Futbol to‘pining o‘lchamlari va sifatlari.
To‘p:
Charmdan yoki shunga o‘xshash materialdan aylana shaklda tayyorlangan
bo‘ladi.
Aylanasining uzunligi 70sm dan oshmagan va 68 sm dan kam bo‘lmagan
xolatda bo‘ladi.
Musobaqa boshlanish vaqtida 450 grammdan oshmagan va 410 grammadan
kam bo‘lmagan bo‘lishi kerak.
Havo bosimi 0,6 – 1,1 atmosfera (600-1100 gramm kv sm) bo‘lishi kerak.
Yaroqsiz to‘pni almashtirish.
Agar to‘p o‘yin vaqtida yaroqsiz holga kelsa.
O‘yin to‘xtatiladi.
To‘p yaroqsiz xolga kelgan joydan “baxsli to‘p” o‘yini bilan o‘yin yangilanadi.
Agar to‘p o‘yinda bo‘lmagan vaqtda yorilsa yoki yirtilsa – boshlang‘ich
zarbada, darvozadan zarbada, burchak, jarima, erkin zarbalarda, 11m nuqtadagi
zarbada yoki tashlashda.
O‘yin qoidasiga mos ravishda yangilanadi.
To‘p o‘yin vaqtida faqatgina hakam ko‘rsatmasi bilan almashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |