7-rasm. Sakramay peshona bilan zarba berish. Sakrab peshona bilan zarba berish (8-rasm) bir oyoqda yoki ikki oyoqda
depsinib, yuqoriga qarab bajariladi.
8-rasm. Sakrab peshona bilan zarba berish. To‘pni to‘xtatish To‘pni to‘xtatish to‘pni qabul qilish va egallash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
To‘xtatishdan maqsad keyingi kerakli harakatlarni amalga oshirish uchun dumalab va
uchib kelayotgan to‘pning tezligini so‘ndirishdan iborat. “To‘pni to‘xtatish”termini
ba’zida “to‘pni moslash”, “to‘pni qabul qilish” deb yuritiladigan ma’noda tushunish
kerak bo‘ladi. Shuning uchun to‘pni to‘xtatish usullarini ko‘rib chiqayotganda
futbolchi to‘pni butunlay to‘xtatib olmay, balki uni keyingi harakatlarini bajarish
uchun moslab (o‘tkazib) olishini nazarda tutamiz.
33
To‘pni oyoq bilan, gavda va bosh bilan to‘xtatiladi. To‘xtatishlarning tasnifi
berilgan. (3-chizma).