ustunlik qilar edi.

Alvasti ovlash va afsungarlik uchun qatl qilish hatto eng taraqqiy etgan Yangi Angliyada ham XVIII asr boshlarigacha saqlanib qoldi. Masalan, Salim qishlog’ida 1693 -1696 yillarda afsungarlik qilganligi uchun 19 kishi qatl qilingan edi, 150 kishi qamoqqa olingan va 200 kishi jodu qilishda ayblanib jazolangan. erkin fikr qilishgina emas balki dunyoviy mavzulardagi har qanday asar ham gunoh hisoblanar edi, ba`zi mustamlakalarda hatto teatr tomoshalari ham ta`qiqlangan edi. Butun mustamlakachilik davri mobaynida erkin fikr va demokratiyaning progressiv g’oyalari jaholatga qarshi kurash olib bordi. Bu g’oyalar dastlabki paytlarda diniy sektantchilikning an`anaviy shakllarida ifoda etilar edi. Puritanizm so`l qanotining siyosiy qarashlari xalq ommasining noroziligini va orzu tilaklarini bir ifoda eta olar edi. Bu so`l qanot arboblari XVIII asr Amerika ma`rifatchilarining o`tmishdoshlari edilar. Mustamlakalarda fan va falsafa, adabiyot va san`at keng tarzda rivojlanib ketolmadi bu esa ko`p jihatdan Amerika burjuaziyasiga xos bo`lgan tor faoliyatga bog’liq edi. Amerikaliklar o`zlarining metropoliyaga qarshi olib borayotgan kurashini asoslash uchun Goobe, Milton, Lokk, Russo va boshqa Evropa mutafakkirlarining g’oyalaridan foydalandilar. Amerika burjua ma`rifatchilari eng ko`zga ko`ringan va ajoyib kishilari Benjamin Franklin (1706-1790) va Tomas jeferson (1743-1826) edi. Bular Amerika maorifida so`l demokratik tendenciya vakillari va shakllanib kelayotgan Shimoliy Amerika millati, o`sib kelayotgan ongning mafkurachilari edilar. Otashin vatanparvar kolonistlar huquqi uchun eng dastlabki kurashchilaridan biri Benjamin Franklin Bostonda hunarmand oilasida tug’ilgan edi, keyinchalik u Filodel`fiyada yashaydi. Yoshligida u bosmaxonada harf tushiruvchi bo`lib ishladi va o`tkir jurnalist – publisist bo`lib etishib, akasining gazetasida akasi bilan birga ishladi. G’oyat iste`dodli, mehnatsevar va quntli bo`lganligi uchun o`zgalarning yordamisiz mustaqil ravishda o`qib bilim oldi. Amerikada ma`rifatchilarning birinchi namoyondasi bo`lib etishdi. Hamda jaholat va nodonlikka qarshi kurash olib bordi. Franklin Amerikada birinchi marta tuzilgan qullikka qarshi jamiyatning asoschilaridan biri edi. Franklin oligarxik idora usulining va mustamlakachilikning xavfli ekanligini yaxshi tushunar edi. Biroq u ko`proq mo``tadil siyosiy qarashlarini yoqlab keldi. Uzoq vaqt metropoliyaga qarshi inqilobiy kurashga qaraganda liberallarcha kompromis usulini yoqlab keldi, uzoq vaqt metropoliyaga qarshi siyosatda qat`iy va izchil bo`lmadi. Mustamlakachi burjuaziyaning ilg’or manfaatlarini himoya qilib, Franklin dastlab Britaniya imperiyasi doirasida mustamlakalarini birlashtirishga va o`z –o`zini boshqarishni kengaytirishga harakat qildi. Franklin bu imperiyani «chinni kosaga o`xshatgan va uning bir cheti uchib ketsa o`z qimmatini yo`qotadi” degan edi. Ammo uning fikricha, bu imperiyaning markazi shimoliy Amerika bo`lishi, poytaxt Londondan shu yerga ko`chirilishi kerak edi. Biroq metropoliyalar o`rtasidagi ziddiyatlarning murosasizligi Franklin va burjuaziyaning keng doiralari harqalay milliy mustaqillik uchun inqilobiy kurash yo`liga tushib olishga majbur bo`ldilar. Tomas Jefferson Virginyadagi plantatorlar aristokratiyasi oilasidan chiqqan. U har tomonlama keng ma`lumot oldi. Unga katta shuhrat keltirgan Britanya Amerikasining huquqlari haqida xulosa degan o`zining dastlabki pamfletlaridan birida Jefferson Georg III ga Karl I bilan Yakov II ning qismatini eslatib xalq suverenteti ideyalarini hamda mustamlakalarning qo`zg’olon ko`tarish huquqini himoya qildi. So`nggi asarlarda qullikni qattiq tanqid qildi, hindularning qirg’in qilinishini qoraladi. Ammo Jefferson izchil demokrat emas edi. Uning ommaviy faoliyati bilan nazariyasi ko`pincha bir-biriga to`g’ri kelmas edi. Jefferson kapitalizmning ba`zi salbiy xususiyatlarini, masalan, mol-mulkning bir to`da shaxslar qo`lida to`planishini tanqid qilgan bo`lsa ham, uning qarashlari keyinchalik burjua liberalizmi tomonida evolyucionlashgan edi. Jefferson o`z faoliyatlarida ayniqsa, XIX asr boshidan u respublika prezidenti bo`lgach, burjua respublikasini mustahkamladi, hamda asosan burjuaziya va platatorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosat yurgizdi.

1765 yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun qabul qildi. Bulardan biri qo`shinlarni joylashtirish qonuni bo`lib, bu qonun ingliz hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagan miqdorda qo`shinlar yuborish va ularni aholi uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, broshyuralar, e`lonlar ustidan gerb solig’ini solish to`g’risida edi.

Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g’azab uyg’otdi va burjua elementlarining qarshi ta`sir ko`rsatishiga qaramay, ommaviy g’alayonlarga aylanib ketdi. Bostonda hurriyat rahbarlarining farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va hunarmandlarning g’alayonlari 13 avgustdan 18 avgustgacha davom yetdi. Mitinglar o`tkazishdi, kechasi mash`allar yoqib yurishlar qildilar. Chinovniklarning uylariga o`t qo`ydilar, sud arxivlarini yoqib yubordilar. Gubernator yuborgan qurolli otryadlar haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to`g’risidagi iltimosiga politsiya boshlig’i mening odamlarimni endi topib bo`lmaydi: ular xalqqa qo`shilib ketdi, deb javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko`rsatdi.

Xalq harakatidan qo`rqib ketgan mansabdorlar o`z lavozimlaridan voz kechdilar. G’arb to`g’risidagi qonun kuchga kirgach 1-noyabr kuni yangidan xalq g’alayonlari ko`tarilib ko`p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog’ozlar kuydirib yuborildi. Xalq “Umumiy ittifoqlik” yoki o`lim!, erkinlik yoki o`lim kabi degan shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar.

Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini ko`rsatdi va ko`p o`tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to`g’risida qaror qabul qilishdi. Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675 yil 7 oktyabrda N`yu-Yorkda ochildi.

Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib bo`lmasligini ma`lum qildi. Oktyabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum bo’lib qolishdan qo`rqib mustamlakalar bilan bo`lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini talab qildilar. 1766 yil martida gerb solig’i to`g’risidagi qonun bekor qilindi.

Ammo shu bilan ingliz parlamenti ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. qo`shinlarni joylashtirish qonuni va boshqa qonunlar kuchda qoldi. Tounshend qonuniga binoan 1767 yil bir qancha tovarlarga bojxona to`lovi joriy qilindi. To`lovdan tushgan daromad mansabdorlar va harbiy ma`murlarning ta`minotiga sarflanar, shu bilan ular kolonistlardan mustaqil bo`lib qolgan edilar.

Jazo choralari kuchaytirilib g’alayonni bostirish va qo`zg’olonni oldini olish 1768 yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to`la kemalar kirib keldi. So`ngra hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o`sha yerda sud qilishni buyurdi, ma`murlarga qarshilik ko`rsatgan mustamlaka majlislari tarqatib yuborildi.

Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g’azabini oshirdi. Mustamlakalarda ko`pgina pamfletlar paydo bo`ldi. Mitinglar va maxfiy yig’ilishlar oddiy tusga kirib klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori tomonidan taqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba`zi deputatlarning tashabbusi bilan ingliz tovarlariga bokot e`lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib kelib sotish 1768 yilgi 1363 funt sterlingdan, 1769 yilda 504 ming funt sterlingga tushib qoldi.

Kolonistlar qo`shinining olib chiqib ketilishini, o`zlarining huquqlarini poymol qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonuni bekor qilish bilan Yana qisman yon berishga majbur bo`ldi. Mustamlaka burjuaziyasi kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar harakati tobora inqilobiy tus olmoqda edi. 1763 yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi bilan mashhur bo`lgan fermyerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774 yilda Allegan shtatidagi fermyerlar ingliz harbiy kuchlariga ochiqdan – ochiq kurash olib bordilar.

Download 60,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish