Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarni o‘qituvchi rahbarligida o‘quv dasturiga qo‘shimcha bilimlarni o‘zlashtirishlaridagi darsdan tashqari vaqtlarda bajaradigan ixtiyoriy faoliyatlarini o‘z ichiga oladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijodiy tashabbuskorliklarini namoyon qilishlariga sabab bo‘ladigan o‘qitish shaklidir. Mashg‘ulotlar maktabda dars tugagach tashkil etiladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tashkiliy shakllariga guruhlar, ommaviy va yakka tartibda bajariladigan ishlar kiradi.
O‘quvchi guruhlari bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning keng tarqalgan xili-to‘garak mashg‘ulotlaridir.
To‘garaklarning ish mazmuni sinflarda o‘qitilayotgan fan bilan bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra: 6-sinflarda «Yosh botaniklar», 7-sinfda «Yosh zoologlar» 8-sinfda «Yosh fiziologlar», 9-sinflarda «Yosh biologlar» nomli to‘garaklar ish olib boradi.
To‘garaklarni tashkil etish o‘quv yili boshida amalga oshiriladi. Buning uchun o‘qituvchi to‘garak ochilishi haqida e`lon chiqaradi. Darslar paytida ham o‘quvchilar to‘garakka a`zo bo‘lishga da`vat etiladi.
To‘garakning yig‘ilishlarda muntazam qatnashishi.
To‘garak ishiga yangi a`zolarni jalb etish.
Tirik burchakda ba`zi hayvonlar ustida kuzatish va tajribalar o‘tkazish.
Kuzatish yuzasidan kundalik yurgizish.
To‘garak hayotini aks ettiruvchi devoriy gazeta chiqarish
Tirik burchakda navbatchilik qilish kabilardir.
To‘garak ishiga odatda 15-20 nafar o‘quvchi jalb etiladi. To‘garak mashg‘ulotlari oyiga ikki marta o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. To‘garak ishini boshqarish uchun ilmiy rahbar, to‘garak raisi, kotibi gazeta muxarriyati saylanadi.
To‘garakning birinchi yig‘ilishida to‘garak rahbarlari saylanib, ish reja muhokama etiladi. Ish rejada nazariy masalalar bilan birga amaliy bajariladigan ishlar bo‘lishi kerak.
Zoologiya to‘garagining ish rejasida «Respublikamizdagi zoolog olimlar va ularning ishlari», «bir tomchi suvdagi jonivorlar», «Noyob hasharotlar», «Tekinxo‘r chuvalchanglar» kabi yo‘nalishda kuzatish va amaliy ishlar bajarish belgilanishi ma`qul.
Ommaviy sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga biologik olimpiadalar, turli mavzulardagi kechalar, ekskursiyalar kabilarni ko‘rsatiladi.
Ommaviy sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga maktabdagi bir necha sinflar o‘quvchilari qatnashadilar. «qushlar kuni», «Hosil bayrami», «Gullar bayrami» kabi tadbirlar maktab jamoatchiligini turli fan o‘qituvchilarining yordamlari bilan o‘tkaziladi.
Mavzuli kechani tayyorlashda o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim:
Kechaning mavzusi, o‘tkazish muddati haqida e`lon tayyorlaydi.
Kechani tayyorlash, o‘tkazishning maqsad vazifalarini belgilaydi, reja tuzadi.
Kechaga ishtirok etuvchi o‘quvchilarni ajratadi.
O‘quvchilarga topshiriqlar beradi.
O‘quvchilarni kechaga tayyorlanishlarini tekshirib, zarur yo‘riqlar berib boradi.
Kecha o‘tkaziladigan joyni jihozlash yo‘llarini hal etadi.
Kechada o‘qiladigan ma`ruzalarni ko‘rib chiqadi.
Adabiyot o‘qituvchisi yordamida kechada o‘qiladigan she`rlar, saxna ko‘rinishlari uchun material tanlaydi.
Viktorina savollari tayyorlaydi.
Ba`zi tajribalarni tayyorlaydi.
Kechaga bag‘ishlangan devoriy gazeta, shiorlarni tayyorlanishini tekshirib boradi.
Texnika vositalrdan (radio, televizor, kinoapparatlar) foydalanish imkoniyatlarini o‘ylab ko‘radi.
Kecha, odatda o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida o‘tkaziladi.
Kechaning rejasiga ilmiy ma`ruza, badiiy chiqishlar,
viktorina savollariga javoblar, ba`zi ota-onalarga so‘z berish kabilarni kiritiladi. Ma`ruzalar odatda qisqa 5-8 minut davom etadigan hajmda bo‘lishi lozim.
Mavzuli kechalar odatda ba`zi sanalarga olimlarning hayot va faoliyatlariga, zamonamizning dolzarb masalalariga, fan yutuqlari kabilarga bag‘ishlanib o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |