O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Oyoq  yuzining  ichki  qismi  bilan  zarba  berish



Download 2,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/129
Sana31.12.2021
Hajmi2,27 Mb.
#231370
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   129
Bog'liq
039futbolpdf

Oyoq  yuzining  ichki  qismi  bilan  zarba  berish  «o‘rtacha»  va  «uzun» 
uzatishlarda,  darvozaning  uzunasiga  «o‘qdek»  berishlar    va    hamma  
masofalardan nishonga tepish paytlarida qo‘llaniladi (2-rasm). 
 
2-rasm. Oyoq yuzining ichki qismi bilan zarba berish 
Mazkur  zarbani  bajarishda  to‘p  va  nishonga  nisbatan  45°  hosil  qilib 
yugurib  kelinadi.  Yo‘l  qo‘yish  mumkin  bo‘lgan  xususiy  chetlanishlar  30°  dan 
60°  gacha  bo‘lishi  mumkin.  Bunda  zarba  beruvchi oyog‘ining orqaga tortilishi 
maksimal  darajaga  yaqin  bo‘ladi.  Tizzasi  sal  bukilgan  tayanch  oyoq  kaftining 
tashqi  qismi  (oyoq  tagining  tashqi  cheti)  erga  qo‘yiladi.  Gavda  tayanch  oyoq 
tomonga  sal  engashadi.  Tepish  harakati  sonni  bukishdan  boshlanib,  boldirni 
keskin yozib yuborish bilan tugaydi. Oyoq uchi pastga cho‘zilgan, oyoq tarang 
bo‘ladi.  Zarba  paytida  to‘p  bilan  tizza  bo‘g‘imini  birlashtirib  turuvchi  shartli 
o‘q  frontal  tekislikda  og‘ibroq  turadi.  Ana  shu  shart,  shuningdek  zarbani 
to‘pning  o‘rta  qismiga  berish  natijasida  to‘p  past  traektoriya  bo‘ylab  uchadi. 
Oyoq  yuzining  o‘rta  qismi  bilan  tepishni  bajarish  ko‘p  jihatdan  oyoq    ichki 
qismi bilan tepishga o‘xshaydi, lekin uni bajarish detallari bir oz farq qiladi. 
Yugurib  kelish  chizig‘i,  to‘p  va  nishon  taxminan  bir  chiziqda  bo‘ladi. 
Oyoqni  orqaga.  tortish  ham,  zarba    berish  harakati  ham  qat’iyan  sagittal 


 
28 
tekislikda      (oldinga-orqaga    yo‘nalishida)  bajariladi.  Tayanch  oyoqning  tovoni 
to‘pning  yon  tomoniga    qo‘yiladi  —  bunda  oyoq  bilan  to‘p  baravarlashadi. 
Tepish  harakati  davomida  to‘p  tayanch  oyoq  kafti  tovonidan  yumalab  uchiga 
ko‘tariladi.  To‘p  bilan  tizza  bo‘g‘imini  birlashtirib  turuvchi  shartli  o‘q  zarba 
paytida qat’iyan vertikal bo‘ladi. Bu holat surib borish vaqtida saqlanib qoladi. 
To‘p  bilan  oyoqning  to‘qnashish  sathi  kattagina  ekani  zarba  berishni 
anchagina  aniq  bajarish  imkonini  beradi.  YUgurib  kelish,  oyoqni  orqaga  tortish 
va  tepish  bir  tekislikda  bajarilgani*  uchun  harakat  sistemasi  biomexanika 
jihatidan  kerakligicha  ishlatiladi  hamda  boshqa  usullardagiga  nisbatan  kattaroq 
kuch  bilan  tepiladi.  Biroq,  oyoq  yuzining  o‘rta  qismi  bilan  tepilganda  oyoq 
uchi maksimal darajada pastga tortilgan bo‘lishinn yodda tutish kerak. Buning 
natijasida  oyoq  kafti  erga  tegib  ketib,  oyoq  og‘rishi  va  lat  eyishi  mumkin.  Bu 
esa  ehtiyot  tormozla-nish  oqibatida  ko‘pincha  harakat  amplitudasi  o‘zgarishiga, 
zarba  kuchi  kamayishiga,  uning  samaradorligi  pasayib  ketishiga  olib  kelishi 
mumkin. 

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish